Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.06.2024 | 08:28

img1176

17-IYUN – JAVLON UMARBEKOV TUG‘ILGAN KUN

Javlon Yusupovich Umarbekov 1946-yil 17-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti va Butunittifoq davlat kinematografiya institutini tugatgan. 1972-73-yillar Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida bosh rassom, 1974-76-yillar Toshkent sanʼat institutida pedagog, 1976-yildan Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, 1984-87-yillarda raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Uning ijodi serqirra, mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor. Ilk ijodi realistik sanʼat anʼanalari asosida ijtimoiy fikrlarni ifodalashdan asta Sharq, eng avvalo Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼati anʼana va uslubini Yevropa realistik sanʼat anʼanalari bilan uygʻunlashtirishga, hissiy kechinmalarini erkin ifodalashga oʻta bordi. Jahon tasviriy sanʼatidagi uslub va izlanishlar hamda oʻzbek tasviriy sanʼatida sodir boʻlgan plastik izlanishlar uning asarlarida oʻziga xos yechimni belgilashda sezilarli oʻrin egallaydi: “Bolalik”, “Qoʻshiq”, “Mening doʻstim”, “Tafakkurli inson” diptixi, “Men insonman”, “Hovuz boʻyida”, “Kelinchak”, “Sohibqiron Amir Temur”, “Yetti iqlim sultoni”, “Uchrashuv”, “Zaqiriddin Muhammad Bobur”, shuningdek, “Oy natyurmorti”, “Kushon natyurmorti” kabi natyurmortlar; “Boʻzsuv”, “Karvon”, “Ipak yoʻli xarobalari” kabi manzaralar tasviri hamda “Jazoir boʻylab”, “Surxondaryo”, “Toshkentning 30 koʻrinishi” kabi turkumli asarlar muallifi. Umarbekov Germaniya (1980, 1986, 1991), Yaponiya (1982, 1995), Quvayt (1989, 1990), Turkiya (1993), AQSH (1997, 2004) va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻlib, asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi, va bugungi kunda asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzey va toʻplamlarda saqlanadi.

1997-yil Oʻzbekiston Badiiy akadimiyasi akademigi, 1982-yil Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi, 1989-yil Oʻzbekiston xalq rassomi unvonlariga sazovor bo‘lgan. 2002-yil Oʻzbekiston Badiiy akadimiyasi Oltin medali bilan mukofotlangan.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132