Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.08.2025 | 09:00

img755

TUYA YILDAN QOLSA HAM, ELDAN QOLMAGAN

Xalqimizda “yildan qolgan tuya” deya naql bor. Bu naql ishi unmaydigan, zarur ishlarga kechikib qoladigan, e’tibordan chetda turadigan odamlarga nisbatan qo‘llanadi. Bu naqlning paydo bo‘lishi qadimda yil nomlari hayvonlarga taqsim qilinayotganda, tuya tadbirga kechikib borganligi bilan bog‘lanadi. Gap shundaki, jimitday bo‘lgan sichqonning nomida muchal yili bor, lekin tog‘day tuya bu nasibadan quruq qolgan. Shunday bo‘lsa-da, tilimizda tuya bilan bog‘liq atamalar ko‘p. Bu jonivor yildan qolgan bo‘lsa-da, eldan qolmagan, doimiy e’tiborda bo‘lgan, shuning uchun uning oti ko‘p.

“O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” kitobida bo‘ra so‘zi tuyani, kark so‘zi esa, yovvoyi tuyani bildirgan, bir o‘rkachli tuya – nor, yirik gavdali basavlat erkak tuya – lo‘kcha so‘zida ifodalangan. “At-tuhfa” lug‘atida qari tuya – sho‘rshak (shÿrshӓk), urg‘ochi tuya – moya so‘zida ma’nolangan.

Qadimgi tilimizda tuya so‘zi teva shaklida bo‘lgan. Keyin tuyaga o‘zgargan. Tevaning ko‘ngli kichikdur gar erur paykari cho‘ng (Navoiy).

Tilimizda tuya bilan bog‘liq bulardan boshqa atamalar ham ko‘p. O‘zbek tilida “Kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopar”, “Tuya hammomni orzu qilibdi”, “Tuya ko‘rdingmi, yo‘q”, ”Nonini tuya qilgan”, “Tuya go‘shti yegan” kabi ko‘plab maqol va iboralar yaratilgan. Tuyaqorin, tuyaqush, tuyadaraxt kabi o‘simlik va hayvonlarga oid ramziy nomlar o‘ylab topilgan. Arab tilida ham tuya zoti bilan bog‘liq minglab istilohlar bor. Men bilganlarimni aytib o‘tdim, xolos.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2025-yil 22-avgustdagi 34-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132