Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.09.2025 | 15:24

img3808

“O‘T-O‘LAN”DAGI O‘LAN NIMA?

O‘t-o‘lan so‘zini ko‘p qo‘llaymiz. Lekin bu birikmadagi o‘lan nima ekanini bilmaymiz. Qadimgi tilimizda ho‘l so‘zi o‘l(ӧl) shaklida, “h” siz qo‘llangan, ӧl keyin ho‘l bo‘lib ketgan. Hozirgi tilimizda ho‘l so‘zining asl ko‘rinishi o‘l faqat o‘lan so‘zida saqlanib qolgan. “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”ga ko‘ra, o‘lan so‘zi “yashil o‘t” va “o‘tloq” ma’nosini bildirgan. Sersuv, yosh, ho‘l o‘tlarni o‘lan deyishgan. O‘lan aytishdagi o‘lan so‘zi boshqa mazmunda. Menimcha, aytishuv payti gapni gapga ulab ketish ma’nosida o‘lan (ulan) deyishgan bo‘lsa kerak.

Alisher Navoiy o‘lan so‘zini o‘lang shaklida, “o‘t va giyoh” ma’nosida ham, “ashula” ma’nosida ham qo‘llagan:

Vale suvlar bo‘lub oyina ohang,
O‘lang aylab ayon ul ko‘zguda zang.
(“Farhod va Shirin” dostonidan).

Dasht uzra o‘lang so‘nggicha ketkay,
To maqsad-u manzilga yetkay.
(“Layli va Majnun” dostonidan).

Bu yerda birinchi misoldagi o‘lang – o‘t, giyoh, ikkinchi misoldagi o‘lang – ashula mazmunida kelyapti.

Koshg‘ariy o‘lning ho‘lga aylanishini dialektal hodisa deb aytgan. Tilimizdagi hovuch so‘zi asli ovuch deyilgan. Hozirgi ho‘kiz so‘zining asli ham ӧküz(o‘kiz) bo‘lgan. Garchi, o‘t-o‘langa ho‘kizni oralatib yuborish nojoiz tuyulsa-da, gap kelganda ho‘kiz haqida ham ikki og‘iz so‘z aytib o‘tsak. Bu so‘zning bugungi “ho‘kiz” ma’nosidan tashqari qadimda “cho‘l odami”, “to‘g‘riso‘z, ochiqko‘ngil kishi” ma’nosida ham qo‘llaganlar. Lekin buning aksi o‘laroq, qo‘pol, ahmoq, betarbiya odamni ham ho‘kiz deyishgan va ayni sifat hozirgacha xalq orasida saqlanib qolgan.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 38-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591