Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.06.2025 | 09:13

img365

FIGARONING QAYTISHI

Taniqli fransuz dramaturgi Pyer Bomarshe tomonidan yozilgan “Sevilyalik sartarosh” komediyasi qahramoni Figaro ilk bor 1775-yili sahnada paydo bo‘lgandi. Shundan buyon mazkur komediya jahonning turli teatrlari talqinida dunyoning yetakchi sahnalarida namoyish etib kelinmoqda. Joakkino Rossinining betakror musiqasi asosida yaratilgan ushbu durdona opera bosh qahramoni Figaro ariyasida yangraydigan “Figaro shu yerda, Figaro u yerda” degan qanotli ibora hamon tildan tilga ko‘chib yuribdi.

Yaqinda O‘zbekiston davlat musiqali (operetta) teatrida “Sevilyalik sartarosh” musiqali spektaklining  namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ikki ko‘rinishdan iborat mazkur spektakl iste’dodli yosh rejissyor Ruslan Sherezdanov tomonidan mahorat bilan sahnalashtirilgan. Parda ochilib, aktyorlar ijrosi boshlanishi bilan tomoshabin beixtiyor asarda yuz berayotgan voqelik ichiga kirib ketadi. Bunda asar yaratilgan davr ruhini yaqqol namoyon qiluvchi, voqealar kechadigan joyga munosib sahna bezagining hissasi katta. Shu o‘rinda postanovkachi rassom Natalya Glubokinaning xizmatini alohida ta’kidlash joiz. Asarni sahnalashtirishga katta hissa qo‘shgan dirijyor Bobomurod Xudoyqulov, baletmeyster Feruza Isayeva, xormeyster Yana Karabanova, liboslar ustasi Zahro Qosimovaning xizmatlari ham e’tirofga loyiq.

Rejissyor har bir rolga munosib aktyor tanlashga muvaffaq bo‘lganini alohida qayd etish joiz. Har bir aktyor o‘z obraziga jiddiy yondashgani tufayli tomoshabin sahnada o‘sha davr hayoti va odamlarini ko‘rgandek bo‘ladi. J.Rizayev (Figaro), R.Yoqubjonova (Rozina), I.Alijonov (graf Almaviva), S.Normatov (doktor Bartolo), J.Hotamov (don Bazilio), O.Zvereva (Berta), M.Valanskiy (Fiorello), F.Safarov (Ofitser), A.Nurmanov (Ambrodjio) kabi teatrning iste’dodli aktyorlari o‘zlariga topshirilgan rolni maromiga yetkazib ijro etishgan.

Sirasini aytganda, asrlar davomida qalblarni asir qilib kelayotgan bu o‘lmas sahna asari operetta teatrimizda qayta ohorlangani nozikta’b o‘zbek tomoshabinlariga munosib tuhfa bo‘ldi.

Gulchehra UMAROVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329