Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.02.2026 | 09:20

img2869

ALAN MAKDIARMID – O‘TKAZUVCHAN POLIMERLAR ORQALI ELEKTRONIKA VA KELAJAK TEXNOLOGIYALARIDA INQILOB YASAGAN NOBELCHI

Zamonaviy kimyo, materialshunoslik va nanotexnologiya fanlarining rivojlanishida olim, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Alan Makdiarmidning o‘rni beqiyos. Uning o‘tkazuvchan (conductive) polimerlar sohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlari an’anaviy elektronika tasavvurini tubdan o‘zgartirib, yangi avlod funksional materiallarining yaratilishiga asos soldi. Uning ilmiy yutuqlari jahon miqyosida keng e’tirof etilgan bo‘lib, tadqiqotlari asosida organik elektronika, LED displeylar, sensorlar va biotibbiy qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. U ilm-fanni amaliyot bilan bog‘lay olgan, fundamental kashfiyotlarni real texnologiyalarga aylantirgan olim sifatida tan olinadi.

Ilmiy biografiya va muvaffaqiyat yo‘li

Alan Grexam Makdiarmid 1927-yil 14-aprelda Yangi Zelandiyada tug‘ilgan. U kam ta’minlangan oilada voyaga yetganiga qaramay, ilmga bo‘lgan qiziqishi va qat’iyati tufayli katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Makdiarmid Vellington universitetida ta’lim olgandan so‘ng AQSHga ko‘chib o‘tdi, Pensilvaniya universitetida doktorlik (PhD) darajasini qo‘lga kiritdi. U o‘z ilmiy faoliyati davomida Kaliforniya universiteti (Santa-Barbara)da ham professor sifatida ish olib bordi. 2000-yilda u Hideki Shirakava va Alan Xiger bilan birgalikda “o‘tkazuvchan polimerlarni kashf etgani va rivojlantirgani uchun” kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari

Olim polimer kimyosi va elektr o‘tkazuvchan organik materiallar bilan shug‘ullangan. Tadqiqotlari natijasida odatda izolyator deb qaralgan plastmassa materiallar ma’lum sharoitlarda elektr tokini o‘tkazishi mumkinligi ilmiy jihatdan isbotladi. Olim poliasetilen kabi o‘tkazuvchan polimerlarning tuzilishi, doping jarayonlari va elektrokimyo xossalarini chuqur o‘rganib, organik materiallarning yangi sinfini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa kimyo va fizika fanlari o‘rtasidagi chegaralarni ochib bergan muhim kashfiyot sifatida baholanadi.

Inson hayoti uchun ahamiyati

Alan Makdiarmidning ilmiy ishlari zamonaviy texnologiyalar rivojida katta amaliy ahamiyatga ega. Uning tadqiqotlari asosida bugungi kunda organik yorug‘lik diodlari (OLED), quyosh batareyalari, biosensorlar, elektron qog‘oz, yengil elektron qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Bu texnologiyalar energiya tejamkorligi, ekologiya xavfsizligi va narxi arzonligi bilan ajralib turadi. Shu bois bu kashfiyotlarga kelajak “yashil texnologiyalar”ning ilmiy poydevori sifatida qaraladi.

Innovatsion tadqiqotlar

Olim polimerlarning nano miqyosdagi xususiyatlarini o‘rganish orqali nanotexnologiya rivojiga ham katta hissa qo‘shdi. Uning ishlari organik materiallarni biotibbiyot, farmatsevtika va sun’iy intellekt qurilmalarida qo‘llash imkoniyatlarini ochib berdi. Makdiarmid yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish va innovatsion fikrlashni rag‘batlantirish tarafdori bo‘lgan. Uning fikricha, haqiqiy ilm-fan, jamiyat va iqtisodiyot o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston va Makdiarmid

Jadid bobomiz Abdulla Avloniyning nevarasi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, polimerlar va nanotexnologiya kimyosi bo‘yicha muhandis Jamshid Avloniy fikri:

– Amerikalik olim Alan Makdiarmid menga ustoz bo‘lgani hayotimda muhim voqelik va yutuqlarimga asos bo‘lgan. Dastavval, men u kishi olib borgan tajribalar va maqolalarni katta qiziqish bilan kuzatib borardim. So‘ng ilmiy tadqiqotlari haqida o‘z fikr-mulohazalarimni bildirib, ko‘plab xatlar yozdim. Nihoyat, Alan Makdiarmid bilan Germaniya va Avstriyada o‘tkazilgan konferensiyalarda uchrashishga muvaffaq bo‘ldim. O‘zaro suhbatdan keyin birga ishlashni taklif qildi. Bundan juda xursand bo‘ldim.

Olimning laboratoriyasida 1991-yildan 1995-yilga qadar ishlab, katta tajriba orttirdim. Bu inson o‘tgan asrning 70-yillarida polimerlarga oid izlanishlar olib borgan. 2000-yilda ustozim hamkasblari bilan birga Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirofga sabab bo‘lgan ilmiy yangilikda mening ham kamtarona hissam bor.

Alan Makdiarmid umri davomida sanoqli mutaxassis bilan ishlagan. Ular orasida bo‘lganimdan faxrlanaman.

XULOSA

Alan Makdiarmidning ilmiy merosi zamonaviy kimyo, materialshunoslik va yuqori texnologiyalar rivojida ulkan ahamiyatga ega. Uning o‘tkazuvchan polimerlar sohasidagi kashfiyotlari insoniyatning texnologik taraqqiyotiga yangi yo‘nalish berdi. U nafaqat buyuk olim, balki ilmga sadoqat, mehnat va qat’iyat orqali yuksak cho‘qqilarga erishish mumkinligini isbotlagan ilhom manbayi sifatida ham tarixda qoladi.

Zarnigor IBROHIMOVA tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-fevraldagi 6-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img61

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img321