Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.06.2025 | 13:14

img1939

NOMSIZ BARMOQNING NOMI BOR

Borliqda hamma narsa o‘z ismi bilan yaratilgan. Nimaningdir qanday atalishini bilmasligimiz uning nomsiz ekanini anglatmaydi.

Masalan, barmoqlarimizni olaylik. Ularning ham o‘z oti bor: boshmaldoq, ya’ni boshbarmoq, keyingisi – ko‘rsatkich (shahodat) barmoq, o‘rta barmoq… jimjiloq (ba’zi shevalarimizda chinaqay, chinaqoch, chinchaloq, chinachoq).

Ha, nomsiz barmog‘imiz ham bor-a. Shoshmang, nega nomsiz? Surishtirib ko‘rsak, manaman degan tillarda ham ahvol bizdagidan pesh emas ekan. Masalan, rus tilida: безымянный палец – nomsiz barmoq; ingliz tilida: ring finger – uzuk (taqiladigan) barmoq; turk tilida ham shunday: yϋzϋk parmağı…

Nahotki dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri sanalmish o‘zbek tili (turkiy til) bittagina barmoqni ifodalashga ojizlik qilsa?  Yo‘q, xulosa chiqarishga shoshilmaymiz. Axir bizda “Devonu lug‘otit turk” bor!

Hazrat Koshg‘ariyning yozishicha, jimjiloq (“Devon”da: jijaloq) yonidagi barmoq, ya’ni  bizning nazdimizdagi “nomsiz” barmoqning ham o‘z nomi bor: jijamuq.

Kitobda “Buni oz kishi biladi”, deya izohlanganiga qaraganda, ming yil avval ham jijamuqni bizga o‘xshab “nomsiz barmoq” deb bilganlar ko‘pchilikni tashkil etgan bo‘lsa kerak…

Elmurod NISHONOV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333