Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.02.2026 | 11:35

img1729

QALDIRG‘OCH

Ey qaldirg‘och, shoshqaloq sanam,
Ketma, qorlar yog‘sa nima g‘am,
Qush iniga tunda yoqib sham
Tutgan elni qaydan topasan?

Munavvara Usmonova

Bu shoshqaloq sanamning nomi tilimizda qadimdan yashab kelayotgan so‘z bo‘lib, dimog‘ingizga ko‘klam isini olib keladi. U dastlab kichkina, chaqqon, qora-ola rangli qush nomini bildirgan bo‘lsa, keyinchalik biror hodisaning boshlanishi, ijobiy o‘zgarishlarning darakchisi ma’nosida ham qo‘llanila boshlagan. Bejiz qaldirg‘ochni “bahor elchisi” deyishmaydi axir.

Izohli lug‘atlarda qaldirg‘och, avvalo, qush sifatida ta’riflanadi. Tarixiy shakllariga e’tibor qaratilsa, uning dastlab qarg‘ilač, keyinchalik qarlig‘ač, qadirg‘ač shaklida bo‘lganini ko‘rish mumkin. O‘zgarishlar asosan talaffuzdagi soddalashuv va fonetik moslashuv natijasida yuz bergan. “Devonu lug‘atit turk” asarida Mahmud Koshg‘ariy bu qush nomini qarg‘ilač shaklida keltiradi. Qadimgi turkiy lug‘atda qarg‘ilač so‘zining ko‘rshapalak ma’nosi borligi ham aytib o‘tilgan.

Oltoy tillari etimologik lug‘atida qaldirg‘och so‘zi juda qadimiy “qora, qoramtir, qush” ma’nosini bildirgan proto-turkiy k(i)ar ildizi bilan bog‘lanadi. Bu ildiz turkiy tillar bilan birga mo‘g‘ul va tungus tillarida ham uchrab, qush nomlarini ifodalashga xizmat qilgan. Ehtimol, qadimgi davrlarda qushlar hozirgi biologik tasnif asosida emas, balki tashqi belgilariga – rangiga va umumiy qiyofasiga qarab nomlangandir. Qarg‘a, qarqara qushlari o‘zagi ham kar ildiziga bevosita aloqador. Gʻarb tilshunoslari fikricha, kar ildizi qushning tovushi yoki harakatiga taqlid qiluvchi so‘z bo‘lishi mumkin, ya’ni u ifodaviy, onomatopoetik xususiyatga ega.

Qaldirg‘och so‘zi tarixi va shakl bosqichlariga bir nazar tashlashning o‘ziyoq tillarning umumiy leksik qatlamidagi mushtarakligi, insoniyatning tabiatni kuzatish va uni nomlashdagi yaratuvchanligini ko‘rsatadi.

Iroda RAHMONALIYEVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-fevraldagi 6-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img38

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img121

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img312