16.12.2024 | 11:53
510
TILA TILAGINGNI, DEB QOLSA…

Xotun qo‘yg‘an bir errayim tug‘ushqan ulpating bo‘lsa,
Halol ersa oning ilki, saning ham sunnating bo‘lsa.
Ayal zotin kiro‘rog‘a jamlab, quysa mag‘zavolar,
“Yasha, erkak!” deb pishanglar bermaka jur’ating bo‘lsa.
Mayxonadin choyxonag‘a sahar qaytsang oshikoro,
Choyxona bo‘lsa boshpanoh, mayxona xilvating bo‘lsa.
Qizilko‘z mirg‘azab qo‘qqis so‘rab qolsa hasbu xoling,
Qo‘yinda hujjating bo‘lsa, hujjatda suvrating bo‘lsa.
Burnig‘a ter toshsa oning, ki hujjat iskagan chog‘i:
Hokim sandin qarz olg‘oni haqinda tilxating bo‘lsa!
Tilxating o‘ng tomonida muhri bahaybat porlasa,
So‘l tarafda do‘q arolash zakonniy muhlating bo‘lsa.
Sharob zavodin eshigin tepib ochsang mardonavor,
Ketar chog‘i tovon birla yoparg‘a qurbating bo‘lsa.
Istirohat etsang magar Qo‘yluq bozorin yo‘rg‘alab,
To‘rva-xaltang bo‘g‘ozlansa, on qadar hurmating bo‘lsa.
“Ajal” xonish boshlag‘uncha xushxayolni sur, Xunob-o,
Vaqt g‘animat, ……..* otlig‘ qip-qizil g‘urbating bo‘lsa.
Mulla XUNOB
*– o‘qig‘uvchi o‘z ko‘nglidagi ismni qo‘yib olar degan o‘yda nuqta chekildi (muallif).
“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



