Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.12.2024 | 16:50

img534

BIZ HAM KITOB O‘QIYAPMIZ

Qirq millionta samolyotni bus-butun holda yashirib qo‘yish mumkinmi? Davrimizda buning iloji yo‘q. Hatto, AQSh yo Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning ham qo‘lidan kelmaydi. Ammo shunday voqea sodir bo‘lgan. 2016-yilda 40 millionta yo‘lovchi reysi o‘z manziliga xavfsiz qo‘nib, 10 ta reys halokatga uchragan. Ammo jurnalistlar faqat halokat tafsilotlarini qayta-qayta yoritgani uchun odamlarda har kuni aviahalokat yuz berayotganday tasavvur uyg‘ongan. Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan parvozlar esa hech kimni qiziqtirmagan. Aslida dunyo biz o‘ylaganday yomon emas, hamma gap faqat bizga uzatilayotgan axborot oqimida u qanday ko‘rsatilayotganida. Buni Hans Roslingning “Factfulness”, ya’ni “Faktdorlik” kitobidan o‘qib bildim. Shunday, internetda o‘qimadim yoki televideniyeda ko‘rmadim, aynan kitobdan o‘qidim. Men o‘qiyapman…

“Jadid” gazetasining shu yil 6-dekabrdagi sonida chop etilgan “Hamma o‘qiyapti. O‘qing!” maqolasi meni ham ta’sirlantirdi. Nomidan ham ko‘rinyaptiki, maqola kitob o‘qishga da’vat ruhida emas, kitob o‘qilayotgani haqida yozilgan. Yozilganda ham jurnalistikamizda kamyob bo‘lib borayotgan, katta mehnat va hafsala talab qiladigan tahlil janrida bitilgan. Unda Yangi O‘zbekiston aholisining kitobxonlik darajasi, mamlakatdagi kutubxonalar va kitoblar soni, shuningdek, boshqa bir qator masalalar faktlar asosida ko‘rsatib berilgan.

Aslida ham bor gap shu. Bugun matbuot va internetda “yoshlar kitob o‘qimayapti” degan gap huda-behuda takrorlanaverib siyqasi chiqib ketdi, nazarimda. Yoshlarga ta’na qilayotganlarning o‘zi kitob do‘koniga kirib ko‘rganmi? Poytaxtda va viloyatlarda filiallari ishlab turgan “Book.uz” yoki “Asaxiy books” kitob do‘konlarini oling, kun-u tun gavjum. Onlayn buyurtmalar yetkazib berish xizmatini aytmaysizmi. Kitob o‘qiyotganlar bor ekanki, qator do‘konlar soat 9:00 dan 22:00 gacha ishlab turibdi. Poytaxtimizdagi Chorsu bozori yaqinidagi qator kitob rastalari biror kun xaridordan xoli bo‘lmaydi. Yangi kitoblar qolib, eski kitoblarning ham bozori yurishgan bugun.

Kitobxonlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi ham kun sayin ortib bormoqda. Facebook va Telegram tarmoqlarida yuz minglab foydalanuvchilar aynan mutolaaga bag‘ishlangan sahifalarga a’zo bo‘lgan. Misol uchun, “Kitobxonlar davrasi” (Facebook) guruhining 80 ming nafardan ortiq a’zosi bor. Bir kunda o‘rtacha 10 ta post qo‘yiladi, asosan taqrizlar. Postlarga layk bosish, izoh yozish va ulashish ko‘rsatkichi ham yuqori.

Xuddi shunday, bugun Telegram messenjerida o‘zbek tilida yuzga yaqin bukbloger kanal yuritmoqda. Bukblogerlar odatda o‘z taassurotlarini boshqalar bilan bo‘lishishni istovchi kitobxonlardir. Bunda o‘z blogida kitoblarga taqrizlar, tanqidlar, tavsiyalar yoki iqtiboslarni e’lon qilib boradi. Bunday bloglarning obunachilari soni ko‘paysa ko‘paymoqdaki, aslo kamaymayapti. Masalan, mashhur bloglar: “Kitoblar ombori” – 14 ming 500, “The Stranger” – 10 ming, “Bobil kutubxonasi” – 6 ming 500, “Panda Books” – 6 ming 300, “Mahin’s World” – 5 ming 600, “Stoik kutubxonasi” – 3 ming 800, “The Bookfather” – 2 ming 300 auditoriyaga ega.

Ta’kidlash kerakki, kitobxonlik guruhlari va sahifalaridagi ming kishi qaysidir artistning qachon ko‘zi yorishini, qayerda dam olishini, qanday libos kiyishini kuzatib o‘tiradigan o‘n ming, yuz ming kishidan afzal va kuchlidir.

Abdulla Qahhor o‘tgan asrda yozuvchining haqiqiy bahosi kutubxona daftarida bo‘ladi, deb yozgandi. Bugun bu ta’rif biroz o‘zgardi: kitob haqidagi o‘quvchi fikrini asosan ijtimoiy tarmoqlardagi kitobxonlik sahifalari va ularning izohlaridan izlash kerak, menimcha.

Kitobxonlar va kitoblar soni bilan birga kitobxonlik saviyasi ham ko‘tarilmoqda. Bir vaqtlar yengil-yelpi adabiyotlar urf bo‘lgandi. Bora-bora o‘quvchilarning o‘zi o‘sha asarlarni iste’moldan chiqarib yubordi. Nashriyotlar qayta chop etmadi.

Xullas, biz kitob o‘qiyapmiz. Shu ma’noda Ikrom Bo‘riboyevdan qimmatli ma’lumotlarni taqdim etgani uchun minnatdorman.

“Hamma o‘qiyapti. O‘qing!” maqolasidan yon daftarchamga ko‘chirib olganlarim:

“Respublikada jami 13 ming 46 ta axborot-kutubxona muassasalari mavjud. Ularda 43 million 493 ming 497 nomda jami 71 million 131 ming 175 ta kitob fondi bor”.

“Bugungi kunda Milliy kutubxonaning umumiy fondi 8 million 183 ming 235 nusxadan tashkil topgan”.

“Hozirgi vaqtda respublika bo‘yicha 9 ming 452 ta mahallaning 5 ming 226 tasida kutubxonalar tashkil etilgan. Bu ziyo maskanlarida 260 mingdan ortiq kitob bor”.

“Endi bor ma’lumotlar asosida xomaki hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, ayni vaqtda mamlakatimiz kutubxonalarida 128 million 692 ming 867 ta kitob mavjud. Yana xorijdan kirib keladigan 21 tonnadan ortiq kitob mahsulotlari ham bor”.

Otabek BAKIROV,
O‘zJOKU talabasi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-dekabrdagi 51-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img107

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img618

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img614