Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.02.2026 | 10:02

img2617

OVJAZSOY MEHR MARKAZIDA

Tog‘lar Yaratganning inoyatidir. Qoyalarning abadiy sukuti va viqori ko‘ngilga allatovur sokinlik beradi.

– Biz tog‘larimiz bilan faxrlanamiz, – derdi tog‘lik oshnam.

Tog‘larga boqib, shoir Azim Suyunning mana bu satrlari yodga keladi:

Bu dunyoning jannati – tog‘lar
Meni chorlar bag‘riga bot-bot.
Quchog‘ida kezganim chog‘lar
Zamzamaday suyumli hayot.

Nurafshondan sakson kilometr uzoqlikdagi Ovjazsoy qishlog‘i ana shunday tog‘li hududda joylashgan. Qurama cho‘qqilari qishloqqa go‘zallik beradi. Ko‘zlar quvnaydi. Ohangaron tumanidagi bu go‘shaga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Turizm qishlog‘i” maqomi berilgan. Uch yuzdan ziyod xo‘jalik va ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan bu qishloq ta’rifida so‘z ketganda, hazil aralash shunday gap yuradi: “Go‘zallik ishqibozlari ikkiga bo‘linadi: Ovjazsoyga kelganlar va kelmaganlar”. Bu yerdagi purviqor tog‘lar saharda va shomda ko‘kimtir tusga kiradi. Shu bois, “Moviy tog‘lar” deyiladi. Insonning xarakteriga o‘zi yashayotgan tabiatning nuqsi uradi – ovjazsoyliklarning qaddi cho‘qqilardek tik, g‘ururi tog‘lardek baland.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Qishloqda bir kun” loyihasining navbatdagi manzili Ovjazsoy bo‘ldi.

– Ajib zamonlarni ko‘rdik, – deydi duoga qo‘l ochgan otaxon. – Mabodo qishda mushkul chiqsa, qor kechib tuman yo viloyat markaziga borardik. Mutasaddilarni topsak-ku, xo‘p-xo‘p, topolmasak… Sarsonlikni aytmaysizmi? Bolam, qarang shunday kunlar ham bor ekan. Prezident vakili bo‘lgan viloyat hokimining shaxsan o‘zi, nima xizmati  deb, kelib tursa-ya!

Ha, Yangi O‘zbekistonda inson qadri aziz. Mamlakatimiz rahbari tomonidan boshlangan islohotlar barcha hududlarda izchil davom etayotgani, odamlar buni his qilayotgani ko‘ngillarni quvontiradi. Avvallari eshitardik, “falon rahbar bilan uchrashishga bir hafta navbat kutdim”, “falonchi rahbar qabul qilmadi”, “Falonchi buncha so‘radi”…  U zamonlar o‘tdi. Omon-omon davrlarga keldik. Kichik rahbardan tortib kattasigacha xalq xizmatida. Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, ko‘zlar quvonadi. Rahbarlar fuqarolarni rozi qilish harakatida. Ovjazsoyda ham shunga guvoh bo‘ldik. Viloyat rahbari tashrifi “Payg‘ambar ota” ziyoratgohidan boshlandi. Bu muqaddas joy – ziyoratchilarning sevimli maskani. Kelganlar qalbi orom, sokinlik topadi.

Sotivoldi Ahmedov xonadonida viloyat hokimi va qishloq faollari, mehnat faxriylari uchrashuvi bo‘ldi. Dasturxon atrofidagi gurunglarda samimiyat ufurib turardi. Hokim dildan suhbatlashdi. Nima yordam kerak bo‘lsa, barchasini bajarishga tayyorligini aytdi. 46-maktab filiali hududida chodir sharoitida Zoyir Mirzayev sayyor qabul o‘tkazdi. 46-maktabda yopiq sport zali qurib beriladigan bo‘ldi. 2026-yilda qishloqni rivojlantirish dasturi, rejasi ishlab chiqilishi aytildi. Aholi muammolari tinglandi, joyida hal etildi. “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham o‘zgacha ruhda o‘tdi.

– Endi chang ko‘chada emas, zamonaviy maydonda to‘p tepamiz, – deb shodon boqishardi yoshlar bir-biriga.

– Hali Ovjazsoydan ham Abduqodirdek yigitlar chiqadi, – gap qotardi sun’iy qoplamali stadion qurib berish masalasi ijobiy hal bo‘lganidan quvongan bir ishqiboz.

Viloyat rahbari va boshqarma boshliqlari yordamga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Shu kuni qishloq bayram tusiga kirdi. Garchi atrof oppoq qor bo‘lsa-da, bahoriy, Navro‘ziy kayfiyat hukm surardi. Xuddi bahor erta kelgandek.  Bir yoqda yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Boshqa tomonda hunarmandlar mehnatlarini ko‘z-ko‘z qilsa, yana bir yoqda folklor jamoalarining chiqishlari… Bu quvonch biz, mehmonlarga-da yuqdi.

Qishloq tuni ham tarovatli. Mashhur san’atkorlar tashrif buyurdi. Kuy-qo‘shiq sadolari kech tunga dovur davom qildi. Ko‘ngildan niyat kechdi: alyoring bardavom bo‘lsin, Ovjazsoy!

Zikrilla MUHAMMAD

“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-fevraldagi 6-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333