28.10.2025 | 11:46
477
NAVOIYDA NAFIS MAJLIS
Prezidentimizning 2025-yil 7-fevraldagi “Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Navoiy shahrida kuni kecha “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi, Navoiy viloyat hokimligi hamda Navoiy davlat pedagogika universiteti hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda taniqli olim va adiblarimiz, jamoatchilik vakillari, faol yoshlar, shuningdek, 20 ga yaqin xorijiy davlatdan Navoiy ijodi muhiblari ishtirok etdi. Marosim ulug‘ mutafakkir haykali poyiga gul qo‘yish bilan boshlandi.
Anjumanning tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov so‘z olib, anjuman ishtirokchilarini tabrikladi. Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiydek beqiyos siymo yaratgan adabiy xazina qiymatini chuqur anglash, unda aks etgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib qilish bugungi kunimiz uchun juda muhimligi, jahon sivilizatsiyasi tarixidan mustahkam o‘rin olgan ulug‘ shoir ijodiyotiga dunyo olimlarining e’tibori tobora oshib borayotgani uning sharafi yana asrlar osha so‘nmasligidan dalolat ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda Alisher Navoiy ijodining uzoq yillik targ‘ibotchilaridan biri, turkiyalik taniqli adabiyotshunos olim Kemal Yavuz Atamanga Navoiy davlat pedagogika universitetining faxriy professori unvoni berildi.
– Men Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘nlab ilmiy maqola yozdim, uning ijodini baholi qudrat targ‘ib qilib kelmoqdaman, – deydi olim. – Turkiyada hazrat Navoiyni yaxshi biladilar. Ushbu xalqaro bayramda yana bir ezgu tashabbus – ma’ruzachi-ishtirokchilarning ilmga qo‘shgan hissasi uchun bir tupdan daraxt ekish taklifi bildirildi. O‘zbekistonlik qardoshlarimizga xushxabarimiz bor: Ko‘nyo shahrida ham Alisher Navoiy bog‘ini yaratish ishlari ketmoqda. Bu turkiy dunyomizning Alisher Navoiydek ulug‘ allomasiga xalqimizning yuksak ehtiromi namunasidir.
Shundan so‘ng, navoiyshunoslar yetti shoʻbaga bo‘linib, ilmiy-amaliy mashg‘ulot, musohaba, munozaralar o‘tkazdi. Jumladan, “Jahon navoiyshunosligi: bugungi yutuqlar va yangiliklar”, “Navoiy ijodiyoti tadqiqi: fanlararo munosabat va zamonaviy talqin”, “Alisher Navoiy adabiy merosi va umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti” kabi qator mavzularda fikr almashildi.
Konferensiyaning ikkinchi kuni ishtirokchilar Nurota shahridagi “Chashma” ziyoratgohiga tashrif buyurdi, so‘ng tuman markazidagi amfiteatrda musiqiy-ma’rifiy dastur namoyish etildi. Anjuman nihoyasida mehmonlar Navoiy shahrining diqqatga sazovor joylari, shuningdek, Navoiy davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ni borib ko‘rishdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mumtoz adabiyotga oshiq qalblarni bir-biriga payvasta qildi.
Muhayyo RUSTAMOVA
BADIIY TAFAKKUR SAFOSI
Azizulloh OROL
(Afg‘oniston):

– Navoiy shahriga kiraverishda ajoyib bir lavhaga ko‘zim tushdi. Unda “2025-yil – Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb yozilgan ekan. Beixtiyor, bu sananing nega Navoiy viloyatiga berilganini tahlil qilsak, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bundan besh yil oldin, 2020-yilda BMTda birinchi bor o‘zbekcha nutq so‘zlaganida, “Biz buyuk Navoiyning tilida so‘zlashyapmiz”, deganlarini esga olish kifoya. Buni qarangki, bir shoirning nafasi dengizlar osha boshqa diyorlarga ham yetib bordi.
Alisher Navoiy bundan olti asr oldin tug‘ilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar ijod qilib to‘xtamayotganday. Uning asarlari Yer shariga o‘xshab aylanib, yana o‘sha nuqtasiga kelaveradi, eskirmaydi. Negaki, bugungi ma’naviy masalalar Navoiy asarlarida allaqachon o‘z aksini topgan. Yangi O‘zbekistonning kelajagini yaratishda ham uning asarlaridan, g‘oyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Biz ulug‘ mutafakkirning ma’naviy shajarasini yoshlarga bog‘lashga harakat qilishimiz kerak, nazarimda. Men maktabdagi har bir muallim Navoiy ijodidan imtihon topshirishi va shundan keyingina unga bolalarga dars berish huquqi berilishi kerak, deb o‘ylayman.
Konferensiya haqiqatan Navoiy shaxsi va sharafiga xos o‘tdi. Biz shoʻbalarda o‘z ma’ruzalarimizni taqdim etdik, Navoiy bugun bizga nima berayotganini muhokama qildik. Mana shunday yig‘inlar, tadbirlar, ma’ruzalar tez-tez tashkil etilsa, bu albatta yoshlar ongi orqali yurt kelajagiga ta’sir etishi shubhasiz.
MUTAFAKKIR TILINI O‘RGATGAN MUHABBAT
– Ibrohim Xudoyor,
professor (Eron):

– Yigirma besh yil oldin Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida ishlar edim. O‘sha paytda juda ko‘p o‘zbek olim va shoirlari, yozuvchilari bilan tanishdim. Biz maxsus jurnal tashkil qilib, unda o‘zbek va fors adabiyotiga oid qator maqolalar chop ettirdik. Jurnal sahifalaridagi she’r va g‘azallar meni o‘ziga torta boshladi.
O‘zbekistonga kelgan ilk kunlarimda bo‘lib o‘tgan adabiy uchrashuvda bir notiqning “zamin, osmon” kabi so‘zlarni qo‘llagani ham meni o‘ziga qandaydir boshqacha jalb etgandi. Shu tariqa, menda o‘zbek adabiyotiga qiziqish uyg‘ondi. Lug‘atimizda o‘xshash so‘zlar bor ekan, demak, azal-azaldan eron-o‘zbek mushtarakligi bor.
Alisher Navoiy nomi Eronda necha asrlardan buyon mashhurdir. U forsiylar orasida Foniy, turkiylar ichida esa Navoiy nomi bilan tanilgan.
Men bir narsani ta’kidlamoqchiman, hamdillik hamisha yaxshidir. Ya’ni, biz hamdilmiz, bizning tilimiz boshqa bo‘lsa-da, dilimiz bir. Shuning uchun ham biz bir-birimiz bilan farovonmiz. To Navoiy bor ekan, to Jomiy bor ekan, do‘stmiz, yaqinmiz.
Navoiyni forsiyda ham ijod qilishga nima undagan? Muhabbat! Meni ham Navoiy ijodini o‘rganishga ana shu muhabbat chorladi.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 43-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



