Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.04.2026 | 10:10

img1659

G’IYBAT EMAS, IBRAT KERAK

Hazrat Alisher Navoiy ogohlikni shohlik darajasiga ko‘targan. Ogohlik – bu faqat axborotga ega bo‘lish emas. Ogohlik – mas’uliyat. Ogohlik – harakat. Ogohlik – jim turmaslik. Bugun bizda axborot ko‘p, lekin jasorat kam. Gap ko‘p, amal oz. Tanqid bor, tashabbus yo‘q. Demak, ogohlik bu ham vafodorlik, ham mas’uliyat, ham amal.

– Eshitdingizmi?
– Nimani?..
– Falonchi boyning o‘g‘li giyohvand ekan.
– Bilardim, ko‘zi gezarib yurardi, qadam olishi bejo edi.
– Mahallamiz boshidagi falonchini aytmaysizmi…
– Unga nima bo‘libdi? Uyida har kuni janjal, tinchlik yo‘q shularning dastidan.
– Falonchining qizini eshitdingizmi? Ko‘pchilikning yostig‘ini quritgan emish. Odamlarning ma’lumotlarini olib, nomlariga kredit rasmiylashtirib, plastik kartalaridan ko‘p miqdorda pullar yechib oladigan firibgarlarga qo‘shilgan ekan…

Zamonaviy dunyoda hushyorlik muhim. Biz shunchalar hushyormizki, mahallamiz, ko‘chamiz, hatto xonadonlardagi vaziyatlardan xabardormiz. Biroq adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga shoshilmaymiz. Aksincha, boshiga kulfat tushib, musibatga aylangan, oila parokanda bo‘lgandan keyin gapiramiz. Shunda ham “Bilardim, o‘zi shunday bo‘lishi kerak edi, qilmish-qidirmish”, demoqdan, g‘iybatdan nari o‘tmaymiz. Nega ayrimlarimiz mahalladagi bunday salbiy holatlarga ko‘z yumamiz? Mahalla yettiligini, nuroniylarni, mahalla faollarini ogohlantirmaymiz.

Shu kabi “hushyorlik”larimiz natijasi o‘laroq, masalan, Sirdaryo viloyatida 2024-yilda giyohvand moddalarni saqlash, sotish, taqiqlangan ekin ekish, uning kontrabandasi bilan shug‘ullanishga doir 335 ta jinoyat aniqlangan bo‘lsa, 2025-yilda bu raqam 362 taga ko‘paygan yoki 7,5 foizga ortgan. 2024-yilda 1 ming 191 ta, 2025-yilda 1 ming 905 ta kibero‘g‘riliklar va kiberfiribgarlik jinoyatlari sodir etilgan. 2024-yil mobaynida 6 ming 873 ta nikoh rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 1 ming 505 ta (21,8 foiz) oilaviy ajrim kuzatilgan. 2025-yilda esa 6 ming 778 ta nikoh qayd etilib, 1 ming 573 ta (23,2 foiz) ajrim kuzatilgan. E’tibor bersak, nikohlanish kamayib, ajrim ko‘payib borayotgani afsuslanarli. Endi bu ko‘rsatkichlarni respublika miqyosida tahlil qilib ko‘ring…  

Jamiyat ham muayyan dastgoh kabi yaxlit tizim. Biror bo‘g‘ini yaxshi ishlamasa, ijtimoiy muhitda qonun buzilishlar, huquqbuzarliklar, ko‘ngilxiraliklar sodir bo‘laveradi. Buning uchun barchamiz shu dastgohning murvati sifatida javobgarmiz.

Agar har birimiz “menga nima” degan qarashdan voz kechmasak, ertaga bunday salbiy ko‘rsatkichlar yanada oshmasligiga kafolat yo‘q. Agar mahalladagi muammoga o‘zimizning muammodek qaramasak, u bir kuni bizning ham eshigimizni qoqadi.

Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami ma’no-mohiyatiga ko‘ra, mehr-oqibat, silayi rahm, tarbiya va ibrat ayyomidir. Shunday qutlug‘ kunlarda e’tiborsizligimiz tufayli ildiz otayotgan illatlarga ham e’tibor qaratsak yomon bo‘lmaydi, menimcha. Tarbiyada tanaffus yo‘q, deydilar-ku…

Bahrom BOYMURODOV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-martdagi 12-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333