Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.10.2025 | 17:00

img977

ADABIYOT BO‘YICHA 2025-YILGI NOBEL SOVRINDORINING MUKOFOTGA MUNOSABATI

Vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnahorkai “qiyomat dahshati sharoitida san’atning kuchini yana bir bor tasdiqlagan ishonchli va bashoratli ijodi uchun” 2025-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi.

“Krasnahorkai Laslo – Kafka va Tomas Bernxardga borib taqaladigan Markaziy Yevropa an’analariga mansub buyuk epik yozuvchi”, – deya ta’kidladi Nobel qo‘mitasi.

Laslo Krasnahorkai 1985-yilda “Satanin tangosi” romani nashr etilgandan so‘ng mashhurlikka erishgan. Uning boshqa mashhur romanlari orasida “Qarshilik melanxoliyasi” va “Urush va urush” bor. Krasnaxorkai 2015-yilda Xalqaro Buker mukofoti sovrindori ham bo‘lgan.

“Buyuk yozuvchilar va shoirlar safida ekanligimdan g‘ururlanaman”. Ushbu suhbatda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Laslo Krasnahorkai kutilmaganda olgan mukofotidan xursandligini izhor etadi. Krasnahorkai qayg‘u uning uchun muhim harakatlantiruvchi kuch ekanligini aytdi, shuningdek, tasavvurdan foydalanishning ahamiyatini ta’kidladi. “Tasavvursiz hayot butunlay boshqacha bo‘lardi. Kitob o‘qish bizga Yer yuzidagi zulmatli davrlardan omon qolish uchun ko‘proq kuch-qudrat baxsh etadi”.

Jenni Rayden: Salom.
Laslo Krasnahorkai: Eshitaman.
JR: Men Nobel mukofoti tashkilotidan Jenni Rayden bo‘laman.
LK: Salom.
JR: Bu Laslo Krasnahorkaimi?
LK: Ha, men.
JR: Avvalo, sizni adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy tabriklayman.
LK: Katta rahmat. Juda minnatdorman.
JR: Ayni paytda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
LK: Falokatdan-da ortiqroq. Hozir Samuel Bekketning Nobel mukofotini qo‘lga kiritgandan keyingi munosabati haqida o‘ylayapman. O‘sha fikr yodingizdami? Na savol, na javob bor edi. “Qanday falokat” degan gapni eslaysizmi? Bu uning Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganini bilgandan keyingi birinchi so‘zlari edi: “Qanday falokat”. Shuning uchun ham men sizga avvalo bu falokatdan ko‘ra ko‘proq baxt va g‘urur ekanligini aytdim. Men juda baxtiyorman va g‘ururlanaman, chunki ko‘plab buyuk yozuvchilar va shoirlar safida bo‘lish menga o‘z ona tilim – venger tilidan foydalanish ishtiyoqini baxsh etadi. Men bu kichik tildan foydalanishdan juda faxrlanaman va baxtiyorman. Avvalo, kitobxonlarga minnatdorchilik bildiraman. Men har bir inson o‘z tasavvuridan foydalanish qobiliyatini qayta tiklashini istayman, chunki tasavvursiz hayot butunlay boshqacha. Kitob o‘qish, undan zavqlanish kerak, chunki mutolaa bizga Yer yuzidagi hozirgi juda og‘ir davrda yashash uchun ko‘proq kuch bag‘ishlaydi.
JR: Albatta. Bizga holatingizni tasvirlab bera olasizmi? Hozir qayerdasiz va mukofot haqida xabar topganingizda ahvolingiz qanday edi?
LK: Men Frankfurt-Maynda betob do‘stimning uyida mehmon bo‘lib turibman. Nobelь mukofoti sovrindori ekanligimga hali ham ishonolmayapman, lekin juda xursandman.
JR: Siz buni kutganmidingiz?
LK: Mutlaqo hayratdaman. Bunga umuman ishonmagandim.
JR: Eng katta ilhom manbalaringizni aytib bera olasizmi?
LK: Alamzadalik. Hozirgi dunyoning ahvolini o‘ylab, qattiq xafa bo‘laman. Bu mening eng katta ilhom manbayimdir. Bu tuyg‘u adabiyotda kelgusi avlodlar uchun ham ilhom manbaiga aylanishi mumkin. Kelgusi avlodga nimadir qoldirish, zulmatli kunlardan qandaydir tarzda omon qolish uchun ilhom berish lozim, sababi hozirda o‘ta zulmatli davrni boshdan kechiryapmiz va bundan omon qolish uchun avvalgidan ko‘ra ko‘proq kuch-quvvat kerak bo‘ladi.
JR: Xo‘sh, siz aytganingizdek, bu qora kunlarda omon qolish uchun yozish siz uchun qanchalik muhim?
LK: Yozish, aslida, shaxsiy ishim. Odatda yozganlarim haqida hech kimga gapirmayman va boshqa yozuvchi hamda shoir do‘stlarimga hech qachon ko‘rsatmayman. Kitob yozaman, so‘ng uni noshirlarimga topshiraman va shundan keyin menga biroz vaqt kerak bo‘ladi. So‘ngra yangi kitob yozishni boshlayman va avvalgidan ham yaxshiroq asar yaratishga harakat qilaman.
JR: Tushunishimcha, sizning bir nechta yashash joyingiz bor, shundaymi?
LK: Ha, to‘g‘ri. Men Vengriyada, Budapesht yaqinidagi tepalikda yashayman. Shuningdek, Triesteda va ba’zan Venada, aslida qadimgi Avstriya-Vengriya imperiyasi hududida yashayman.
JR: Muvaffaqiyatingizni qanday nishonlamoqchisiz?
LK: Men nemischada Anmeldemt deb ataladigan joyga ketyapman. Ikkinchi turar joyimni o‘zgartirdim, endi hokimiyat binosiga borib, Germaniyadagi yangi pochta manzilimni ro‘yxatdan o‘tkazaman.
JR: Bu sizning bugungi rejangiz edi va hozir shu ishni qilmoqchimisiz?
LK: Bunday ajoyib yangilikni kutmagandim, shuning uchun o‘zgarishlar kirita olmayman. Ehtimol, kechqurun do‘stlarim bilan Frankfurtda portveyn va shampan ichib, birgalikda kechki ovqat tanovvul qilarmiz.
JR: Juda yaxshi fikr. Katta rahmat. Siz bilan suhbatlashganimdan xursandman.
LK: Sizga katta rahmat.
JR: Rahmat. Yana bir bor tabriklayman.
LK: Rahmat. Juda minnatdorman.
JR: Xayr.
LK: Rahmat. Xayr.


OG‘RIQ NUQTA

Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]

17.11.2026 | 14:24

img103

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img214

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img701