Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.03.2026 | 16:45

img3583

“JAHOLAT BIR DAVOSIZ DARD”

Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yurtimizda 2017-yildan tashkil etila boshlagan ijod maktablari o‘quvchilarning milliy tafakkurini tarbiyalaydigan o‘ziga xos maskanlarga aylandi. Shunday ibratli ta’lim muassasalaridan biri Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Ogahiy nomidagi ijod maktabidir. Ulug‘ shoir tug‘ilgan joyda, uning nomida barpo etilgan bog‘ hududida bunyod etilgan ushbu maskanda 179 nafar o‘quvchi bilim oladi. Ayni paytda 34 nafar bitiruvchi maktabning o‘tgan yilgi 100 foizlik oliy ta’lim muassasiga talaba bo‘lish natijasini saqlab qolish uchun astoydil harakat qilmoqda.

Maktabga kirish uchun talabgor o‘quvchi bir necha bosqichli tanlovdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Qolaversa, umumta’lim maktablariga qaraganda o‘quv dasturlari biroz murakkab. O‘qish jarayonida yuklamalar, fan topshiriqlari ko‘pligiga qaramay, o‘quvchilar ijod maktabida o‘qishdan tashqari to‘garaklarga ham faol qatnashadi. Olayotgan bilimlarini qo‘shimcha darslar bilan mustahkamlaydi.

– 2024-2025 o‘quv yilida o‘ta iste’dodli bir o‘quvchi qabul imtihonlarining ikki bosqichida maksimal ballarni qo‘lga kiritdi, – deydi ijod maktabining ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Sa’dullayev. – Ammo to‘satdan salomatligi yomonlashib, uchinchi bosqichga kela olmadi. Ochig‘i, shu bolaning maktabimizda o‘qishini o‘zimiz ham juda istadik. Chunki hali hech kim imtihonni bunchalik yuqori ball bilan topshirmagan edi. Butun pedagogik jamoa, hatto rahbariyat xayrixoh bo‘lsa ham, chorasi topilmadi. O‘tgan yilgi qabuldagina qaytadan hujjat topshirdi, har uchala bosqichda muvaffaqiyatli qatnashib, maktabimiz o‘quvchilari safiga kirdi. Hozir u ham boshqa o‘quvchilarimiz kabi ijodiy jihatdan ruhlantiruvchi va rag‘batlantiruvchi muhitda ta’lim olmoqda.

Darvoqe, ota-onalarning Prezident maktablari, ijod maktablariga qiziqishlari bejiz emas. Har qanday ota-ona farzandi eng yaxshi maktabda o‘qishini xohlaydi. Ogahiy nomidagi ijod maktabi ham har tomonlama talabga javob bera oladigan maktab va ayni paytda tabiiy fanlar yo‘nalishida yaxshi natijalarni ko‘rsata olyapti.

Keyingi yillarda iqtidorli o‘quvchi Javohir Karimov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi, yosh qalamkashlardan Dadaxon Qo‘ziboyev, Jahongir Baxtiyorov, Dilrabo Yo‘ldosheva, Nigina Rustamboyevaning ijod namunalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim” loyihasi asosida nashr etildi. Shuningdek, eng zehnli o‘quvchilar jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida qayta-qayta ishtirok etdi. Respublika olimpiadalarida o‘quvchilarning ijodiy salohiyati yuzaga chiqmoqda.

Turkiyalik pedagog O‘gun Yavuzning mahoratli darslari o‘quvchilarni turk tili mutaxassisligiga deyarli tayyor darajaga olib chiqdi. Shu kungacha o‘ndan ortiq o‘qituvchi va 25 nafar o‘quvchi turk tili bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi. O‘tgan o‘quv yilida Xalqaro turk tili sertifikati – TYS imtihoni to‘g‘ridan to‘g‘ri Ogahiy ijod maktabida o‘tkazildi. O‘zbekiston bo‘yicha bu imtihonda 354 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, maktabning besh nafar o‘quvchisi “Turkiya Burslari” dasturi bo‘yicha yuz foizlik grantni qo‘lga kiritib, Istanbul, Najmiddin Erbaqon, Mug‘la Sitki Kochman, Uludag‘, Izzet Baysal universitetlarida tahsil olmoqda. Bu yildan turk tili to‘garagi ham faoliyat boshlab, tarjima yo‘nalishini rivojlantirishga yana bir qadam qo‘yildi.

O‘quvchilar qobiliyatini yuzaga chiqarish maqsadida maktab jurnali chop etilmoqda. Har ikki oyda nashrga tayyorlanib, ilmiy-ijodiy ishlar va maqolalar e’lon qilinadigan nashr Farangiz Ibrohimova, Mohinur Hasanova, Hulkaroy Otajonova, Feruza Madrahimova kabi ijodkor yoshlarning faol harakatlari bilan chop etilmoqda.

“Jaholat bir davosiz dard erur johilg‘a…” deb kuyunib bitgan edi Ogahiy hazratlari. Albatta, bu dardning davosi ma’rifatda, ma’naviyatda, ya’ni chin kitoblardadir. Maktabning qariyb o‘n ming kitob fondiga ega katta kutubxonasi eng gavjum joyga aylangan. Kutubxona o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari bilan muntazam boyitib borilmoqda. Barcha maktablarda bo‘lgani kabi bu dargohda ham “Bir haftada bir kitob” loyihasi bo‘yicha musobaqalar uyushtirilmoqda.

– Bola o‘zi qiziqadigan yo‘nalish bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnashishdan hech vaqt toliqmaydi, – deydi Bobur Sa’dullayev. – Qolaversa, o‘quvchilarimiz uchun besh mahal ovqatlanish tashkillashtirilgan. Yuz o‘rinli oshxonamiz ikki navbatda ishlaydi. 125 o‘rinli yotoqxona, 200 o‘rinli faollar zali bor. O‘quvchining ham ma’naviy, ham jismoniy kamoli maktab ma’muriyatining doimiy e’tiborida.

Maktabning ijodiy salohiyati boshqa ijod maktablaridan, albatta, kam emas. O‘quvchilarning mashqlari vaqti-vaqti bilan viloyat va respublika nashrlarida chop etilmoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda doimiy tarzda tashkil etilayotgan onlayn mahorat darslari, shu bilan birga, viloyatning ko‘zga ko‘ringan shoir va yozuvchilari, jurnalistlarining jonli uchrashuvlari o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalar hosil qilmoqda.

Ayniqsa, gulxan atrofida tashkil etiladigan “Qiyot oqshomlari” mushoira kechalarini o‘qituvchi-yu o‘quvchilar intizorlik bilan kutadi. Xorazm televideniyesi va viloyat gazetasi tahririyatlariga ijodiy safarlar esa yosh ijodkorlar uchun o‘ziga xos malaka vazifasini o‘tamoqda.

Muhayyo RUSTAMOVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-fevraldagi 9-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333