Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.04.2024 | 10:24

img358

QO‘NUQ

O‘tgan asrning 80-yillari, bolalik davrimizda, bu so‘z aynan shu shaklda bizning shevada ko‘p ishlatilardi: “Falonchining uyiga qo‘nuq tushdi”, “falonchining uyidagi mehmonlarga qo‘nuq bering”. Bu kabi jumlalarni, asosan, to‘ylarda eshitardik, chunki o‘sha davrdagi to‘ylarda uzoqdan kelgan yoki alohida e’tiborda bo‘lgan mehmonlar uchun to‘yxonadan tashqari qo‘ni-qo‘shni, yaqinlarning uylarida alohida ziyofat berilar va bu mehmonlar guruhi “qo‘nuq” (“qo‘noq”) deyilardi. Mehmonlar dasturxoniga qo‘yish uchun yemaklar, ovqat qilish uchun masalliq, go‘sht, non kabi mahsulotlar bir tugunga tugilib, to‘yxonadan keltirilardi. O‘sha payt­larda to‘yga oid atamaga aylangan “qo‘nuq” so‘zi ikki ma’noda: birinchisi, to‘yxonadan boshqa xonadonga tushgan mehmonlar guruhi; ikkinchisi, ular uchun to‘yxonadan keltiriladigan yemaklar tuguniga nisbatan aytilardi.    Keyinchalik to‘ylarning shakli o‘zgardi. Oqibatda “qo‘nuq” ham iste’moldan chiqib qoldi. Bu so‘zning adabiy til­dagi “qo‘noq” shaklini bilamiz. Ammo bu so‘z kitobiy tuyulgani uchun mahalliy so‘zlashuv tilimizga ko‘chmadi. Shunday qilib, so‘zlashuv tilimizda “qo‘nuq”dan ham, “qo‘noq”dan ham voz kechib, asli forscha “mehmon”ni saqlab qoldik.  “Qo‘nuq”, aslida, adabiy tildagi “qo‘noq”ning qadimiy shakli, Koshg‘ariy bobomiz ham “Devon-u lug‘otit-turk”da aynan shu shaklda keltiradi: “qonuq – mehmon. She’rda shunday kelgan: Bardї ӭrän qonuq, Bolub qutqa saqar, Qaldї alїg‘ ujuq Köro‘b ӭwnї jїqar. Ma’nosi: Mehmonni baxt deb bilguvchi erlar o‘tib ketdi, sharpani sezsa, mehmon kirib qolmasin, deb chodirini buzadiganlar qoldi”. “Devon”da boshqa bir o‘rinda esa “qo‘nuq” so‘zi “meh­mon” emas, ikkinchi ma’noda, ya’ni “mehmonga berila­digan ziyofat” ma’nosida qo‘llangan: “Qїsh qonuqi o‘t – Qishning ziyofati o‘t(olov)dir”. Demak, ming yil oldin ham bu so‘z ikki ma’noda va aynan shevadagi kabi “qo‘nuq” shaklida qo‘llangan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida “meh­mon­dorchilik” ma’nosida bir o‘rinda “qonuqluq” so‘zi ishlatiladi: “Telim tүrlүg-ul qonuqluq ashы – Bu mehmondorchilik oshi ko‘p turlidir”. Qarangki, bu so‘z ming yil oldin Koshg‘ariy va Yusuf Xos Hojib bobolarimiz qanday shakl va ma’nolarda qo‘llagan bo‘lsa, shevada aynan shu shakl va ma’nolarda bizgacha yetib kelgan. Afsuski, bizning avlod bu so‘zni ayni shu shakl va ma’nolarda qo‘llagan so‘nggi avlod bo‘lib qoldi. “Qo‘nuq” va shu kabi ko‘plab so‘zlar “qo‘nmoq” fe’lidan yasalgan, ammo keyingi payt­larda bu fe’lning ma’no ko‘lami tora­yib, hozirda asosan qush, uchoq kabilarning uchib kelib qo‘nishiga nisbatan ishlatilmoqda. Ilgari esa, bu fe’l shu bilan birga: “biror joyda yerlashmoq, joylashmoq, ko‘chib kelib qo‘nmoq” kabi ma’nolarda ham keng qo‘llangan. Xususan, “Devon”da bu fe’l shunday izohlanadi: “qondї – qo‘ndi, biror narsaga joylashdi. Qush qondї – qush qo‘ndi, biror narsaga joylashdi. Buḋun qondї – qabila (biror yerga) ko‘chgandan so‘ng qo‘ndi”. Tilimizdagi bir qancha so‘zlar “qo‘nmoq” fe’lining aynan ana shu: “joy oldi”, “yerlashdi” ma’nolari asosida yasal­gan: Qo‘shni. Bu so‘z ham “qo‘nmoq” fe’lidan “qo‘n+shi” shaklida yasalgan, keyinchalik “n” va “sh” tovushlari almashinuvi sodir bo‘lgan. “Devon-u lug‘otit-turk”­da har ikkala shakli keltiriladi: “Qoshnї – qo‘shni. O‘g‘uzlar “n” harfini “sh” harfidan oldin qo‘yib “qonshї” deydilar. Har ikkisi ham qoidaga mos va to‘g‘ridir”. Navoiy ham bu so‘zni “qo‘shni” emas, “qo‘ngshi” shaklida qo‘llaydi. Demak, “qo‘shni” so‘zining lug‘aviy ma’nosi: “yonma-yon qo‘ngan, ya’ni yerlashgan, joylashgan”, deyish mumkin. Qo‘ni-qo‘shni deganda esa, mazkur fe’ldan yasalgan ikki so‘z “qo‘nuq” va “qo‘shni” ishtirok etadi: aslida qo‘nuq-qo‘shni, keyinchalik qo‘ni-qo‘shniga aylangan. Shuning­dek, tilimizda “qo‘nim topmoq”, “qo‘nimsiz”, “qo‘nolg‘a” kabi ibora va so‘zlar ham mavjud. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”da mazkur o‘zakdan yasal­gan “qonum” so‘zini “urug‘-aymoq” ma’nosida keltiradi. “Qutadg‘u bilig”da esa, Yusuf Xos Hojib “o‘rin, joy” ma’nosida – “qonut” so‘zini qo‘llaydi (“Yanutы bayat bergә eḋgү qonut” – Evaziga Tangri ezgu o‘rin (jannat) beradi. “Devon”da, shuningdek, “qo‘nuq” otidan yasalgan so‘zlar ham keltiriladi: “qonuqladi – mehmon qildi, qonuqluq – mehmondo‘stlik, qonuqluq ev – mehmonxona” va hokazo. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham: qo‘noq (mehmon), qo‘noqxona (mehmonxona), qo‘noqlamoq (tunash uchun qushlarning qo‘nolg‘aga chiqishi yoki safardagi kishi­ning biror joyda tunashi) kabi so‘zlar keltirilgan. Ammo, afsuski, bu so‘zlar ham keyingi paytlarda iste’moldan chiqib bormoqda. Ularga qayta hayot baxsh etish esa, siz-u bizga bog‘liq. 

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasi 2024-yil 5-aprel 15-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605