Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.03.2026 | 14:37

img1858

JEFFRI XINTON – SUN’IY INTELLEKT “OTASI” SIFATIDA TANILGAN NOBELCHI

BIOGRAFIYASI

1947-yil 6-dekabrda Londonda tug‘ilgan. Buyuk Britaniya va Kanada fuqarosi. Kembrij va Edinburg universitetida o‘qigan. U o‘tgan asrning 80-yillaridayoq ko‘pchilik shubha bilan qaragan neyron tarmoqlari g‘oyasiga ishongan. Olim o‘z faoliyati davomida sun’iy intellekt (SI), neyron tarmoqlar sohalarida ilmiy izlanishlar olib borib, bu sohadagi eng mashhur tadqiqotchilardan biriga aylandi. Noodatiy algoritmni ommalashtirib, zamonaviy sun’iy intellekt (masalan, ChatGPT) ishlash tamoyillariga asos solgan.

ILMIY TADQIQOTLARI

Olim sun’iy intellekt sohasida qator muhim texnologiyalar va nazariy g‘oyalarni rivojlantirgan. Uning asosiy ilmiy ishlari quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: sun’iy neyron tarmoqlar, mashinali o‘rganish, “Backpropagation” algoritmini keng qo‘llash, “Boltzmann Machine” modeli, “Deep Learning” usullari.

2012-yilda yaratilgan “AlexNet!” modeli tasvirni tanish texnologiyasida katta ilmiy burilish yasadi. Bu model kompyuterlar tomonidan tasvirlarni insonga yaqin darajada aniqlik bilan tahlil qilish imkoniyatini yaratdi.

XALQARO E’TIROF

Jeffri Xinton SI sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun qator nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Jumladan, 2018-yilda u kompyuter fanlari sohasidagi eng yuqori mukofotlardan biri hisoblangan “Turing Award”ni qo‘lga kiritgan. Shu sababli, u ko‘pincha “AIning otasi” deb ataladi.

2024-yilda Jeffri Xinton va Jon Xopfild sun’iy neyron tarmoqlar orqali mashinali o‘rganishni rivojlantirgan fundamental kashfiyotlari uchun fizika bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot sun’iy intellektning nazariy asoslarini yaratish va neyron tarmoqlar orqali ma’lumotlarni qayta ishlash usullarini rivojlantirishdagi ulkan ilmiy hissasi uchun berilgan.

OGOHLANTIRISH

2023-yilda olim “Google” kompaniyasidagi faoliyatini yakunlab, sun’iy intellektning ehtimoliy xavflari haqida ochiq fikr bildirishni boshladi. Uning fikriga ko‘ra, kelajakda SI texnologiyalari quyidagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:

SI insondan aqlliroq bo‘lib ketishi mumkin. Bu esa uni nazorat qilishni murakkablashtiradi.

Yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi. SI yordamida ishonchli ko‘rinadigan matn, rasm va videolar yaratish mumkin. Bu esa feyk xabarlar va manipulyatsiyalar xavfini oshiradi.

Ish o‘rinlarining kamayishi. Kelajakda qator kasblar avtomatlashishi mumkin. Masalan, ofis ishlari, tarjima, ba’zi dasturlash ishlari, xizmat ko‘rsatish sohalari. Bu esa mehnat bozoriga ta’sir qiladi.

Harbiy sohada qo‘llanishi. SI texnologiyalari qurol-yarog‘ tizimlarida ishlatilsa, bu global xavflarni keltirib chiqarishi mumkin.

OLIMNING POZITSIYASI

Jeffri Xinton sun’iy intellektni rivojlantirishni to‘xtatish kerak, deb hisoblamaydi. Aksincha, u SI texnologiyalarini ehtiyotkorlik bilan rivojlantirish, xalqaro qonunlar va nazorat mexanizmlarini joriy qilish, olimlar, davlatlar va texnologik kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishni muhim deb biladi.

Olimning fikricha, insonlar sun’iy intellektdan qo‘rqmasligi, balki uni mas’uliyat bilan boshqarishi kerak.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-martdagi 11-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img148

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img151

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img350