Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 17:27

img2049

QATAG‘ON QURBONLARI

(Davomi. Boshlanishi o‘tgan sonlarda)

Boboyev Tosh – 1904-yili Bauman rayoni Iska­gari qishlog‘ida tug‘ilgan. “Milliy ittihod” tashkiloti a’zolari bilan yaqindan aloqa bog‘lagan, hibsga olingan vaqtda aniq mashg‘uloti bo‘lmagan. Aksilinqilobiy yig‘ilishlar tashkil qilganlikda, sovet hokimiyatiga qarshi kurashish uchun ko‘rsatmalar berganlikda, xalq dushmanlari F.Xo‘jayev va boshqalarni maqtaganlikda ayblangan. 4541-sonli ish bo‘yicha 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan, jazo muddati 1937-yil 14-avgustdan hisoblangan. Bahriddinxo‘jayev Yoqubxo‘ja – 1893-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Aksilinqilobiy faoliyati uchun 10 yil qamoqqa hukm qilingan. Hibsga olingan vaqtda aniq mashg‘uloti bo‘lmagan. “Milliy ittihod” aksil­inqilobiy tashkilotga a’zo bo‘lganlikda, yapon josusi bilan mustahkam aloqa bog‘laganlikda, jazo lageridan qochib, aksilinqilobiy ishlarni tashkil qilganlikda ayblangan. 4299-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan. Xatibzoda Kabir – 1896-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hibsga olingan vaqtda savodsizlikni tugatish maktabida o‘qituvchilik qilgan. “Ittihod va taraqqiy”, “Milliy ittihod” va “Milliy istiqlol” tashkilotlari a’zosi. Ziyolilar orasida aksilinqilobiy targ‘ibot olib borganlikda, o‘qituvchilar namoyishida tashkilotchilik qilganlikda ayblangan. 5349-sonli ish bo‘yicha 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm qilingan, jazo muddati 1937-yil 7-iyuldan hisoblangan. Yo‘ldoshev Abdurahim – 1905-yili Andijon shahrida tug‘ilgan. “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilotning a’zosi. Mafkura frontida dushmanchilik ishlarini olib borganlikda, o‘quv qo‘llanmasida xalqlar dohiysi­ning tarixiy-inqilobiy faoliyatini buzib ko‘rsatganlikda ayblangan. 5347-sonli ish bo‘­yicha 10 yil mehnat-tuzatuv lageriga hukm qilingan. Jazo muddati 1937-yil 7-sentyabrdan hisoblangan. Usmonov Obidoxun – 1887-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. “Milliy ittihod” tashkilotining a’zosi. Millatchilik targ‘iboti olib borganlikda, ocharchilik haqida mish-mishlar tarqatganlikda ayblangan. 4309-sonli ish bo‘yicha 10 yil mehnat-tuzatuv lageriga hukm qilingan. Jazo muddati 1937-yil iyuldan hisob­langan. Jo‘raboyev Hoji Safo – 1875-yili Buxoroning Vobkent qishlog‘ida tug‘ilgan. Buxoro madrasasini bitirgan. Kolesov bilan Buxoroda bo‘lgan voqealar ishtirokchisi. 1905-yil oxirida Tiflisdagi g‘alayonda ishtirok etgani uchun Chor Rossiyasi hukumati tomonidan surgun qilingan. 1909-yilgacha Turkiyada yashagan. 1917-yil noyabrida Samarqandda bolsheviklar partiyasiga kirgan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari­dagi sovet idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. “Milliy ittihod” tashkilotining rahbar a’zolaridan bo‘lib, bu tashkilotning filiallari o‘rtasida aloqa o‘rnatganlikda, aksilinqilobiy millatchilik targ‘iboti olib borganlikda ayblangan. 6920-sonli ish bo‘yicha 10 yil mehnat-tuzatuv lageriga hukm etilgan. Jazo muddati 1937-yil 12-sentyabrdan hisoblangan. Gʻulomov Botir – 1906-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. “Milliy ittihod” tashkilotining ishi bo‘yicha 5 yil qamoqqa hukm etilgan. Jazo muddatini o‘tamay qochgan, hibsga olingan vaqtda ishchilar fakultetida o‘qituvchi bo‘l­gan. “Milliy ittihod” tashkiloti a’zosi. Aholi orasida millatchilik va ig‘vogarlik tashviqoti o‘tkazganlikda, xalq dushmanlari bilan aloqa o‘rnatganlikda ayblangan. 4719-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan. Ilyayev Xalil – 1914-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hibsga olingan vaqtda maktabda direktor lavozimida ishlagan. “Internatsional demokratik partiya” nomidagi aksilinqilobiy tashkilotning tashkilot­chisi. Sovet hokimiyatini ag‘darib, o‘rniga kapitalizmni tiklash haqida targ‘ibot olib borganlikda ayblanib, otuvga hukm etilgan. Niyozov Abdurahmon – 1916-yili Toshkent shah­­ri­da tug‘ilgan. Hibsga olingan vaqtda o‘qituvchi bo‘­lib ishlagan. “Internatsional demokratik partiya” tash­kilotining faollaridan. Aksilinqilobiy kayfiyatdagi kishi­larning jipsligini tashkil qilganlikda, yashirin kengashlar o‘tkazganlikda ayblangan. 10 yil mehnat-tuzatuv lageriga hukm qilingan. Ismoilova Yelena – 1915-yili Omsk shahrida tug‘ilgan. Hibsga olingan vaqtda omonat kassada hisobchi bo‘lgan. “Internatsional demokratik partiya” aksilinqilobiy tashkilotning faollaridan. Sovet hokimi­yatini ag‘darib tashlash va kapitalizmni tiklash maqsadini qo‘yganlikda ayblangan. Jazo muddati 1937-yil 21-avgustdan hisoblangan. Yoqubov Ergash – 1914-yili Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan. Hibsga olingan vaqtda maktab o‘qituvchisi bo‘lgan. “Internatsional demokratik partiya” ­aksilinqilobiy tashkilotning a’zosi. Sovet hokimiyatini ag‘darib tashlash maqsadini qo‘yganlikda ayb­langan. Jazo muddati 1937-yil 28-avgustdan hisob­langan.

Rustambek SHAMSUTDINOV, tarix fanlari doktori, professor,

Nigoraxon AKBAROVA, ilmiy xodim (davomi kelgusi sonda). 

“Jadid” gazetasi 2024-yil 5-aprel 15-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img97

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img610

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img607