Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.04.2024 | 10:45

img925

“AHLI VIJDON” HASRATI

O‘zbek xalqining buyuk yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludi Turkiston diyorida siyosiy-tarixiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda jiddiy evrilishlar kechayotgan davrga to‘g‘ri keldi. Bo‘lajak adib millat oydinlari bo‘lgan jadidlar uchun ma’rifat va mafkura sahnasi kurash maydoniga aylangan muhitda o‘sib-ulg‘aydi. Jadidlar­ning milliy matbuot va jurnalistikani shakllantirish, teatr san’atini millat “oyina”siga aylantirish, ta’lim islohoti, boshqaruvga mahalliy kadrlarni yetkazib berish, milliy armiyani bunyod etish bilan bog‘liq dasturi Abdulla Qodiriyning ko‘z o‘ngida shakllandi. Shu tariqa Qodiriy, avvalo, jadid g‘oyalari ta’sirida adabiyot maydoniga kirib keldi va dastlabki ijodiy namunala­rida ma’rifat targ‘ibotchisi sifatida gavdalandi. Yozuvchining ijodiy konsep­siyasi mavzu ko‘lamiga ko‘ra ikki yirik yo‘nalish asosi­dan tarkib topgan. Birinchisi, ijtimoiy-­iqtisodiy islohotparvarlik, ikkinchisi, diniy xurofotga qarshi kurash masalasi. ­Uning dastlabki she’ridan tor­tib, to yirik janr­dagi asarlarigacha mana shu ikki yo‘nalish oralig‘i­da bo‘y ko‘rsatadi. Adibning birinchi maqolasi 1914-yil 1-apreldagi “Sadoyi Turkiston” gazetasida, “Toshkent xabarlari” ruknida “Yangi masjid va maktab” nomi bilan chop etilib, unda bir boyning masjid yoniga “Usuli jadid” maqomidagi uch xonali oynavand maktab qurib bergani aytiladi. Jadid usulidagi maktabni qurib bergan boyni matbuotda e’tirof etish, o‘z navbatida reklama – targ‘ib vazifasini bajargan. Va bu yo‘l jadidlar tomonidan qo‘llangan samarali usullardan biridir. Bu kichik xabar oddiy axborot bo‘lib qolmasdan, uning mohiyatida millat sarmoyadorlarini shunday ezgu ishlarga targ‘ib-tashviq qi­lish maqsadi yotadi. Yozuvchining 1915-yilda yoz­gan “To‘y” nomli she’rida millatni chalg‘itayotgan muam­mo­lar haqida mulohaza yuri­tiladi. (“Sadoyi Turkiston”, 1915-yil 20-mart, 64-son). Eng qizig‘i, she’rda mual­lif muammoga nafaqat tanqidiy munosabat bildiradi, balki uni bartaraf ­etish yo‘llarini ham ko‘rsa­tishga harakat qiladi. Qodiriyning dastlabki ijodiy namunala­ri­da maktab va to‘y masalasiga alohida diqqat qaratilgani bejiz emas. Bu hol uning jadid­lar g‘oya­lari bilan hammaslak bo‘lganini ko‘r­sa­tadi. She’rning har bir baytida zamonaning og‘riqli muammolari hajv yo‘li bilan ko‘rsatib beri­ladi. Aslida, to‘yga, to‘g‘rirog‘i, ortiqcha dabdabali marosimlarga millat ravnaqiga to‘sqinlik qilayotgan muammo sifatida yon­da­shish millat faollariga xos ijtimoiy-ma’rifiy qarashning o‘zi­ga xos ko‘rinishi edi. To‘y masa­lasi jadidlar nazdida, eng og‘riqli va millatni zalolatga yetak­­lovchi muammo sanalganligini tari­xiy manbalar tasdiqlaydi. Holbuki, bu mavzu bugunga qadar dolzarblik ahamiyatini yo‘qot­gan emas. Abdulla Qodiriy davrning yetak­chi g‘oyalarini she’rlari orqali aks ettirishni ma’qul bildi. E’tibor beriladigan nuqta: muallif dastlabki badiiy ijodini jadid kayfiyatini aks ettiruvchi she’r­lar yozish bilan boshlaydi. U she’r­ning badiiy-estetik qiy­matini hisobga olmaydi, balki tarbiya­viy jihatini muhim sanaydi. She’rga g‘oyani aks ettiruvchi vosita sifatida yondashadi. Bu jihatlar hali muallifning badiiyat nuqtai nazaridan taj­ribasizligi bilan izohlanib, ma’rifatparvarlik hissi ustivorlik qilganini ko‘r­sata­di. To‘y na diniy, na milliy marosim, mahalliy xalq shu yo‘lda bor-budini sarflab, riyoga beri­lishi, ortiqcha tomoshaga o‘chlik qavmni halokat yoqasiga olib borishi jadidlarni tashvishlantirgan. Ularni qiynagan muammo bugun ham yechimini topa olmayotgani hali-hanuz millat tafakkurida ma’naviy bo‘shliq borligidan darak beradi. She’r matniga diqqat qaratilsa, yozuvchining maqsadi oydinlashadi. “Amr etubdurmi bizg‘a Qur’on to‘y”, “Mundayin ishlar shar’imizda yo‘q”, “Kelingiz, do‘stlar, din qarindosh­lar”, “Tashlasun bo‘lsa gar musul­mon to‘y”. Muallif mazkur masa­la­ga diniy nuqtai nazardan yondashadi, ya’ni bid’at va johillikni qoralaydi. Shariat buyurmagan ishlarni qi­lish, xurofotga beri­lish natijasida el ilm-ma’rifat­dan to‘silishini muallif kichik she’r bag‘riga singdirib yuborgan. Mual­lif bunday ortiqcha havaslardan millatni “Qur’on amri” qutqarishini, “aqllik kishi” va “ahli vijdon” bunday illatlardan saqlanishi lozimligini ta’kidlaydi. “Aqllik kishi” va “ahli vijdon” tushunchasi yozuvchi ijodiy konsepsiyasida muhim o‘rin tutadi. Qodiriyga ko‘ra diniy va dunyo­viy bilimga ega bo‘lgan odam tugal taraqqiyparvar sanalgan. Shunday nuqtalarda muallifning nafaqat milliy, balki din qayg‘usi bilan masalaga yondashganini ko‘rish mumkin. Ijodkorning “Fikr ayla­g‘il” she’rida ham to‘y masa­la­siga murojaat qilinadi: “Yer sotarlar elda necha to‘y bajo etmak uchun, Chunki bid’atin yo‘lida ham fidodur jonu tan”. Yer o‘zbek xalqida vatan tushunchasiga tenglanadi. Muallif hoy-u havas yo‘lida hatto vatanidan kechayotgan millatdoshlarni fikr aylashga chaqiradi. Mahalliy aholi­ning savodsizligi va johilligi ortida shunday ortiqcha chiqimlarning kelib chiqishini qoralaydi. “O‘rtadan chiqsa agar millatni yaxshi suyguchi, Biz ani dahriy sanab, to‘fang­cha birla otamiz”, deya olomonning umum saviyasi va davr kayfiyatini ochib beradi. Mazkur mis­rada yangilik va eskilik orasida turli tomonga ajra­lib, tobora zaiflashib borayotgan millatning ahvoliga ishora bor. Yurt istiqboli xatarda qolayotgan pallada odamlarning maishiy tashvishlar bilan ovora ekanligi kinoya orqali ochib beriladi. Savodsizlik orqasida ommaning bid’atga berilishini ma’rifat bilan “emlab”, millatni fik­riy uyg‘oqlikka da’vat etadi. “Kelingiz, yoshlar, ziyolilar, bu kun g‘ayrat qiling, Uxlaganlarni agar qodir esak, uyg‘otamiz.”  “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror” she’rlarida ham millatni jaholatga yetaklayotgan illatlar fosh qilinadi. “Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulg‘a sota­miz”, “Jaholat cho‘l sahrosiga minba’d sabzavor o‘lsun”, “Bu kun ilmning bo‘yi birlan dimog‘lar mushkibor o‘lsun”, “Qaysi fosiq, qaysi johil, qay­sisi bo‘ldi cha­pan?”, “Bachchag‘a kokil solib, oh-voh ilan o‘ynotamiz” kabi misralarda ona Turkistonni azoblab kelayot­gan yiringli yaralar ochib beri­­la­di. Din ahkomlariga bo‘ysunmaslik, jo­­hillik, ilm-ma’rifatdan yiroq­lashuv, bacha­­boz­lik, na­sha­vandlik kabi illatlar nishon­ga olinadi. Har bir satrda millatni tanazzulga yetak­lovchi glo­bal xarakterga ega muammolar yoritib berilgan. Mazkur muammo keyinchalik adibning yirik janrdagi asarlari­da konseptual ahamiyat kasb etib, roman strukturasida alohida sujet yo‘nalishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Kalvak maxzum, Abdurahmon, Toshpo‘lat tajang obrazlarining tub ildizi uning dastlabki she’rlarida ilgari surilgan tezislar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi kunday ayon. Yozuvchining ijodiy bisotida she’r ko‘p emas, sanoqli, ular­ning nomlanishida ham o‘zaro uyg‘unlik ko‘zga tashlanadi. “To‘y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylag‘il” deb nom­lanib, xalq tafakkurining tad­rijiy takomili nazarda tutilgan yoki muallif orzusi bo‘lgani, ehti­mol. Umummaxrajda Turkis­ton­­ning ahvolidan kuyinish, dar­diga malham istash hasrati jamlangan. “Qodiriy nazdingiza o‘z hasratidin so‘yladi, Ayb etub qilmang haqorat, muhtaram ahli vatan”. Uning she’rlaridagi g‘oya asta-sekin nasriy asarlariga ham ko‘chib o‘tadi. “To‘y” she’ridagi g‘oyaviy niyat “Baxtsiz ku­yov” dramasida davom ettirilib, ke­yingi asarlarida muammo ildizlari­ga yanayam chuqurroq razm solinadi. Muallifning “Baxtsiz kuyov” nomli asari 1915-yilda yozilib, “Turkiston maishatidan olingan to‘rt pardalik foji’a” deb nomlangan. Qodiriy shunday yozadi: “1913-yillarda chiqg‘an “Padarkush” pesasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobi­ni yozub yuborg‘animni o‘zim ham payqamay qoldim”. Asar voqealari Solih ismli yigitning uylanishi voqea­si asosiga quriladi. Boydan qarzga pul olib, vaqtida to‘lay olmagan kuyov Solih va kelin Rahima ruhiy tushkunlik oqibatida o‘z joniga qasd qiladi. Asar yoshlarning fojiali o‘limi bilan yakunlanadi. Qurbon bo‘lgan yoshlar taqdiri millat kelajagi bilan chambarchas holda ko‘rsatilib, to‘y baxtga yetak­lovchi omil emas, ma’naviy inqirozning belgisi sifatida yoritib beriladi. O‘zbekiston Qahramoni, ada­­bi­yotshunos olim Ibrohim Gʻafurov yozuvchi ijodida to‘y mavzusiga yaqin qiziq mulohazalarni bildirib o‘tgan: “Abdulla Qodiriy romanlarida barcha voqealarning markaziga uyla­nish tugunini qo‘yadi. Barcha voqealar, tarixlarning boshida shu tugun turadi. Tarixning barcha kir va olijanob yo‘lak­lariga shu tugun orqali kiriladi”. Nazarimizda, adib romanida nikohning muqaddasligi va johillik oqibatlarini badiiyat san’ati orqali chizadi. Yurt istiqboli qay­g‘usi va hokimiyatning qo‘ldan ketishi, diniy-milliy kamsitilish adib­ni yirikroq ko‘lamda asar yozishga undagan. Yozuvchi she’rlari vositasida jamiyat iqtisodini o‘nglash uchun avvalambor ruhoniyatni, ma’naviyatni boyitish lozimli­gi­ni ta’kidlaydi. To‘y – diniy yoki milliy marosim emas, balki xalq­ni chalg‘itish uchun xizmat qilayotgan bir illat ekaniga e’tibor qaratadi. Turkistonni bu kasofatdan ozod etmoq uchun bolalarimizni diniy va dunyoviy ilmlardan xabardor etmog‘imiz lozim, degan xitob buyuk adibning butun asarlari mag‘ziga singdirilgan.

Sanobar TO‘LAGANOVA, adabiyotshunos

“Jadid” gazetasi 2024-yil 12-aprel 16-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604