10.04.2025 | 13:22
523
Mahmudxo‘ja Behbudiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
8-aprel kuni “University of Business and Science” nodavlat oliy ta’lim muassasasining Toshkent filialida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlar harakatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi tegishli qarori va Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi buyrug‘i asosida tashkil etildi.

Konferensiyada tarixchi va adabiyotshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Unda Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-pedagogik merosi, jadidlar harakatidagi ta’lim va tarbiya masalalari zamonaviy nuqtayi nazardan muhokama qilindi.

Tadbir doirasida uchta sho‘ba faoliyat yuritdi: Behbudiy hayoti va ijodi, uning asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, Turkiston jadidlarining g‘oyaviy-ma’rifiy qarashlari.
Konferensiya yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosga hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek, ilmiy hamkorlik va yangi izlanishlarga zamin yaratish maqsadida o‘tkazildi.

Shuningdek, UBS universiteti tomonidan xalqaro ilmiy maydonda olib borilayotgan faoliyat, professor-o‘qituvchilarning ilmiy yutuqlari va “UBS ilmiy axborotnomasi” jurnali faoliyati ham alohida ta’kidlandi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
178
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
159
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
365



