28.12.2024 | 10:27
444
QANDAY ZO‘R USTOZIM BOR EDI

Qanday zo‘r ustozim bor edi, do‘stlar,
Kibr-u havo, g‘iybat begona edi.
Durga aylanardi u tutgan so‘zlar,
Erkin Vohid edi – yagona edi.
Salomlar yo‘llardi turli davralar,
Ertaga ustozga aytaman, derdim.
Bir kun imkon bo‘lsa, ishdan ketib, shart
Yoniga butunlay qaytaman derdim.
Siz ko‘rganmidingiz u zotni, do‘stlar,
Siz ham kitoblarin izlarmidingiz?
Sinchkov ko‘zlariga tushganda ko‘zlar
Hazrat Navoiyni eslarmidingiz?
G‘o‘rman-da, o‘taman g‘o‘raligimcha,
El mehrin ustozga so‘ylamabman ham.
Tasavvur qilmabman kadarni hecham,
Bir kun ketadi deb o‘ylamabman ham.
Ulug‘ shoirlarning anduhi buyuk,
Sururi ham sig‘mas Bahri Muhitga.
Yetti yot orolda kumushsoch bir turk
Salomlar yo‘lladi Erkin Vohidga.
Azada to‘kmagan yosh qalqdi, do‘stlar,
Dil so‘zlarni tezroq aytgim kelyapti.
Ertaroq tugasa qani bu safar…
Ustozim yoniga qaytgim kelyapti…
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol MIRZO
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
97
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
135
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328

