Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.09.2025 | 15:35

img582

INSONIY ISHDAN CHETDA QOLMA!

Menimcha, odamzodning chekiga tushgan eng dahshatli fojia Vatanni himoya qila bilmaslikdir. Bunday ko‘rgilik hech bir bandaning boshiga tushmasin.

Allohga shukr, bizda chegarasi mustahkam, manzillari obod ona Vatan bor. Barchamiz uning mehri, tafti, ardog‘i va siylovi bilan xushvaqtmiz. Peshonamizning olti qarichligi ham shundan. Dunyoda hamma uchun o‘z vatanidan yaxshi joy topilmaydi.

Vatan yiqilganingda tog‘dek yelkasini tutadi, ozor chekkaningda onang kabi beminnat mehr ko‘rsatadi. Vataning bo‘lsa qadding bukilmaydi, qilichdek tik va keskir bo‘lib yashaysan. Shunday vatanni sevmay, qizg‘onmay, asramay bo‘ladimi?

Unutma! Vatan bu… Unda erkin va erkalanib yashaysan, mol-davlating bo‘lmasa, undan najot kutasan. Sog‘liging ketganda, murodingga yetolmaganingda unga murojaat qilasan. Uy-joying bo‘lmasa, beminnat boshpana so‘ray olasan. Yanglishsang, u to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yadi, onang kabi kechiradi. Surinsang, Vatan tuprog‘iga qulaysan. Gʻolib bo‘lsang, mukofotlarning eng zo‘rini olasan, mag‘lub bo‘lsang, ruhlantiradi. Daraxt eksang, Vatan ichida betakror Vatan bunyod qilasan. Kimligingni Vataningga qarab anglaydilar va tushunadilar.

Ko‘rdingmi, Vataning bor – shuncha narsang bor. Dunyoda sendan baxtli odam topilmaydi. Shuning uchun Vatanni avayla, asra, sev, kerak bo‘lsa, joningni fido qil. O‘zingni o‘tga, suvga ur. Vatan bilan tirikmisan, har qachon Vatan uchun o‘lishga ham hozir bo‘l. Bu mardlarning, chin insonlarning ishidir. Sen ham insoniy ishdan chetda qolma!

Normurod MUSOMOV,
jurnalist

“Jadid” gazetasining 2025-yil 29-avgustdagi 35-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604