27.07.2025 | 15:27
906
AYBIN BILMAY KETGAN FUZAYL SHERAHMEDOV
O‘tgan asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan turkistonlik talabalar mavzusi keyingi vaqtda keng yoritilgan. Bu izlanishlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, ushbu mavzudagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar zahmatkash olim Sherali Turdiyevning “Ular Germaniyada o‘qigan edilar” kitobi (1992-yili)da, marhum ustozlarimiz – Begali Qosimov, Naim Karimov, Boybo‘ta Do‘stqorayevning maqolalarida o‘z ifodasini topganini adolat yuzasidan ta’kidlash lozim. Shuningdek, 1998-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan mazkur kitob asosida ikki qismdan iborat hujjatli film (ssenariy muallifi – Xayriddin Sulton, rejissyor – Shuhrat Mahmudov) ham yaratilgan edi.

E’tiboringizga havola etilayotgan maqolada ana shunday iste’dodli talabalardan biri haqida hikoya qilinadi.
Fuzayl Sherahmedov 1908-yil 3-mayda Toshkent shahridagi 2-Qoryog‘di mahallasida, yirik savdogar boylardan biri sanalgan Isroil Sherahmedov xonadonida dunyoga kelgan. Onasi Ruxsoraxon zamonasining bilimdon ayollaridan bo‘lib, taniqli muallim Ikromxon domlaning qizi edi. Fuzayl avval jadid maktabida, so‘ng Munavvar qori Abdurashidxonovning “Namuna” maktabida tahsil oldi.
Hujjatlarga ko‘ra, “Namuna”da bir necha yuz bola o‘qigan. Bu maktabda o‘z davrining eng iste’dodli yoshlari dars berishgan. Ularning qo‘lida ta’lim olgan o‘quvchilar orasidan keyinchalik Hamza, Qayum Ramazon, Oybek, Mannon Uyg‘ur kabi iste’dodli adib va san’atkorlar yetishib chiqqan.
1922-yili yuzlab turkistonlik iqtidorli talabalar “Ko‘mak” jamiyati orqali Berlin, Moskva, Peterburg, Boku, Ganja shaharlariga yo‘l oladi. Ular asosan, Fitrat va Fayzulla Xo‘jayev ajratgan Buxoro Xalq Respublikasi sarmoyasi, “Ko‘mak” tashkiloti tomonidan yig‘ilgan pullar va ayrimlari o‘z ota-onalari hisobidan yo‘lga chiqadi.
O‘sha yili Najmiddin Sherahmedov ikki ukasi – Nasriddin va Fuzayl hamda singlisi Saidani Germaniyaga o‘qishga yuboradi. Bir oiladan uch nafar farzandning bir vaqtda chet elda tahsil olishi Sherahmedovlar xonadonida ta’limga, ilm-u ma’rifatga jiddiy yondashilganini ko‘rsatadi. Shu tariqa, qahramonimiz Toshkentda shakllantirilgan 16 kishilik guruh bilan birga Berlinga yetib boradi.
Nasriddin, Fuzayl, Saida va ularning hamshirasi Zuhra Kashayeva alohida xonadonga joylashib, xususiy muallimlardan nemis tilini o‘rganadi. Shundan so‘ng Fuzayl Sherahmedov Germaniyaning Shtreylits shahridagi oliy texnika maktabining yo‘l muhandisligi fakultetiga o‘qishga kiradi. 1926-yili yozgi ta’tilda Vatanga keladi, biroq unga Germaniyaga qaytib ketishi uchun ruxsat berilmaydi.
Fuzayl va Saidani iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash yo‘llari ham to‘siladi. Vaholanki, O‘zbekistonning birinchi rahbarlaridan bo‘lgan Akmal Ikromov Fuzaylning tog‘asi edi. Najmiddin Sherahmedov Munavvar qori Abdurashidxonov orqali Afg‘oniston konsulxonasi xodimi G‘ulom Jayloniy bilan bog‘lanib, undan Saidaga 50 so‘m va xat yuboradi. Najmiddin singlisiga “Mamlakatda to‘liq despotizm, o‘zbeklarda umuman hokimiyat qolmadi. Sovetlar hammani qo‘rqitib oldi”, deb yozgan edi.
Fuzayl Sherahmedov talabalik yillarida Shtreylitsdan tashqari Berlin, Haydelberg shaharlarida amaliyot o‘tab, Yevropaning zamonaviy arxitekturasi, ilmiy va texnik yutuqlari bilan yaqindan tanishadi. 1929-yil oliy ma’lumot haqidagi diplomni qo‘lga kiritgach, Toshkentga qaytib keladi.
Fuzayl Germaniyada orttirgan bor ilm-tajribasini O‘zbekistonda yo‘l qurilishi sohasini rivojlantirish yo‘lida ishga soldi. U Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi yo‘l qurilishi idoralarida bosh muhandis bo‘lib ishladi.
1937-yil 10-sentyabrda O‘sh asosiy yo‘li qurilish idorasi bo‘lim boshlig‘i Fuzayl Sherahmedov O‘zSSR JKning 60, 67-moddalari bilan ayblanadi va Germaniya josusi sifatida qamoqqa olish haqida qaror chiqariladi. 1937-yil 13-sentyabr kuni u Toshkent shahri, Zirabuloq ko‘chasi, 42-uyda hibsga olinadi. Mushtipar onasi Ruxsora Ikromova, turmush o‘rtog‘i Sharifa Sherahmedova, 2 yoshli Naimaxon va 5 oylik Favziyaxon ismli farzandlari uning ortidan qon yig‘lab qoladi.
1937-yil 22-sentyabr kuni ilk so‘roqda Fuzayl Sherahmedov o‘ziga josus va aksilinqilobchi sifatida qo‘yilgan ayblovlarni butkul rad etadi. Biroq o‘ta vahshiyona qiynoqlardan so‘ng (27, 29 sentyabr kunlari) qo‘liga tutilgan barcha qog‘ozlarni imzolashga majbur bo‘ladi. Qizig‘i, 1937-yil sentyabr sanasi bilan allaqachon mashinkada tayyorlangan qarorga keyinchalik Mixaylyants tomonidan alohida ruchka bilan “20” raqami tirkab qo‘yilgan. Bu esa Fuzayl Sherahmedovga nisbatan haqiqiy qaror ancha avval, butunlay boshqa odamlar tomonidan chiqarilganligini anglatadi.
1937-yil 20-oktyabr kungi so‘roq yakunida Fuzayl Sherahmedov tergov bayonnomasiga “Barcha aksilinqilobiy faoliyatimni aytdim, mening boshqa gapim yo‘q! Qo‘shimcha qilmayman!” deb imzo chekadi. Shundan so‘ng uni ancha vaqt bezovta qilishmaydi.
1938-yil 23-sentyabrda u Shtrelitsda birga o‘qigan Omonulla Nasratulla bilan, 1938-yil 29-sentyabrda Sattor Jabbor bilan, 1938-yil 3-oktyabrda Sulton Matqul bilan yuzlashtiriladi. Yuzlashtirish qattiq ruhiy bosim va jismoniy qiynoqlar ostida olib boriladi. Ammo Fuzayl biror marta o‘zining aybdorligini tan olmaydi. 1937-yil 5-oktyabrda Fuzayl Sherahmedov ishiga oid ayblov bayonnomasini sobiq Ittifoq general prokurori Vishinskiy nomidan uning yordamchisi imzolaydi. Hujjatda F.Sherahmedovga nisbatan “U 1926-yil Tohir Shokir tomonidan “Ozod Turkiston” aksilinqilobiy tashkilotiga tortilgan, 1932-yil Abduvahhob Murodiyning turmush o‘rtog‘i Marta orqali, 1933–1935-yillari esa Sattor Jabbor orqali Gestapoga josuslik maqsadida materiallar yuborib turgan”, degan bo‘htonlar bitilgan edi.
1938-yil 9-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan mash’um “uchlik” yig‘ini Fuzayl Sherahmedovni aybdor deb topib, uni oliy jazoga hukm qildi. O‘zbekistonga ne-ne ezgu orzu va umidlar bilan qaytib kelgan qahramonimiz aslida 8-oktyabrda otib tashlangan edi.
O‘sha paytda Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 45-uyda yashagan Fuzayl Sherahmedovning onasi Ruxsora Ikromova o‘g‘lining ishini qayta ko‘rishlarini so‘rab avval SSSR general prokurori, so‘ng O‘zSSR prokurori nomiga arizalar yo‘llaydi. Nihoyat, boshqa qatag‘on qurbonlari qatori Fuzayl Sherahmedovning ishi ham qayta ko‘riladigan bo‘ladi.
1957-yil 25-avgustda so‘roqqa chaqirilgan Ruxsora Ikromova: “Mening yetti farzandim bo‘lib, o‘g‘illarim Ismoil, Fuzayl, qizlarim Zarifa, Sharifa, Marhima, Hakima, Ruhima edi. Bugun Zarifa va Sharifadan boshqa barchalari dunyodan o‘tib ketgan. Chet eldagi Saida Sherahmedova turmush o‘rtog‘im Isroil Sherahmedovning akasi Hojiahmad Sherahmedovning qizi bo‘ladi. Hozirda bizning Saida bilan umuman aloqamiz yo‘q”, deydi.
Fuzayl Sherahmedov 1958-yil 27-martda SSSR Oliy sudi tomonidan oqlandi. Biroq bu kunlarga uning ikki qizi yetib kelmadi. Ular go‘dakligida onalari bilan uysiz sarson-sargardon yurgan vaqtlaridayoq kasallikka chalinib vafot etgan edi…
Fuzayl Sherahmedovning aybsizligini tan olishdi, ammo undan tortib olingan mol-mulklar qaytarilmadi. Fuzaylning hamon uysiz yurgan bevasi Sharifa Sherahmedova 1971-yil 13-oktyabrda uy so‘rab hukumatga murojaat etadi. Ammo uy olish nasib etmay, omonatini topshiradi.
Bahrom IRZAYEV,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-iyuldagi 29-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600


