06.06.2024 | 18:55
580
7-IYUN – O‘RXON PAMUQ TUG‘ILGAN KUN
Farit Oʻrxon Pamuq 1952-yil 7-iyunda Istanbul shahrining Nishontoshi tumanida dunyoga keldi. Ota avlodi oppoq lo‘ppi yuzli bo‘lganlari uchun odamlar ularga “Pamuqlar” deb laqab qo‘yishgan (“pamuq”- “paxta” degani), keyin ular bu laqabni o‘zlariga familiya qilib olishgan. U 1985-1988-yillarda Yava universitetida dunyo yozuvchilarining AQSh hayotini o‘rganishlari va kitob yoza oladigan bir holga erishishlariga imkon beradigan kursni bitirdi va o‘zi aytganiday, “hayoti o‘zgardi”. Ilk kitobidan e’tiboran Turkiya va chet ellarda mukofotlar oldi. Kitoblari ham ko‘p sotildi hamda adabiy jihatdan ko‘p tanqidlarga uchradi.

O‘rxon Pamuq yozuvchilikni 1974-yilda boshladi. Ilk bor Mehmet Ero‘g‘li bilan hamkorlikda yozgan va 1979-yilda “Qorong‘ilik va nur” nomi bilan bosilib chiqqan romani “Milliy romanlar” tanlovida birinchi o‘rinni oldi. 1982-yilda bu romanni kengaytirib va to‘g‘rilab, “Javdat Bey va o‘g‘illari” nomi bilan qayta chop qildirdi. Asar jahon adabiyotida ko‘p uchragan oila hayotini aks ettiruvchi romanlar tipida bo‘lib, tijoratchilar oilasida yuz bergan yuksalishlar va inqirozlarni hikoya qilardi. Bu safar kitob O‘rxon Kamol mukofotiga loyiq deb topildi. Pamuqning bundan keyingi kitoblari ham ketma-ket mukofotlar olishda davom etdi. 1984-yilda nashr etilgan ikkinchi romani “Sassiz uy”, “Modern roman” mukofotini oldi. Bu romanning frantsuzcha tarjimasi esa 1991-yilda Frantsiyaning «Ovrupoda kashf» mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1985-yilda nashr etilgan “Oq qal’a” nomli tarixiy romani 1990 yilda AQShda “Independent Award for Foreign Fiction” mukofotini qo‘lga kiritdi va chet ellarda yanada kengroq dong taratdi. O‘rxon Pamuq 2002-yilda nashr qildirgan “Qor” kitobini “Turkiyaning etnik va siyosiy masalalarini tadqiq etuvchi siyosiy roman” sifatida ta’riflamoqda. Bu kitobi 2004-yilda inglizchaga tarjima qilinib, chop etilganda “Yilning eng yaxshi 10 kitobidan biri” sifatida ko‘rsatildi.
Yillar o‘tgan sayin O‘rxon Pamuqning chet ellardagi shuhrati ortishda davom etdi. 1998-yilda nashr etilgan “Mening otim qirmizi” asari 24 tilga tarjima qilindi va 2003-yilda Irlandiyaning eng katta hisoblanuvchi “International IMPAC Dublin Literary Award” nomli xalqaro mukofotini oldi.
O‘rxon Pamuq hozirga qadar 10 ta kitob muallifi bo‘lib, 11 marta mukofotga sazovor bo‘lgan va 30 tilga tarjima qilingan. Turkiya hamda butun dunyoda tanilgan, kitoblarining 2 millionga yaqin nusxasi sotilgan. 2006-yil adabiyot yo‘nalishida “Nobel mukofoti” bilan taqdirlangan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
123
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
100
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
145



