Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.09.2024 | 12:18

img976

Akmal Ikromov nima uchun qatag‘on qilingan edi?

O‘g‘li Komil Ikromov xotiralari

Akmal Ikromov O‘zbekiston tarixidagi bahsli va ziddiyatli shaxslardan biridir.

Ilk ish faoliyatini 1918-yilda Toshkent va Namangan shaharlarida o‘qituvchilik qilishdan boshlagan Akmal Ikromov dastlab “Elxon” taxallusi ostida sovet tuzumiga qarshi she’rlar yozgan. Toshkent pedagogika kurslarida o‘qib yurgan kezlari u ilk bor sotsialistik g‘oyalar bilan yaqindan tanishgan. 1920–1922-yillarda Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgach, 1922–1924-yillarda Moskva Kommunistik universitetida tahsil olgan. 1929–1937-yillarda O‘zSSR Markaziy Qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimida ishlagan.

U bolsheviklarning Turkiston Respublikasida Yangi Iqtisodiy Siyosatni (NEP) amalga oshirishida tashabbus ko‘rsatgan, Stalinning “avtonomlashtirish” (sovet respublikalarini yuridik jihatdan RSFSR tarkibiga qo‘shish loyihasi)ga qarshi chiqqan.

Akmal Ikromovning qatag‘on qilinishi sabablari xaqida 1995-yil Moskva shahrida chop etilgan R.Islambekovning “Тревожные времена” kitobida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Kitobdan o‘rin olgan “Стальной диктатор” bobi “Tarixning noma’lum sahifalari” beshinchi kitobida rus tilida e’lon qilingan. Unda muallif ishonchli faktlargagina to‘xtalib qolmagan, qatag‘on qurboni Akmal Ikromovning o‘g‘li Komil Ikromov bilan bo‘lgan suhbat keltirilgan. Komil Ikromovning otasining qatag‘on qilinishi sabablari to‘g‘risidagi xotiralarini aynan keltirmoqdamiz:

“K.Ikromov: Endi men sizga bitta hujjatning nusxasini ko‘rsataman va nima uchun ekanligini tushunasiz. Bu bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi yig‘ilishining “o‘ta maxfiy” grifli stenogrammasining nusxasi.

Bu mening qo‘limga qanday kelganini keyinroq aytib beraman.»

Hujjat nihoyatda qiziq bo‘lib chiqdi: unda Ikromov va Stalin o‘rtasidagi … bug‘doy uchun mojarolar tarixi aks etgan.

“Stalin: Endi so‘z O‘zbekiston Butunittifoq Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi o‘rtoq Ikromovga.

Ikromov: O‘rtoq Stalin! Bir iltimosim bor! O‘zbekiston endi Ittifoqning asosiy paxta yetishtiruvchi respublikasiga aylanayotgani va shuning uchun barcha sug‘oriladigan yerlar paxta bilan band bo‘lishi, g‘alla ekish uchun maydon bo‘lmasligi sababli, O‘zbekistonga Rossiya bilan teng ravishda markazlashtirilgan holda bug‘doy yetkazib berish to‘g‘risida partiya qarori qabul qilishingizni so‘rayman. Aks holda, respublikamizda aholi orasida ocharchilik, notinchlik bo‘lishi va…

Stalin: Menga bir necha kun oldin respublikangizga bir eshelon bug‘doy jo‘natilgani haqida xabar berishdi.

Ikromov: Bir eshelon bug‘doy muammoni hal qilmaydi! Bizga rejali va doimiy ta’minot kerak, o‘rtoq Stalin…

Stalin: Kerak bo‘lsa, yana bug‘doy poyezdi yuboramiz, o‘rtoq Ikromov…

Ikromov: Gapimni bo‘lmang, o‘rtoq Stalin! Birinchidan, bug‘doy ortilgan poyezdingiz Toshkentga umuman yetib bormadi, Kuybishev shahri yaqinida talon-toroj qilindi. Ikkinchidan, bir-ikki, hatto o‘n eshelon bug‘doy ham O‘zbekiston aholisining nonga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasini hal etmaydi. Bizga savolning mukammal yechimi…

Stalin: Bu haqda keyinroq o‘ylab ko‘ramiz, lekin hozir sizdan ochiq gapirishingizni so‘rayman…”

Va Stalin bilan bunday suhbat otamning hayotini yo‘qotdi. Barcha  zamonlar va xalqlarning rahbari hatto u bilan bahslashishga jur’at etgan har qanday odamni yo‘q qildi.

R.Islambekov: Komil Ikramovich, qo‘lingizga qayerdan keldi bunday hujjat? Axir, partiya va hukumatning barcha yopiq qarorlari maxfiy va ularga, shuningdek, harbiy idoralar va GPU, KGB hujjatlariga kirish imkoni yo‘q-ku?

K.Ikromov: Ma’lum bo‘lishicha, otam bir qancha muhim stenogrammalarning nusxasini, agar o‘zida bo‘lgan  bo‘lsa, yashirin joyga – xonasidagi parket pol tagiga yashirib qo‘ygan ekan. Yoki ularning mazmunini eslab, esdalik sifatida yozib olgan  va yupqa yig‘majildga solib, o‘sha yerda saqlagan. Kechasi uni onam bilan olib ketishganida, onam buvimga bu yig‘majildni zudlik bilan Moskvada yashovchi onam tomonidagi xolamga jo‘natib, Podmoskovyeda yashovchi uzoq qarindoshlar dalahovlisiga xavfsizroq joyga yashirish kerakligini pichirlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu yig‘majild o‘nlab yillar davomida kitoblar ortidagi tanho joyda yotardi va yaqinda qarindoshlarim otam haqida kitob yozishni boshlaganimni bilishib, uni menga berishdi. Endi men otamning qatl etilishi sabablarini bilib oldim”.

Sovetlar davrida Cho‘lpon, Qodiriy, Fitrat va boshqa xalqparvar ajdodlarimizni yashirincha himoya qilgan va homiylik qilgan ajdodlarimiz – Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov va boshqa mahalliy yetakchilarimiz xalq manfaatini markaz manfaatidan yuqori qo‘yganliklari sababli qatag‘on qilinganlar. Ular doimiy nazoratda bo‘lganlar va qulay vaqt topilgan zahoti mahv etilganlar.

Asqarbek ESHPO‘LATOV,
Andijon davlat universiteti talabasi

Oyina.uz’dan olindi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596