04.09.2025 | 09:14
559
OTAM HAYOTINING MAZMUNI
Men professor Begali Qosimovning kenja farzandiman. Otamning o‘zbek adabiyoti oldidagi, xususan, jadidlik tadqiqoti borasidagi xizmatlarini asta-sekin anglab bormoqdaman. Chunki Begali Qosimovning aynan o‘zbek matbuotidagi adabiy-ijtimoiy maqolalari yuzasidan tadqiqot olib borib, dissertatsiya himoya qildim.

Otam 60-yillar avvalida hali atroflicha o‘rganilmagan, juda chigal bo‘lgan davrdagi bir adabiy siymo, ya’ni Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodi bo‘yicha diplom ishini yozadi. Keyin esa, “Mirmuhsin Shermuhamedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Shu-shu jadidlar davri, adabiyoti, teatri, madaniyati, tili, siyosati otam uchun umr mazmuniga aylanadi.
O‘tgan asrning 80-yillarida himoya qilgan doktorlik ishining mavzusi “O‘zbek inqilobiy poeziyasining maydonga kelishi va taraqqiyoti” deb nomlanadi. Avroraning to‘plari haqida tashbehlar bitilayotgan, yetti otasini unutayozgan davrlar… Tabiiyki, bunday davrda jadidlik, yangilik, milliy o‘zlik kabi atamalarni qo‘llab bo‘lmas edi. 1983-yilda otam “Izlay-izlay topganim” kitobini chop etadi. Bu asarda yangi nomlar, to‘g‘rirog‘i, unutilgan, millatimiz gullari bo‘lgan 86 nafar ma’rifatparvarning ijodi va biografiyasi haqida ilk ma’lumotlar beriladi.
Kechagiday esimda, O‘zbekiston mustaqillikka erishganda rahmatli otam juda suyungan. Otam o‘rgangan davrni shundan keyin o‘z nomi bilan ataydigan, qo‘rqmasdan katta auditoriyaga mos materiallarni tayyorlaydigan, eng asosiysi, istiqlol, hurlik, ozodlik tuyg‘ulari ota-bobolarimizdan merosligini tortinmay ayta oladigan bo‘lgan edi.
Ammo shunday davrlar bo‘ldiki, “jadid” so‘zini tilga olish imkoni bo‘lmadi, Begali Qosimov nomi matbuotda taqiqlandi. Shu bois ba’zan onam nomidan va ko‘pincha “Bek Muhammad Murod”, “B.Qosimbekov” imzolari bilan maqolalarini nashr qilishda davom etdi. Chunki u kishi uchun shaxsiy obro‘dan ko‘ra manfaatli materialning xalqqa yetib borishi muhim edi.
Otam qiyinchiliklardan biron marta noliganlarini eslolmayman. 60 yillik yubileyida dunyodagi eng baxtli insonlardan biri ekanini ta’kidlagan. Negaki, shunday Vatanda tug‘ilganidan, o‘zi sevgan kasbda ishlashdek baxtga musharraf bo‘lganidan baxtiyor edi. Hatto, qiyin damlarda xorijda, to‘kis sharoitda ishlash takliflari tushganda ham yurtini, universitetini, sevimli talabalarini ko‘zi qiymadi. Taniqli shoirimiz Abdulla Oripov do‘sti Begali Qosimov taqdiri haqida shunday degan edi: “Begali unutilayozgan, tuproq va loyga qorishib ketgan jadid bobolarimizni artib, tozalab, avaylab ommaga olib chiqdi…”
Otam vafotiga 21 yil bo‘ldi. Haqiqat yuz ochdi, bugun otamizning mehnatlari e’zoz topayotganidan bag‘oyat mamnunmiz. Butun oilamiz, qarindosh-urug‘lar, hamkasblar ham xursand.
Yurtboshimiz tomonidan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenining taqdim etilgani otamning umr mazmuni uchun berilgan siylov, albatta. Oilamiz nomidan muhtaram Prezidentimizga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.
Shohruh QOSIMOV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 29-avgustdagi 35-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



