Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.02.2026 | 21:00

img939

PASTЕRNAKKA MAKTUBLAR

Pasternak!
Siz mening birinchi shoirimsiz. Tirik shoirim. Sizning ertangi kuningizga o‘zimnikiga ishonganday ishonaman. Beqiyossiz, shoirim.

Pasternak men hayotimda ko‘p shoirlarni ko‘rdim: kattasini ham, kichigini ham. Ular she’r yozuvchilar edi, hatto ajoyib qilib yozib qo‘yishardi.

Vassalom. Ularning birontasining manglayida shoirlik qismatini ko‘rmadim. Bu qismat, mashaqqat olis-olislarga borib yetguvchi, yondirguvchidir! Shoirlikni yorliq qilib olganlar ham ko‘p ekan, aytgancha ular juda osonlik bilan turmush sinovlaridan yengiladilar. Ular so‘zlarning kushandasi, ayni chog‘da, umrlarini ham behudaga yelga sovuradilar.

Qiziq, xuddi shu narsa ularni qoniqtiradi, qoniqtiradigina emas, to‘ydirib yuboradi. Hatto haddilaridan ham oshib ketishadi bu to‘qlik bois. Endilikda ular she’r yozishni hordiq chiqarish usuli deb qaray boshladilar. Yoki shunchaki sayrga chiqishganday qo‘liga qalam oladilar… Ayni chog‘da shoir bo‘la olmaganliklari uchun ham xudbinlashadilar: yozgan-chizganlari uchun to‘lov talab etadilar, to‘lov! Bular – tavoze, ta’zimlar, laganbardorlik, tiriklik chog‘idayoq qo‘yilgan haykallar. Men ham xushomadni qoyillatdim – ulardan ketdim…


Pasternak, Siz sirli chiziqlarga yashiringansiz. Sizni «omma» tushunmasligini unga nokeraksan, deya qaraganlarining mohiyati shunda. Sizda shohonalik yoxud sarkardalik xislati bor. Peshonangizga Pasternak dahosining chiziqlari topilgan. Sizni sevmaslar Sizdan qo‘rquv hissini tuyadilar. Kimdir «ortda qolish»dan cho‘chiydi, kimdir – hujumga shay, faqat qo‘rqoqlarcha, zimdan. Ammo sizni bilmoq, sizni anglamoq ne sir… Buni hatto men bilmayman. Balki Pasternak ham bilmas. Pasternak harflarni teradi, yozadi, yarim tunda yog‘dusida anglab yetadi. Axir, tongda uni unutib yuborishadi-ku. Dunyoda esa boshqa olam ham bor, Pasternak. Bu – bolalik yozuvlari. Boshingizni egmang, tik turing!


Qadrli Pasternak!
Kitobingiz – olov. Avvalgisi, jala edi, bunisi gulxan. Ushladim – qo‘lim kuydi. O‘qidim – dilim yondi, vujudim, ruhim chatnadi, toblandim. Tunlarim ham kunlarim ham yo‘q. Yolg‘iz – Siz. Men – yig‘uvchiman. O‘zimdan olaman kuchni. O‘zimni o‘zim talab, yeb bo‘lgandan so‘nggina orom topaman.

Azizim, Pasternak! Sakrashga izn bering. Siz favqulodda hodisasiz, Siz hech narsaga ko‘nmay yashay olgansiz. Aslida, Tangri Sizni eman daraxtiday qudratli va yengilmas qilib yaratganu, odamga aylantirgan. Sizni chaqin ham, pul ham, balo ham urmaydi. Bu – qismat.

Siz – she’rsiz ham shoirsiz. Sizning – suhbatingiz shoir, chehrangiz shoir. Nima uchun har bir she’ringiz eng so‘nggisiday jaranglayveradi, tuyulaveradi? «U shundan so‘ng bir satr ham yozmadi». Siringizmi bu?

Sirlar. Birinchisi, so‘zga bo‘lgan ishtiyoqingiz. Bu dadil, bu – manba. Ishtiyoq – bu, tanglikdan, umidsizlikdan chiqa olish uslubi. Tovushni so‘zdan ham kuchliroq sevasiz, shovqin tovushdan ham qudratli. Chunki, unda hammasi mujassam. Siz – so‘zlar tutqunisiz. Siz so‘zlar diyorida qilib bo‘lmas ishlarga qo‘l urasiz. Siz nishonga olib bo‘lmas shoirsiz. Sizni xudo saqlaydi.

Ikkinchisi. Siz tomoshabin emas, taqdir boshqaruvchisisiz. G‘aroyib xislatlaringiz she’laringizda harakatlanadi, jonlanadi, yashaydi. Bilasizmi, Pasternak, siz katta ishga bel bog‘lashingiz zarur. Bu – Sizning ikkinchi hayotingiz. Birinchisi, xudo bergan umr. Yoza boshlasangiz, barcha og‘irliklar ko‘tariladi. Kishanlar yechiladi ruhingizdan, ozod bo‘lasiz. Hech kim va hech narsani sezmaysiz. «Og‘irligingiz» shundaki, siz odamlarga, she’rlarga, zo‘rma-zo‘raki suqilib kirmoqdan zo‘riqib ketmoqdasiz. Bularning bari befoyda. Bu bilan mushkulotlaringizni hal qila olmaysiz. Eshiting, bir marta berilgan umrda necha yoshgacha kirishingiz ahamiyatli emas, muhim emas. Gap – qanday yashashda! Bu dunyoga kim to‘yibdi, kim armonsiz ketibdi, kimning ishi bitibdi, deysiz! O‘zingizni qog‘oz va qalamga topshiring. Aks holda, ilhom daqiqalari telbalik soatlariga aylanib ketishi hech gap emas.

Lirik she’rlar – harakatning oniy lahzalari. Bolaligingizdagi aylanuvchi koleydoskoplarni eslaysizmi? Harakatni ko‘z oldingizga keltiring, burasangiz bas shiddatli burilish. Lirik – bu yo‘nalish, olisdan qora bo‘lib ko‘rinadi. Tikilib qarasang, nuqtalar orasidagi masofalar havosiz kengliklarga olib boradi. Mana, nima uchun siz she’rdan she’rgacha o‘lib borasiz. Bu – har bir she’r eng so‘nggisi degani.

Roman, poema, hatto maqolalarning o‘z qonuniyatlari bor. Ularda bunday holatga duch kelmaysiz. Chunki kitob yozuvchini, yozuvchi kitobni, qahramonlar esa kitob va yozuvchini boshqarib boradi. Ayniqsa, qahramonlar juda yashovchan bo‘lishadi. Sira o‘lishni istashmaydi. Siz ham nasrda yozasiz deb, eshitganim bor. Bolalik haqidamikin … O‘qib ko‘rmaganman, qo‘limga tushmadi hali…

Endi kitob haqida. Eng sevimli she’rlar – Margarita. «Bulut, yulduzlar. Va yonboshdan…», «Men ularni unutaman» – va oxirgisi. Ulardan olov ufuradi, olov. Qachondir, qayerdadir, nimadir yozilishi tabiiy, gap bu haqda emas. Kitobingizda «Umri boqiy» she’rlar shu qadar ko‘pki, ular yetti qavatni yorib, bosh ko‘tarib chiqa oladilar. Ayta olasizmi, qaysi kitobingiz siz uchun birinchilarning birinchisi, o‘sha kitobni yoza olganmisiz?

Marina SVЕTAYEVA
Oygul Suyundiqova tarjimasi

Bugun adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Boris Pasternak (1890-1960) tug‘ilgan kun.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605