14.07.2025 | 09:30
967
QO‘LDA TO‘QILGAN “UCHAR GILAM”LAR
Tog‘li Oltoy o‘lkasining “Beshinchi Pazirik” qo‘rg‘onidan eramizdan oldingi V-VI asrlarga oid deb taxmin qilingan gilam topilgan. Abadiy muzliklar ichida qolib ketgan nodir ashyoning chirimaganiga faqat past havo harorat sababmikin? Abadiy merosga aylanajak gilamlar bugun ham to‘qilyaptimi?

Bu savolga javob beradigan odamni Samarqanddan topdik. “Samarqand – Buxoro ipak gilami” kompaniyasi rahbari Furqat Niyozov ana shunday moʻjizakor gilam to‘qish jarayonini hikoya qilib berdi.
Qo‘lda to‘qiladigan ipak gilam – eksklyuziv buyum. Avvalo, ipak xom holida sotib olinadi, quritiladi, tolaga aylantiriladi. So‘ngra yigirilib, qaynatiladi va ranglanadi. Ranglash uchun anor va yong‘oq, piyoz po‘chog‘i, ro‘yan ildizi, delfinium guli, islim va haligacha Hindistondan olib kelinadigan (bizning iqlimda o‘stirib bo‘lmaydigan) indigo o‘simligidan tabiiy, toza bo‘yoq tayyorlanadi. Ma’lumot uchun, tabiiy rang tayyorlashda bir xil rangni ikki marta olib bo‘lmaydi.
Sirtdan qaraganda ipak gilamlar narxi juda qimmat. Nega? Chunki ipakning kilosi 600 ming so‘mdan oshiq turadi. Kamiga yigirish, yuvib-tarash, ishlov jarayonida 30 foizi chiqitga ketadi. Tayyor holga olib kelish esa bir yarim million so‘m atrofida mablag‘ talab qiladi. Deylik, ikki metr kvadratlik gilamga 15 kilogramm ipak ketsa, shuning o‘zi 20 million so‘mga tushadi. Hali qo‘l mehnat haqini hisoblamayapmiz.
Ipak gilamni to‘qish juda mashaqqatli va toliqtiruvchi ish. To‘quvchi har bitta tugun uchun ipni sakkiz marta barmoqlari bilan aylantirib oladi. Bir santimetr kvadratga 150 tadan 300 tagacha tugun tugishi, iplar rangini sxema asosida tez-tez almashtirib, sanab, moslashtirib borishi kerak. Gilamining orqa tomonini ham kuzatib borish uchun uzluksiz oynaga qarab ishlashga to‘g‘ri keladi. Chunki har ikki tarafi bir xil chiqishi shart.

Ishning bitish muddati ipak tolasining qalinligi va tugun soniga bog‘liq. Besh yuztadan milliontagacha tugun bo‘lishi mumkin. Ko‘p tugunli va tolasi ingichka gilamlar uzoq vaqt to‘qiladi.
Zavodda ishlab chiqarilgan gilamlarda tugun bo‘lmaydi. Iplar qirqilib, maxsus yelim bilan zichlanadi. Qo‘lda to‘qiladigan gilamlarda ip tugilgani bois sitilmaydi. Shuningdek, ipakni hech qachon kuya yemaydi.
Ahamiyatlisi, bu gilamlar faqat yagona nusxada ishlab chiqariladi. Takrori yo‘qligi, ya’ni betakrorligi uchun uning qiymati yildan yilga oshadi, nodir tarixiy ashyoga aylanadi. Avaylab ishlatiladiganlari esa abadiy muzliklarsiz ham “Pazirik” kabi davrlar oshishiga shubha yo‘q.
Bugungi kunda gilamdo‘zlik hunarini xotin-qizlarga o‘rgatish bo‘yicha kurslar ochdik. Ayniqsa, yoshlar orasida qiziqish yuqori. Ipak gilamlarga bo‘lgan talab va takliflar ham yil sayin ortib bormoqda. Narxi ham shunga yarasha 10-15 milliondan 100-200 milliongacha baholanadigan gilamlarimiz bor.
Aytish kerakki, Samarqandning ipak gilamlari dunyoning barcha nuqtalariga yetib borgan. Qo‘l mehnatiga bo‘lgan qiziqish ortidan chet ellardan ham buyurtmalar qabul qilyapmiz. Mahsulotimiz uchar gilam bo‘lmasa-da, chiroyi va sifati ertaknamo. Bunday namunalar yurtimiz nomi va xalqimiz san’atini makonlar va zamonlar osha olib o‘tmoqda.
Muhayyo RUSTAM qizi yozib oldi.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



