Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.12.2025 | 11:19

img3673

QALOVINI TOPIB…

Qish kelib, havo haroratining keskin pasayishi dehqonlarning asosiy o‘yloviga aylanadi. Ayniqsa, keyingi yillarda iqlim o‘zgarishi sababli anomal sovuqlar qish oylaridan tashqari, bahorning ilk kunlarida ham kuzatilayotgani issiqsevar sabzavotlar, ko‘chat-u daraxtlar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Shunday sharoitda el qatori bizni ham bir savol qiziqtiradi: ekinlarni sovuqdan qanday asrash mumkin?

Bahodir IBROHIMOV,
Sabzavot, poliz ekinlari va kartosh­­kachilik ilmiy-tadqiqot insti­tuti direk­tori:

– Sovuqning ekinlarga ta’siri asosan tuproqdagi namlik miqdori va shamol kuchi bilan bog‘liq. Quruq tuproq sovuqni tez qabul qiladi, oqibatda ildiz muzlab shikastlanadi. Shuning uchun dekabr oyi boshida ekinzorlarni mo‘tadil sug‘orish tavsiya etiladi. Bu tuproqdagi issiqlikni uzoqroq saqlab turadi. Shu bilan birga, sug‘orishdan so‘ng tuproqqa ozuqa moddalar berish foydali. Ular ildizni mustahkamlab, ekinning sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yetilgan ildiz va ozuqa bilan to‘yingan o‘simlik haroratning 4–6 darajaga pasayishini ham yengil ko‘taradi.

Ildiz atrofida issiqlikni saqlab turish ekinning tirik qolishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, mulchalash usuli juda samarali. Ya’ni ildiz ustini somon, barg, torf yoki maydalangan o‘simlik qoldiqlari bilan yopish orqali tabiiy himoya qatlami hosil qilinadi. U tuproqdagi namlikni saqlab, haroratning keskin o‘zgarishlarini yumshatadi, shamol yoki yomg‘ir ta’siridan yerni muhofaza qiladi. Shu bilan birga, mulcha tuproq tarkibini yaxshilab, undagi biokimyoviy jarayonlarni faollashtiradi, ildizning nafas olishini yengillashtirib, ekinning ozuqa moddalarini o‘zlashtirishini kuchaytiradi. Natijada ildiz sog‘lom rivojlanadi, ekinning sovuqqa chidami ortib, qishdan hayiqmaydi. Gullayotgan novdalarni esa yengil mato, kraft qog‘oz yoki plyonka bilan yopib qo‘yish qisqa muddatli ayozda koni foyda.

Sovuqning ikkinchi xavfli omili – shamol. U havodagi issiq qatlamni tarqatib yuborib, o‘simliklarning tez sovuq olishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun daraxtlar atrofiga vaqtinchalik to‘siqlar qo‘yish tavsiya etiladi. Bu nafaqat shamol ta’sirini qiyadi, tuproq namligini ham saqlab qoladi.

To‘g‘ri, tabiatda sovuqqa tabiiy chidamli o‘simliklar ham bor. Masalan, piyoz, sarimsoq, shovul, rovoch, yerqalampir (xren) kabi. Ular qishda -10–15  darajagacha, agar qor ostida qolsa, -20–25 darajagacha sovuqqa bardosh bera oladi. Shu sabab yaxshi qishlaydi, ildizi sog‘lom qoladi.

Biroq pomidor, qalampir, baqlajon kabi sabzavotlar sovuqni sezuvchan bo‘ladi. Ular uchun maxsus himoya zarur. Shu bois ularni issiqxonada parvarishlash yoki kechasi suvqog‘oz bilan yopib qo‘yish kerak.

Qish faslida eng past harorat, odatda, tonggi soat 3 dan 5 gacha oraliqda kuzatiladi. Shu vaqtda dehqonlar dalaning ayrim nuqtalarida xashak yoki go‘ng aralashmasini shamol yo‘nalishiga qaratib tutatib qo‘yishlari mumkin. Bu sinashta usul havo haroratini 2–3 darajaga ko‘taradi, ko‘chatlarni muzlab qolishdan asraydi. Agar ushbu choralar o‘z vaqtida ko‘rilsa, ko‘pchilik holatlarda, hatto anomal sovuqda ham hosilga jiddiy zarar yetmaydi.

Sovuq o‘tgandan keyingi parvarish ham muhim bosqich. Chunki ekinlar ­“stress” holatidan chiqib olishi, buning uchun ularga qo‘shimcha ozuqa berish va tuproq holatini o‘nglash lozim. Bu ildiz faolligini qayta jonlantirib, o‘sish jarayoniga ijobiy ta’sir qiladi. Ana shunda ekinlar ayozdan omon chiqib, barg yozadi, barq urib gullaydi, palak yoyaveradi.

Otabek QUTLIBOYEV yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 12-dekabrdagi 50-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img103

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331