17.12.2025 | 14:47
2821
NAQD HAM, VAQT HAM TEJALADI
TO‘LOVLARDAGI YANGI TARTIB HAQIDA
O‘zbekistonda keyingi yillarda iqtisodiyotni shaffoflashtirish, zamonaviy to‘lov tizimlarini keng joriy etish, eng muhimi, odamlar uchun qulay va xavfsiz moliyaviy muhit yaratish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, afsuski, bozorda hamon naqd pul aylanmasining yuqoriligi, turli sohalarda to‘lovlarning hisob-kitobga to‘liq kirmasligi, yashirin iqtisodiyotning saqlanib qolishi kabi muammolar yo‘q emas. Do‘kon yoki xizmat ko‘rsatuvchi maskanlarda unda-bunda “terminal ishlamaydi”, “faqat naqd olamiz” kabi gaplar uchrab turadi. Buning ortidan esa tadbirkorga ham, aholiga ham noqulaylik yuzaga kelmoqda.

Shu jihatdan, Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir qarashda, iqtisodda naqd pulning ortiqcha aylanishi oddiy hol ko‘rinadi, ammo uning ortida o‘ziga yarasha muammolar yotadi. Deylik, naqd pul ko‘p bo‘lsa, tovar narxi ustidagi nazorat sustlashishi oqibatida soliq tushumlarida kamayish yuzaga kelishi ehtimoli oshadi, bu esa korrupsiya holatlariga yo‘l ochishi mumkin. Odamlar orasida naqdini yo‘qotish, o‘g‘irlatish, qalbaki pul qabul qilib qo‘yish kabi xatarlar ham bor. Aslida, bundan ham katta yo‘qotish VAQT bilan bog‘liq. Ayniqsa, kommunal to‘lov yoki davlat xizmatlarini amalga oshirishda navbatlarda havoga uchayotgan vaqt. Qolaversa, xizmatlar uchun faqat naqdda hisob-kitob qilinishi zamonaviy hayot sur’atiga ham mos kelmaydi. Shu jihatdan hisob-kitoblarni raqamli formatga o‘tkazish iqtisod uchun ham, turmush tarzimiz uchun ham taklif etilayotgan o‘ziga xos qulaylik va xavfsizlikdir.
Farmon qanday o‘zgarishlarni taqdim etyapti?
2026-yil 1-apreldan boshlab bir qator yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron tizimlar orqali bo‘ladi. Masalan, davlat xizmatlari, elektr, gaz, suv uchun to‘lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatlari ana shu ro‘yxatga kiradi. Qiymati 25 million so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar, shuningdek ko‘chmas mulk va ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan yangi transport vositalari oldi-sotdisi ham faqat naqdsiz amalga oshirilishi bu sohadagi soxtaliklar, “ko‘rinar-ko‘rinmas” pul aylanmalarini keskin kamaytiradi.
Farmonning barchamizga eng yaqin va hayotda tez his etiladigan yangiligi – bu yagona QR-kod tizimining joriy etilishi. Bugun ko‘plab do‘kon va xizmat ko‘rsatish joylarida kassa yonida uch-to‘rtta turli bankka tegishli QR-kodlar qatorlashib turganini ko‘ramiz. Xaridor esa to‘lov qilayotganda ulardan qaysi birini “o‘qitish” kerakligini aniqlashga ozgina bo‘lsa-da vaqt sarflaydi, ba’zan kodlar orasidan tanlash qiyinlashib, to‘lov jarayoni sekinlashadi.
Yagona QR-kod esa bu ortiqcha tartiblarni yengillashtiradi. Yangi tartibga ko‘ra, barcha yuridik shaxslar uchun bitta universal QR-kod bo‘ladi, hamma to‘lov ilovalari uni o‘qiydi. Bu tartib 2026-yil yanvardan boshlab joriy etiladi, 1-iyuldan esa majburiy bo‘ladi.
Aslida, bu islohotlarning eng asosiy maqsadi oddiy aholining kundalik hayotini yengillashtirishga qaratilgan. Chunki to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatlari kengaygani sayin odamlarni ko‘p bezovta qiladigan mayda, lekin har oy takrorlanadigan qiyinchiliklar yo‘qola boryapti. Masalan, kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun bankka borish, navbat kutish, terminal ishlamay qolsa, boshqa joy izlab ovora bo‘lish kabi holatlar deyarli uchramaydi. Elektron to‘lovlar qulayligini aholi tushunib yetganiga ancha bo‘ldi.
To‘lovlarni raqamli formatga o‘tkazishning yana bir qulay tomoni shuki, barcha ma’lumotlar aniq va uzoq muddat saqlanadi. Qayerda, qachon va qancha to‘laganingiz haqidagi ma’lumot doimo qo‘lingizda bo‘ladi. Bu odamlarga o‘z hisob-kitobini boshqarishni yengillashtiradi, tushunmovchiliklar va ortiqcha sarsongarchiliklarni kamaytiradi.
Markaziy bank ma’lumotlari ham bu islohotlar zarurligini ko‘rsatib turibdi: mamlakatda aylanma naqd pul miqdori bir yil ichida deyarli 80 trillion so‘mga oshgan. Ya’ni, bozorda, do‘konlarda, xizmat ko‘rsatish joylarida naqd pul haddan tashqari ko‘paygan. Naqd qancha ko‘p bo‘lsa, uning qayerga ketganini nazorat qilish ham shuncha qiyin. Shu bois to‘lovlarni elektron shaklga o‘tkazish – hisob-kitobni tartibga solishning eng oson, ishonchli yo‘li.
Bir paytlar “faqat naqd yaxshi”, “pulni qo‘lda ushlab turish xavfsizroq” deb o‘ylagan aksar odamlarning o‘zi ham endi kartalarga o‘rganib qoldi. Maoshni kartada olamiz, xaridlarni karta bilan qilamiz. Shu ma’noda, elektron to‘lovlar ulushining oshib borishi tabiiy jarayon. Kundalik hayotda ham shunga ko‘nika boshlagandik, endi bu tizim yanada tartibli va bir xil qoida asosida ishlaydigan bo‘ladi.
Shukrullo KARIMOV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 12-dekabrdagi 50-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
43
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
123
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
313



