Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.09.2025 | 09:34

img564

JONIMSAN, O‘ZBEKISTONIMSAN!

Tan og‘rib, qon ko‘pchib, ingranadi jon
Yalang oyog‘imga sanchilsa tikan.
O‘zni sendan o‘zga sanamadim men,
Tanimsan, qonimsan, jonimsan, Vatan!

Tan – ko‘zga ko‘ringan savlatim mening,
Qonim-chi, jonimga, ruhimga maskan.
Alqovga so‘z yetmas vasfingni sening,
Tanam ichindagi tanimsan, Vatan!

Million yil sahroda chechaklar sochgan
Sir, Surxon, Zarafshon, O‘kuzdaryosan.
Momom jelagiga jig‘adek sanchgan
Binafsha gulimsan, dilimsan, Vatan!

Jon – Alloh ne’mati: biz uchun iqbol,
Erkin ruh – insonni yuksaltirgan sha’n.
Xalqimning kamoli, baxti Istiqlol,
Jonim ichindagi jonimsan, Vatan!

Baxtim kuldi mening, davlatim keldi,
Qadrim baland bo‘ldi.
Shavkatim keldi,
Dunyoga chiqishga navbatim keldi,
O‘zbekistonimsan, shonimsan, Vatan!

Do‘stlar, mening davlatim keldi, baxtim kuldi! Muhtaram Prezidentimning Farmoniga binoan mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoniga loyiq ko‘rilganimdan boshim osmonga yetdi! Bu mukofotni Vatanimning, xalqimning ishonchi, deya qabul qildim. Ayni paytda, mendek bir ijodkorga Prezidentimning ko‘rsatgan e’tiborini qoraqalpoq adabiyotiga nisbatan yuksak e’tibor deb bilaman. Bu menga juda katta burch va mas’uliyat yuklaydi.

Prezidentim farmoni e’lon qilinganda mukofotlangan yurtdoshlarimiz qatorida mening ham nomim borligini ko‘rgan oila a’zolarim, tug‘ishganlarim, ijodkor do‘stlarim, eldoshlarim mendan ham ko‘proq sevinishdi. So‘z, adabiyot, kitob qadrini hamma narsadan yuqori qo‘yadigan, qalbi doimo bedor yaqinlarimning naqadar quvonganini so‘z bilan ifodalay olmayman.

Muhtaram Shavkat Miromonovich qoraqalpog‘istonliklar bilan uchrashuvlarda “Bo‘zatov”, “Aydinlar”, “Dembermes” degan qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari, Kunxo‘ja, Ajiniyoz, Berdaq, Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaipbergenov kabi ulkan shoir va adiblar kitoblari bilan tanishligi haqidagi samimiy so‘zlarini eshitganimda qalbim benihoya quvonchga to‘ladi. Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lgan Prezidentim Berdaq bobomizning:

Yigit degan yaxshi, bilimdon bo‘lur,
Bilim, hunar yigit uchun jon bo‘lur,
Aqlsizlar ishi ko‘p yomon bo‘lur,
Nodonlar hech xizmat qilmas xalq uchun, –

degan she’rini yod o‘qiganlarida bag‘oyat hayajonlanib ketganman.

O‘tgan yili Prezidentim qarori bilan Ajiniyoz bobomiz tavalludining 200 yilligi O‘zbekiston va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida Ajiniyoz asarlari nashr etildi, shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratildi va kinoteatrlar, san’at saroylarida namoyish qilindi.

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbuslari bilan o‘zbek tilida nashr etilgan “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli yuz jildlik muhtasham kitoblar jamlanmasida qoraqalpoq mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalariga besh jild ajratilgan. Unga mening dostonim va she’rlarim ham kiritilganidan boshim osmonga yetgan.

Qoraqalpog‘istonlik piri badavlat otaxon va onaxonlar qo‘llarini fotihaga ochgan har lahzada: “Prezidentimiz doimo sog‘-omon bo‘lsin, yurtimiz tinch bo‘lsin, davlatimiz ziyoda bo‘lsin, xalqimizning baxtiga ko‘z tegmasin!” deya Xudodan so‘rab duo qiladilar. Iloyo, duolari ijobat bo‘lg‘ay!

Yuragimda jo‘sh urayotgan minnatdorlik tuyg‘ularimni, Prezidentimga va O‘zbekiston xalqiga rahmatimni mana endi yeng shimarib, kelgusi ijod namunalarimda ifodalashga ahd qilib qo‘ydim!

Baxtiyor GENJAMUROD,
O‘zbekiston xalq shoiri

“Jadid” gazetasining 2025-yil 29-avgustdagi 35-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333