22.08.2024 | 14:26
326
TUZSIZ ODAM
“Tuzsiz odam”, “gapining tuzi yo‘q” kabi iboralarni eshitganda – odam yoki gap ham “tuzsiz” bo‘ladimi? – degan savol xayolingizdan kechgan bo‘lishi mumkin. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday keltiriladi: “Tuzsiz – 1. Tuzi yo‘q yoki past. Tuzsiz ovqat; 2. (ko‘chma) Ma’nosi, mazmuni yo‘q; bema’ni, tuturiqsiz. Maqol: o‘zi yuzsizning so‘zi tuzsiz. “Qo‘ying, tuzsiz gaplaringizni, sizga yarashmaydi”. M.O‘rinxo‘jayev. “Unutilmas kunlar”. Ya’ni, izohli lug‘atda bu so‘z ovqatga solinadigan osh tuziga bog‘lab tushuntiriladi.

Lekin bu ibora bugun yo kecha paydo bo‘lgan so‘z emas, hattoki u eng qadimgi turkiy obidalarda ham uchraydi. Xususan, VIII asr yodgorligi Kultegin toshbitigida shunday jumla bor: “Bägläri, buduni to‘zsiz o‘cho‘n, tabg‘ach budun tabligin ko‘rlig o‘cho‘n…”, – ma’nosi: “beglari, xalqi tuzsiz (bo‘lgani) uchun, tabg‘ach elining yolg‘onlariga uchgani uchun…”
Xo‘sh, nega yodgorlikda turk beglari va buduniga nisbatan “tuzsiz” sifati ishlatilyapti? Bu yerda ham osh tuzi ko‘zda tutilganmi?
To‘g‘ri, tuz ma’dani azaldan turkiyda – tuz, lekin unga shakldosh, ammo ma’nosi farqli bo‘lgan boshqa “tuz” o‘zakli so‘zlar ham borki, Mahmud Koshg‘ariy bobomiz “Devonu lug‘otit-turk”da shunday so‘zlardan beshtasini keltiradi: 1. To‘z – qayish yoki kamarga taqiladigan va bog‘lanadigan halqa; 2. To‘z: ӭl to‘z nӭtäk? – mamlakat, el qanday? (bu yerda “mamlakat”, “yurt” ma’nosida); 3. To‘z – asl, tag, asos. Misol: äniң to‘bi, to‘zi kim? – uning tagi, zoti, asli kim? Kimga borib taqaladi? 4. To‘z: to‘z jӭr – to‘g‘ri, tekis yer. 5. To‘z – tuz.
“Devon”da alohida ma’nolari ko‘rsatilgan bu so‘zlarning aksariyati, aslida, kelib chiqishi jihatidan “tekis”, “to‘g‘ri”, “tartibli” kabi ma’nolarga ega bir o‘zakka borib taqaladi. Shuningdek, bu o‘zakdan “tuzmoq”, “tuzatmoq”, “tuzuk”, “tuzum” kabi so‘zlar ham yasalgan.
Shunday qilib, Kultegin toshbitigida: “beglari va xalqi tuzsiz bo‘lgani uchun” deyilganda “tuzsiz” sifati – “osh tuzi” emas, balki boshqa ma’nodagi “to‘z” o‘zagidan yasalgan bo‘lib, jumlada: “beglari va xalqi to‘g‘ri, tartibli, asosli, xoqoniga sodiq bo‘lmagani uchun, aksincha tabg‘ach xalqining yoqimli narsalariga aldangani uchun” degan fikr aytilyapti.
Hozir ham “tuzsiz odam”, “gapining tuzi yo‘q” deganda “tartibsiz, asossiz, tuturiqsiz odam”, “gapining asosi, tartibi, tuturig‘i yo‘q, to‘g‘ri emas” kabi ma’nolar tushuniladi. Ya’ni, uning osh tuziga aloqasi yo‘q.
Abduvohid HAYIT
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



