13.06.2025 | 17:28
635
PAULO KOELO: “YOZISH UCHUN JASORAT KERAK”
Braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo ko‘plab mashhur romanlar muallifi hisoblanadi. Uning «Alkimyogar», «O‘n bir daqiqa», «Haj safari», «Zohir» kabi kitoblari nashr etilib, dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.

– «Alkimyogar» ilk bor 1988-yilda nashr etilgan. 20 yildan keyin yozish uslubida qandaydir o‘zgarishlar bo‘ldimi?
– O‘tgan yili «Portobello jodugari» kitobining nashr etilishi haqidagi taassurotimni baham ko‘rib, maqola yozdim. O‘shanda men Lissabonda edim, kitob Portugaliya va Lotin Amerikasida sotuvga chiqishi arafasida edi. Men bu ajoyib shahar ko‘chalari bo‘ylab sayr qilar ekanman, kitob do‘konining javonidan uni birinchi bo‘lib qo‘liga oladigan o‘quvchi haqida o‘yladim. Bu meni hayajonlantiradigan lahza edi. Ko‘plab kitoblarimni nashr etgan bo‘lsam-da, birinchi kitobim – «Haj ziyorati» chiqqan paytdagi kabi hissiyotlarni boshdan kechirayotganimni angladim. Albatta, muvaffaqiyatga erishilgani sari hamma narsaning ko‘lami o‘zgara boshladi, lekin o‘quvchilar bilan bo‘lishishga bo‘lgan ichki tuyg‘u o‘zgarmadi.
Avvallari orzum faqat yozuvchi bo‘lish edi. Bugun bu orzumni amalga oshirganimdan xursandman. Ammo bu hali hammasi tugadi degani emas. Aksincha, tanlagan yo‘limda qolish uchun har kuni mehnat qilishim kerak. Hatto muvaffaqiyatga erishganda ham, u odamni yangi qiyinchiliklarga duchor qiladi.
– Siz har bir kitobingizni ikki-uch haftada yozib bo‘lishingizni aytgan edingiz. Bir kuningizni yozishga qanday bag‘ishlaysiz?
– Yangi kitob yozishga kirishganimda, har doim ma’lum bir sikldan o‘taman, bu jarayon ikki haftadan bir oygacha davom etadi. Kechqurun uxlashdan oldin hamma narsani rejalashtiraman: erta turaman va faqat roman yozishga qaror qilaman. Ammo ertalab uyg‘onganimdan so‘ng, avvaliga internetni titkilagim keladi, keyin sayrga chiqaman. Uyga qaytgach, xatlarimni tekshiraman, soat 14:30 bo‘ladi va tushlik vaqti keladi. Keyin albatta tushdan keyingi uyquga yotaman. Ko‘zlarimni ochgach soat 17:00 da yana kompyuterga o‘tiraman, xatlarimni yana bir bor ko‘rib chiqaman, bloglarimni varaqlayman, yangiliklarni o‘qiyman. Shunday qilib, kechki ovqat vaqti ham keldi. O‘sha paytda hech narsa yozmaganim uchun o‘zimni aybdor his qila boshlayman.
Kechki ovqatdan keyingina stolga o‘tirib, yozishga kirishaman. Birinchi jumlani yozish qiyin, lekin keyinchalik voqealar girdobiga tushib qolaman, fikrlarim meni kutilmagan yo‘nalishlarga olib boradi. Xotinim uxlagani chaqiradi, lekin men yana bir jumla, yana bir xatboshi, so‘ng yana bir sahifani tugatmay turib, to‘xtab qolmayman… Bu jarayon tungi 2-3 gacha davom etadi. Nihoyat, to‘shakka yotganimda ham, miyamda ko‘plab fikrlar g‘ujg‘on o‘ynaydi. Men ularni qog‘ozga yozib qo‘yaman, lekin keyin hech qachon ishlatmasligimni bilaman – bu faqat ongimni ozod qilish uchun qilingan harakat. Kechasi, uyquga ketishdan avval erta turishga va kun bo‘yi yozishga va’da beraman. Ammo bilaman, bu quruq gap, chunki ertasi kuni hammasi yana shu tartibda davom etadi.
– «Portobello jodugari» asari haqida gapirib bering. Oxirgi natija qanday bo‘lishini tasavvur qilasiz?
– Men internetga qaram odamman. O‘tgan yili men «Portobello jodugari»ning uchdan bir qismini o‘z blogimda bir nechta tilda e’lon qildim. O‘quvchilar dastlabki 10 ta bobni o‘qib, o‘z fikrlarini qoldirishdi. Bu ajoyib tajriba edi. Iyul oyida men o‘quvchilarni ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun kitobning ekranga moslashuvida ishtirok etishga taklif qildim. Kitobda 15 ta hikoyachi bor va rejissyorlar ulardan birini tanlab, Atenaning ishtirokidagi sahnalarni suratga olishlari kerak edi. Keyinchalik tayyor videolarni YouTube’ga yuklash taklif qilindi.
Bu o‘ziga xos loyiha bo‘lgani uchun yakuniy mahsulot qanday bo‘lishini taxmin qilish qiyin. Biz o‘quvchilar yuborgan materiallarni montaj qiladigan rejissyorlarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Asosiy maqsad – kelasi yil Kann festivalida taqdimot qilish va keyinchalik kinoteatrlarda namoyish etish.
– Siz ko‘plab taniqli mualliflardan farqli o‘laroq, kitoblaringizning filmga moslashtirilishiga qarshi bo‘lib, huquqlarni sotishdan bosh tortdingiz. «Portobello jodugari» nimasi bilan ajralib turadi?
– Haqiqatan ham, men kitoblarimning kinohuquqlarini sotishga doimo shubha bilan qaraganman. Chunki, menimcha, kitob o‘quvchi ongida o‘z-o‘zicha yashaydi. Kitoblarning kinoga moslashuvi ko‘pincha muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ba’zi asarlarimni filmga aylantirishga imkon berishni ma’qul ko‘rdim. Masalan, «Alkimyogar», «Veronika o‘limga bel bog‘ladi» va «O‘n bir daqiqa» asarlarim haqida film suratga olinishi mumkin. Ammo men bu jarayonlarga aralashishni yoqtirmayman. «Portobello jodugari» loyihasi esa boshqacha. Chunki bu mening o‘quvchilarim o‘z nuqtayi nazarlarini bildirishining bir usuli. Bu dunyodagi birinchi «o‘quvchilar tomonidan yaratilgan film» bo‘ladi.
– Yosh yozuvchilarga qanday maslahat berasiz?
– Iloji boricha ko‘proq eshiklarni taqillatish kerak. Men ham yozuvchilik faoliyatimni shunday boshlaganman. «Alkimyogar» dastlab kichik nashriyotda chop etilgan. Ammo bir yil o‘tgach, noshir menga kitobning huquqlarini qaytarib berdi. Chunki, uning so‘zlariga ko‘ra, «fond bozorida pul topish osonroq». O‘shanda rafiqam bilan 40 kunga Moxave cho‘liga ketdik. Men qo‘rquv va hayot zarbalariga qaramay, orzularim uchun kurashishda davom etishim kerakligini angladim. Borxest ta’biri bilan aytganda: «Eng muhim fazilat – jasorat». Jasorat esa qo‘rquvning yo‘qligi emas, balki qo‘rquvga qaramay oldinga siljishdir.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



