21.01.2025 | 11:01
501
2025-yil ochilishi kutilayotgan diqqatga sazovor o‘n muzey
Joriy yil sun’iy intellekt, G‘arbiy Afrika san’ati, barbekyu va boshqa sohalarga bag‘ishlangan yangi muassasalar tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Milliy shon-sharaf muzeyi; Texas, AQSH
Amerikaning Arlington sohilida shon-sharaf kuni munosabati bilan katta ochilish marosimi o‘tkaziladigan muzey eng zamonaviy inshoot bo‘lib, unda «Shon-sharaf» medali bilan taqdirlanganlar va ularning ilhombaxsh hayotiy kechinmalari namoyish etiladi.
Jasorat uchun eng yuqori mukofot hisoblangan ushbu medal Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy kuchlarining oliy mukofoti hisoblanadi. Amerika fuqarolar urushi davrida tashkil etilgan ushbu mukofot qurolli kuchlar a’zolarining an’anaviy burchidan tashqari AQSH uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib jang qilganlarini e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan. Bugungacha ushbu mukofot bilan faqatgina 3519 kishi taqdirlangan bo‘lib, bu xizmat qilgan amerikaliklar umumiy sonining 0,01 foizidan ham kamrog‘ini tashkil etadi.

Olmaota san’at muzeyi; Olma–ota, Qozog‘iston
Yozda ochilishi kutilayotgan Qozog‘istonning Olma-ota san’at muzeyi Markaziy Osiyoda mintaqaning hozirgi zamon san’atiga bag‘ishlangan birinchi xususiy muzey bo‘ladi. Olma-otalik avtomobil sanoati magnati, fidoyi san’at kolleksioneri Nurlan Smagulov ushbu 101 000 kvadrat futlik maydonning asoschisi hisoblanadi. Muzey uning shaxsiy kolleksiyasidagi 700 dan ortiq san’at asarini, shuningdek, so‘nggi 30-yil davomida to‘plangan xalqaro san’at namunalarini o‘z ichiga oladi.
Muzeyda kafe va do‘kondan tashqari, restavratsiya ustaxonasi, shuningdek, vaqtinchalik ko‘rgazmalar uchun mo‘ljallangan 12 metr balandlikdagi noodatiy kosmos galereyasi ham mavjud.

Haynan ilm-fan muzeyi; Haykou shahri, Xitoy
Xitoyning yaqin kelajakdagi Haynan ilm-fan muzeyida tashrif buyuruvchilar dengiz ekotizimlaridan tortib aerokosmik texnologiyalargacha bo‘lgan turli ilmiy sohalarni namoyish etuvchi ko‘rgazmalarni ko‘rishlari mumkin. 500 000 kvadrat fut maydonni egallagan (2025-yilda ochilishi kutilayotgan) muzeyda planetariy va katta ekrandan iborat teatr, shuningdek, DNK zanjiriga o‘xshash burama spiral yo‘lakdan iborat ko‘rgazma maydoni ham mavjud bo‘ladi. Muzey mehmonlari ushbu yo‘lak orqali binoning yuqori qismidan pastga tushishlari va beshta yerustki qavatning har birida joylashgan galereyalarda to‘xtab o‘tishlari mumkin (muzeyda yerosti qavati ham mavjud). U yerda texnologik, amaliy fanlar va dengizga bag‘ishlangan eksponatlarni tomosha qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Muzeyning tashqi ko‘rinishi ham ajoyib ko‘rinishga ega. MAD Architects kompaniyasi binoni tolali plastikdan qurgan bo‘lib, u yuqoriga ko‘tarilgan sari kengayib borayotgan havo oqimiga o‘xshaydi.

Abu-Dabidagi Guggenhaym muzeyi; Birlashgan Arab Amirliklari
Qariyb 20-yil davomida rejalashtirilgan Guggenhaym muzeyi nihoyat o‘z eshiklarini ochishga hozirlanmoqda. Bu yil qurilish ishlari yakunlanishi bilan ushbu san’at muzeyi filiali dunyo bo‘ylab mavjud to‘rtta Guggenhaym orasida eng yirigi bo‘ladi (boshqalari Ispaniya, Italiya va Nyu-York shahrida joylashgan) va Manhettendagi binoga nisbatan taxminan 12 baravar ulkan bo‘ladi. Tashrif buyuruvchilar 1960-yillardan buyon yaratilgan global zamonaviy san’at namunalaridan iborat kolleksiyani tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Mazkur kolleksiya turli badiiy vositalardan foydalangan holda yaratilgan bo‘lib, asosan G‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyo mintaqasidagi moddiy-madaniy merosga e’tibor qaratilgan. Muzeyda doimiy va maxsus ko‘rgazma galereyalari, tabiatni muhofaza qilish laboratoriyasi, zamonaviy arab, islom va Yaqin Sharq madaniyati markazi, shuningdek, bolalar ta’lim muassasasi ham faoliyat yuritadi.

Barbekyu muzeyi; Missuri, AQSH
Amerika pazandachilik an’anasi bo‘lgan barbekyu nihoyat o‘zining alohida muzeyiga ega bo‘ladi. Barbekyu muzeyi bahor faslida Kanzas-Sitida ochilishi kutilmoqda. Kanzas-Siti Karolina, Texas va Memfis bilan bir qatorda barbekyuning asosiy mintaqaviy markazlaridan biri hisoblanadi.

Feniks migratsiya muzeyi, Rotterdam, Niderlandiya
16-mayda ochilishi rejalashtirilgan Rotterdamdagi Feniks migratsiya muzeyi global migratsion voqealarni san’at, fotografiya va tarix kabi ko‘plab jabhalar orqali yoritib beradi. Sevgi, vidolashuv, shod-xurramlik va uzoq vaqtdan so‘ng uyga qaytish hodisalarini so‘zlovchi 172 000 kvadrat futdan iborat makon o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyodagi dastlabki muzey bo‘lishi kutilmoqda. Tashrif buyuruvchilar 2000 ta chamadondan tashkil topgan ulkan «Chamadon labirinti» inshootini ko‘rishlari mumkin. Har bir chamadon o‘ziga xos hikoyaga ega bo‘lib, skanerlanadigan yorliq orqali tarixiy voqealar va ma’lumotlarni tinglash imkoni mavjud. bo‘lgan turlarni o‘z ichiga oladi.
V&A East muzeyi; London, Angliya
Londondagi Viktoriya va Albert muzeyi «insoniyat ijod namunalarining 5000-yilligini» o‘z ichiga oladi va sayyoradagi eng yirik dekorativ san’at, dizayn va amaliy san’at muzeyi hisoblanadi.
V&A muzeyining ulkan kolleksiyalariga jamoatchilik uchun bepul kirish imkoniyatini taqdim etish bilan bir qatorda, muzeyning 250 000 dan ortiq eksponati, 350 000 ta kitobdan iborat kutubxona va 1000 ta arxiv hujjati uchun maxsus qurilgan joy vazifasini o‘taydi.

G‘arbiy Afrika san’ati muzeyi; Benin shahri, Nigeriya
Nigeriyaning G‘arbiy Afrika san’ati muzeyi 2025-yil may oyida rasman o‘z eshiklarini jamoatchilikka ochadi. Ijodiy markaz san’at asarlari bilan jihozlangan galereya, kolleksiyalarni o‘rganish maydoni, 180 o‘rinli auditoriya va Afrika madaniy kontentining raqamli kataloglarini o‘z ichiga olgan laboratoriyani o‘zida jamlagan. Muzeyning atriumida 800-yillik tarixga ega kulolchilik buyumlari so‘nggi arxeologik topilmalardan tortib, XIII asrga oid Mali taqinchoqlarigacha bo‘lgan uzoq muddatli kolleksiya jamlangan. Atriumning bir necha oydan so‘ng ochilishi rejalashtirilmoqda.
Dataland; Los-Anjeles, AQSH
Sun’iy intellekt kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgani bois, tez rivojlanayotgan texnologiyaga bag‘ishlangan muzeyning paydo bo‘lishi tabiiy hol. 2025-yil oxirlariga kelib ochilishi rejalashtirilayotgan Los-Anjelesning «Dataland» muzeyi dunyoda faqat sun’iy intellekt san’atiga bag‘ishlangan ilk muzey bo‘ladi. 1860 kvadrat metrlik maydonga ega bo‘lgan ushbu inshoot texnologiyaning markaziga aylanishi kutilmoqda. Unda raqamli sun’iy intellekt ekotizimida yaratilgan ilmiy va badiiy asarlar namoyish etiladi.
Qal’a uy; Gibraltar
2025 yilning kuzida ochilishi kutilayotgan Qal’a uyi Gibraltarning birinchi yirik san’at muzeyi bo‘ladi. Zamonaviy muassasa ilgari gubernator qarorgohi vazifasini o‘tagan. Muzeyda jamlangan asarlar shaxsiyatni shakllantiruvchi omillarni va shaxsning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq etadi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
141
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
149
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
345



