02.07.2025 | 15:45
2851
BLOGER HAM BAYRAMNI NISHONLAYDIMI? YO NISHONGA OLADIMI?
Bugun axborot maydoni shu qadar kengayib ketdiki, go‘yo hamma jurnalistga aylanib qolgan. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga post yozgan, video joylagan, fikr bildirgan ayrimlar o‘zini bloger hisoblab qolgan. Shu bilan kifoyalansa-ku, mayli, lekin ular o‘zlarini jurnalistlar qatorida ko‘radi. Blogerlar soni ortib borayotgani – zamonaviy tendensiya. Bunga hech kim qarshi emas. Marhamat! Ammo har kim haddini bilmog‘i lozim emasmi? Jurnalist va bloger o‘rtasidagi tafovutni farqlamaslik turli chalkashliklarga sabab bo‘lmoqda. Bunga esa marhamat deb bo‘lmaydi!

Jurnalistlik, bu – kasb. Blogerlik esa mustaqil faoliyatning bir turi. U ko‘proq shaxsiy uslubda, tezkor va erkin formatda ishlaydi.
“Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida esa blogerlarga shunday ta’rif beriladi: “bloger – o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tusdagi kontentni, shu jumladan, onlayn-platforma foydalanuvchilari tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs (onlayn-platforma foydalanuvchisi).
Buning ijobiy tomoni – muammolarni tez yoritadi, ma’lum soha bo‘yicha tizimli material berib boradi. Biroq chegarani unutgan, reyting uchun shantaj yo‘lini tanlaganlar ham yo‘q emas. Ular uchun “layk”, “prosmotr” va “rek” hamma narsadan ustun. Axborot bozorida o‘zgani ham, o‘zini ham sotishga hozir. Chunki o‘z sahifasini faollashtirib olgach, reklama orqali pul ishlaydi, kimlargadir bosim o‘tkazadi va hokazo.
Deylik, soxta va shantajchi blogerlar Xushnud Xudoyberdiyevga o‘xshab ta’lim va huquq, Nurbek Alimov kabi tarix, falsafa va siyosat, Otabek Bakirovdek iqtisodiyot kabi asosan muayyan sohani keng va chuqur yoritib borsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Buning uchun mehnat qilish, bilim olish, zahmat chekish kerak. Ular esa quruq gap, baqir-chaqir, chiroyli so‘z o‘yinlaridan nariga o‘tmay, o‘ta olmay, o‘zidan supermen yasashni ma’qul ko‘radi. Taassuf!
Bunda professional jurnalistika vakillarining ham aybi bor. Ba’zi tahririyatlar o‘zgarayotgan davrga moslasha olmayapti. Veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan yetarlicha foydalana bilmayapti. Afsuski, buning uchun harakat ham qilmayotgan tahririyatlarning borligi kishi dilini xufton qiladi.
Bu gap bilan jurnalistlar va blogerlarni ikki qutbga ajratib qo‘ymoqchi emasmiz, aslo. Aslida bizga to‘qnashuv emas, hamkorlik kerak. Jurnalist – chuqur bilim, tajriba va mas’uliyat egasi. Bloger esa – tezkorlik, AKT xabardorligi, shijoat va yengil uslub timsoli. Ikkalasi bir-birini to‘ldirsa, yurtimiz axborot maydoni yanada sog‘lom, boy va xalqona bo‘ladi.
Oldinda jurnalistlarning kasb bayrami – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Ushbu kunda so‘z erkinligi, haqiqat va adolat uchun harakat qilayotgan barcha haqiqiy jurnalistlar va mas’uliyatli blogerlarni tabriklayman! Qadrli yurtdoshlarimizdan esa yuqoridagi toifalarni bir-biridan ajratib olishlarini iltimos qilaman. Zotan, so‘zdan so‘zning farqi bo‘lganidek, axborot yetkazuvchilar orasida ham farq bor.
Otabek ISROILOV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 27-iyundagi 26-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
114
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



