02.10.2024 | 10:20
880
Mahatma Gandi hikmatlari
Quyida Hindistonning Buyuk Britaniyadan mustaqilligi harakati g‘oyasi asoschilaridan biri, hind siyosiy va jamoat arbobi Mahatma Gandi aytib o‘tgan bir necha fikrlar keltirilgan.

Dunyoni o‘zgartirishni istasangiz, o‘zingizdan boshlang.
O‘z ustingizdan nazoratga ega bo‘ling. Mening roziligimsiz hech kim menga ziyon yetkaza olmaydi.
Kechiring va esdan chiqaring. Kuchsiz hech qachon kechirmaydi. Kechirimli bo‘lish kuchlilarga xosdir. Qasdma-qasd tamoyili butun dunyoni ko‘r qilishi mumkin.
Harakat qilmay, hech narsaga erishmaysiz. Bir gramm tajribangiz boshqalarning bir tonna nasihatidan qimmatliroqdir.
Hozirgi kun bilan yashang. Men kelajak qanday bo‘lishini bashorat qilishni istamayman. Meni hozirgi kun tashvishlantiradi. Tangri menga kelgusida bo‘ladigan hodisalarni boshqarish imkonini bermagan.
Barchamiz shunchaki odammiz. Men shuni aytishim mumkinki, menga ham boshqa odamlar kabi yanglishish xosdir. Biroq, menda o‘z xatoimni tan olish va yon bosish uchun yetarlicha mo‘minlik bor. Donoligingga ishonish uncha ham dono ish emas. Shuni esda saqlash kerakki, eng kuchli odam ham zaiflik qilishi, eng dono odam ham xato qilishi mumkin.
Fikrlashni biladiganlarga o‘qituvchi kerak emas.
Odamlarda yaxshilik izlang va o‘zingiz ham yordam qiling. Men faqatgina yaxshi odamlarga ishonaman. Mening o‘zim ham begunoh emasman va shu sababli boshqa odamlarning xatolariga e’tibor qaratishga haqliman, deb o‘ylamayman.
Barkamol, sofdil bo‘ling va o‘zligingizni yo‘qotmang. Baxt bu o‘ylayotgan, gapirayotgan va qilayotganlaringiz uyg‘un bo‘lishidir.
O‘sishda va rivojlanishda davom eting. Doimiy rivojlanish – bu hayot qonuni. Muntazamlik uchungina qat’iy qarashlarga amal qilishga urinadiganlar o‘zlarini noto‘g‘ri holatga mubtalo qiladilar.
Inson uyquga ketishdan oldin g‘azabini unutishi kerak.
Inson faqat o‘z fikrlari va u o‘ylagan narsaning mahsulidir.
Barcha dinlarning mohiyati bir. Faqat ularning yondashuvlari boshqacha.
Haqiqiy boylik bu oltin va kumush parchalari emas, balki salomatlikdir.
Kuch jismoniy qobiliyatdan emas, yengib bo‘lmas iroda orqali paydo bo‘ladi.
Sevgi bor joyda hayot bor.
Mening dinim haqiqatga va zo‘ravonlik qilmaslikka asoslangan. Haqiqat mening Xudoyimdir. Zo‘ravonlik qilmaslik – Uni idrok etishning vositasidir.
Boshqaruvning ikki xil usuli bor. Biriga jazo bilan qo‘rqitish evaziga, ikkinchisiga esa hurmat orqali erishiladi. Hurmatga asoslangan boshqaruv qo‘rqitish evaziga qurilgan hukmronlikdan ming marta samaraliroq va davomiydir.
Dunyoda insonning ehtiyoji uchun yetarlicha resurslar mavjud, lekin ularning barchasi odamzodning nafsi uchun yetarli emas.
Talabchan bo‘ling. Avval sizni sezishmaydi, so‘ngra hamma ustingizdan kuladi. Keyin esa siz bilan kurashishadi, so‘ngra siz g‘olib bo‘lasiz.
Baxt bu sizning fikringiz, aytayotgan so‘zlaringiz va qilayotgan ishlaringiz uyg‘unligidadir.
Kelajak hozirgi paytda nima qilayotganimizga bog‘liq.
Olomon orasida turish oson, lekin yolg‘iz qolish uchun jasorat kerak.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600

