01.06.2025 | 15:46
363
SI bilan ishlaydigan ilmiy platforma ustida ish olib borilmoqda
Bugun ilm-fan rivojida anjumanlarning ahamiyati beqiyos. Bunday muhim konferensiyalarda aytilgan o‘tkir fikrlarni to‘plam holida chop etish orqaligina ko‘proq odamlarga yetkazish va saqlab qolish mumkin. Ammo bu ishni amalga oshirishda juda ko‘p mehnat talab etiladi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir guruh doktorantlari ish olib borayotgan platforma har bir tadbir uchun alohida link taqdim qiladi. Konferensiya yoki tanlovga material yuborayotgan muallif tashkilotchini bezovta qilishi yoki qandaydir xato-kamchiligi bor ishlarni yuborishining oldini olish maqsadida sun’iy intelklekt unga yordamchi bo‘ladi, savollariga javob beradi, xatolarini tuzatib, kamchiliklarini ko‘rsatib beradi. Shunday qilib, tashkilotchilar professional tayyorlangan maqola yoki loyihani qabul qilib oladi.

Shuningdek, platforma maqolalarni to‘plam holida sahifalab yig‘ib, mavzudan kelib chiqib muqova ham taqdim qila oladi. Uni yuklab olib, bemalol elektron to‘plam sifatida tarqatish yoki bosmaxonada chop etish mumkin bo‘ladi.
Ushbu loyiha hozircha mavjud tizimlardan farqli o‘laroq, ishtirokchi va tashkilotchi o‘rtasida beminnat yordamchi – o‘zbek tilini mukammal tushunadigan va jonli muloqot qila oladigan sun’iy intellekt vazifasini bajaradi. U faqat qizil yozuv bilan rad etish emas, balki muallif ishini real vaqtda tahrirlashi, zarur tuzatishlarni taklif qilishi bilan ahamiyatlidir. Loyiha nafaqat maqola qabul qilish jarayonini raqamlantiradi, balki yangi avlod ilmiy anjumanlarining innovatsiyasi sifatida jarayonni yuqori bosqichga olib chiqadi. Avtomatik to‘plam tuzish va muqova yaratish, uni tayyor elektron fayl shaklida taqdim etish funksiyalari orqali bu platforma ilmiy jarayonlarning ortiqcha qog‘ozbozligini minimal darajaga tushiradi va tadqiqotchilarning vaqtini tejaydi. Shu jihatdan mazkur ishlanma ilmiy-ijodiy jarayonlarni raqamlantirishda yangi qadam va zamonaviy yondashuv namunasi bo‘lishi mumkin.
Ilm-fan olamining yuragi hisoblangan anjumanlar, konferensiyalar va turli tanlovlar millatimiz ma’rifati uchun o‘ta zarurdir. Lekin ana shu zaruriy jarayonlarning aksariyati hanuzgacha qo‘l mehnati, qog‘ozbozlik va oddiy texnik xatolar sabab samarasini to‘liq bera olmayapti. Har bir konferensiya materialini to‘plash, tahrirlash, tartiblash, nashrga tayyorlash jarayoni ko‘pincha qo‘lda, tartibsiz va yillar mobaynida takrorlanib kelaveradigan muammolar bilan to‘la.
Loyiha mana shu masalani sun’iy intellekt yordami bilan osonlashtirishni ko‘zda tutgan, ilmiy faoliyatning shu jihatini raqamli shaklga o‘tkazishga bel bog‘lagan zamonaviy platformadir. Bu platforma konferensiya yoki tanlov tashkilotchisiga alohida panel taqdim etadi. Har bir tadbir uchun alohida link va texnik talablar o‘rnatiladi. Shu link orqali ishtirokchi o‘z materialini yuklaydi. Sun’iy intellekt yordamchi yuklangan faylni avtomatik tekshirib, grammatik va texnik xatolarni aniqlaydi, talablarga moslik darajasini tekshiradi, plagiat foizini aniqlaydi, so‘ng kamchiliklarni birma-bir izohlab, tuzatish bo‘yicha taklif beradi. Natijada ishtirokchi tashkilotchiga kamchiliksiz, talablarga to‘la mos keladigan mukammal maqolani taqdim etadi.
Platformaning eng katta yutug‘i – avtomatik to‘plam tayyorlash funksiyasidir. Yuzlab maqolalar bir necha daqiqa ichida tartib bilan sahifalanadi, mundarija tuzilib, shu bo‘yicha joylanadi, muqova dizayni mavzuga mos holda taklif etiladi, keyin elektron shaklda pdf yoki word formatida yuklab olish uchun taqdim qilinadi.
Texnik jihatdan platforma bulut texnologiyasida ishlaydi. Serverda saqlangan barcha fayllar maxfiylik talablariga mos himoyalanadi. Har bir foydalanuvchi uchun alohida profil, tarix, yuklangan fayllar va tuzatish tarixi saqlanadi. Zarurat bo‘lsa, admin panelidan statistik ma’lumotlar, umumiy hisobotlar yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Platforma nafaqat universitetlar, balki vazirliklar, ilmiy markazlar, IT-parklarda o‘tkaziladigan turli startap tanlovlari, ijodiy bellashuvlar, grantlar uchun ham xizmat qilishi mumkin. Chunki bugungi yoshlar uchun zamon talabi – har qanday jarayonning tezkor, qulay va tushunarli bo‘lishidadir.
Shavkat Do‘stmuhammad,
O‘zDSMI mustaqil tadqiqotchisi
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



