16.09.2025 | 18:35
2207
“KAYF”NING AYBI NIMA?
Tilimizda kayf va kayfiyat so‘zlari bor. Qizig‘i shundaki, keyingi davrlarda kayf so‘zi aytilishi bilan salbiy ma’noda ko‘rinish beradi. Masalan: kayf qilib yotibdi, g‘irt kayfda, kayf qildik kabilar. Bu gaplarning birortasida yaxshilik alomatini sezmaysiz. Nuqul maishatparastlik, bema’nilik, harom-xarishlik mazmuni chiqib kelaveradi.

Lekin, kayf so‘zidan paydo bo‘lgan kayfiyat so‘zi buning aksi. Kimni ko‘rsangiz avvalo uning kayfiyatini so‘raysiz. A’lo kayfiyat tilaysiz. Kayfiyati yaxshi deganda odamning chiroyi ochiladi, kayfi yaxshi desa, burun jiyriladi. Holbuki, bularning ikkisi ham bitta so‘z. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da arabcha kayf so‘zi “rohatlandi”, kayfiyat so‘zi esa, “ruhiy holat” ma’nosini bildiradi. Bunda kayf so‘ziga –iyyatun qo‘shimchasi qo‘shilgan xolos. Bitta so‘zning ikki qiyofada namoyon bo‘lishi tildagi qiziq hodisalardan. Kayfiyat so‘zi falsafiy ma’no ham kasb etib ulgurgan. Nodirabegimda shunday misralar bor:
Maqsad ne edi jahona kelding,
Kayfiyatingni bayon etib ket.
Tasavvur qiling, agar shu she’rdagi satr “kayfingni bayon etib ket” shaklida aytilganda nima bo‘lardi? Rasvo bo‘lardi. Lekin kayf ham, kayfiyat ham aslida bitta so‘z. Faqat sho‘rlikkina kayf yomonotliqqa chiqib bo‘lgan.
V.Radlov kayf so‘zini “sog‘liq”, “shodlik” ma’nosida izohlagan. Kayfsiz so‘zini “sog‘lom emas”, “kasal”, kayfsizlik so‘zini esa, “kasallik” deb sharhlagan (В.Радлов. “Опыт словаря тюркских наречий” 2-том).
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 36-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
63
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



