26.02.2026 | 12:38
2692
POL MILGROM – AUKSIONNI AQL BILAN BOSHQARISHNI O‘RGATGAN NOBELCHI
Zamonaviy dunyoda iqtisodiyot faqat raqamlar va grafiklar yig‘indisi emas. U qarorlarga ta’sir qilish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va cheklangan resurslarni adolatli taqsimlashda muhim rol o‘ynovchi san’atdir. Shu murakkab jarayonlarni chuqur anglab, ularga ilmiy asoslangan yechim taklif qilgan, nazariyani amaliyotda real foydaga aylantira olgan noyob olimlardan biri Pol Robert Milgrom hisoblanadi.

Biografiya
Pol Milgrom 1948-yil 20-aprelda AQSHning Detroyt shahrida tug‘ilgan. Og‘ir sharoitda o‘sganiga qaramay, bolalikdan bilimga intilgan, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirgan. 1970-yilda Michigan universitetida matematika bo‘yicha bakalavr darajasini a’lo natijalar bilan qo‘lga kiritdi. Aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishi uni iqtisodiyotning nazariy asoslariga olib keldi. Keyinchalik Stenford universitetida statistika bo‘yicha magistr, 31 yoshida esa biznes va iqtisodiyot sohasida doktorlik (PhD) darajasiga erishdi. Ilmiy rahbari mashhur iqtisodchi Robert Uilson edi.
YO‘L
Olimning asosiy ilmiy merosi – auksionlar nazariyasi va bozor dizayni. U iqtisodiyotda keng tarqalgan quyidagi muammolarga yechim izladi: axborot nomutanosibligi, ishtirokchilar manfaatlarining to‘qnashuvi, cheklangan resurslarni samarali taqsimlash.
Milgrom auksionlarni eng yuqori narx taklif qilgan g‘alaba qozonadigan jarayongina emas, balki jamiyat uchun maksimal foyda keltiradigan mexanizm sifatida talqin qildi. U ishlab chiqqan nazariyalar asosida radio chastotalar taqsimoti, elektr energiyasi bozorlari, davlat xaridlari, onlayn savdo platformalari samarali tarzda qayta tashkil etildi.
MANZIL
2020-yilda Pol Milgrom ustozi Robert Uilson bilan birga “auksionlar nazariyasini takomillashtirgani va yangi auksion formatlarini ishlab chiqqani uchun” iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Bu e’tirof nazariy iqtisodiyotning amaliy bozor islohotlarida nechog‘li ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib berdi. Ustoz-shogirdning ishlari iqtisodiy siyosat, davlat boshqaruvi va xususiy sektor qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.
KO‘PRIK
Pol Milgrom iqtisodiyotni hayotdan uzilgan fan emas, balki inson farovonligiga xizmat qiladigan vosita deb hisoblaydi. U raqobatni oshirish, shaffoflikni ta’minlash, korrupsiya xavfini kamaytirish kabi muhim ijtimoiy masalalarga yechim taklif qiladi.
U fundamental nazariyani amaliyot bilan bog‘lay olimlar toifasiga kiradiolgan. Ya’ni, ilm-fan va jamiyat o‘rtasiga ko‘prik solgan bunyodkorlardir.
XULOSA
Pol Milgrom zamonaviy iqtisodiyot fanini yangi bosqichga ko‘targan, bozorlarni ilmiy asosda tashkil etish mumkinligini isbotlagan yirik olimdir. Uning auksionlar va bozor dizayni sohasidagi kashfiyotlari jahon iqtisodiy tizimlarining yanada adolatli va samarali bo‘lishiga xizmat qildi.
Zarnigor IBROHIMOVA tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-fevraldagi 8-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329



