Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.12.2024 | 17:12

img487

SAYXUN BO‘YIDAGI MUAZZAM MASKAN

Ayni kunlarda O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Kuni kecha Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi To‘ra Sulaymon yashagan xonadonda tashkil etilgan shoirning uy-muzeyi va haykali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh taniqli ijodkorlar hamda yurtimizning turli hududlaridan kelgan mehmonlar, shoirning yaqinlari va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etgan ushbu marosim tom ma’noda adabiyot va ma’rifat ayyomiga aylandi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, o‘zining sermazmun asarlari bilan milliy adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirgan iste’dodli shoirning ijodiy merosi bugungi kunda ham yoshlarimizni yuksak qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. 

– Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonning uy-muzeyi va muazzam haykali barpo etilgani mamlakatimiz adabiy-ma’rifiy hayotida katta voqea hisoblanadi, – dedi Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid. – Chunki barchamiz adabiyotimiz, ma’naviyatimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shgan shoir To‘ra Sulaymon bilan qancha faxrlansak arziydi. Atoqli shoirning go‘zal va sermazmun asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalar kitobxonlarning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. Sirdaryolik so‘z zargarining she’r va dostonlarini o‘qiganda ruhimizda, shuurimizda ajib o‘zgarishlar ro‘y berayotganini his etamiz. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu muzey yurtimiz ijodkorlari hamda adabiyot muxlislarining eng sevimli maskanlaridan biriga aylanishi shubhasiz.

Tadbirda so‘zga chiqqan To‘ra Sulaymonning qizi Yulduz Mengliyeva shoirning ijodiy merosini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish va uning xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar uchun uning oila a’zolari nomidan davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ko‘tarinki bayramona ruhda kechgan tadbirda shoir haykali poyiga gullar qo‘yilib, adabiyot muxlislari uy-muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shu kuni Guliston shahridagi Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Quyoshga intilgan shoir” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy xotira kechasi ham yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotshunos Ibrohim Gʻafurov va professor Qozoqboy Yo‘ldoshev xalqchil shoir ijodining o‘ziga xos qirralari haqida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, To‘ra Sulaymon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan musiqiy kompozitsiya, taniqli xonandalar tomonidan uning she’rlari asosida ijro etilgan qo‘shiqlar hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari kechaga o‘zgacha fayz berdi.

Husniddin HAYITOV,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img110

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img142

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333