07.07.2025 | 09:28
1285
TO‘RTKO‘LNING CHORSUGA ALOQASI
To‘rtko‘l shahrining nomini ko‘pchilik “to‘rtta ko‘l”dan kelib chiqqan deb o‘ylaydi. Ya’ni, shaharda to‘rtta ko‘l bo‘lgan va o‘z-o‘zidan To‘rtko‘l bo‘lib ketgan. Juda o‘rinli faraz. Yashirmayman, men ham xuddi shunday bo‘lsa kerak deb yurardim. Bir qishloq yoki shahar hududida to‘rtta tabiiy suv havzasi – ko‘lning paydo bo‘lish ehtimoli past ekani hech xayolga kelmagan.

Aslida-chi? “Devonu lug‘otit-turk”da aytilishicha, to‘rtko‘l (tőrtkϋl) – asli to‘rtburchak degan ma’noni anglatadi. Vikipediyadan To‘rtko‘l shahri tarixiga oid ma’lumotni o‘qib ko‘rsam, bu shahar rostdan ham to‘rtburchak shaklda bunyod etilgan ekan.
Eski shaharlarimizning markaziy bozor joylashgan hududi Chorsu deb atalgan. O‘zbek tilining izohli lug‘atiga ko‘ra, “chorsu” forscha so‘z bo‘lib, to‘rt tomon, to‘g‘ri burchakli kvadrat ma’nolarini bildiradi. Tarixiy shaharlarda usti yopiq savdo-sotiq joyi, ya’ni bozorning markaziy, rastalar kesishgan o‘rni “Chorsu” deyilgan. Demak, to‘rtko‘l va chorsu so‘zlarining lug‘aviy ma’nosi deyarli bir xil. Faqat biri oddiy bozor hududiga o‘z nomini bergan bo‘lsa, ikkinchisi ma’no jihatidan qulochini kengroq yozib, shahar maqomiga erishgan.
Elmurod NISHONOV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 27-iyundagi 26-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
96
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
135
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328
