28.08.2025 | 09:11
785
IBRAT BAYOZI
Ilmiy jamoatchilik orasida bobomiz Is’hoqxon to‘ra Ibrat asarlari va ularning adadi borasida turlicha qarashlar bor. Xususan, alloma merosini chuqur o‘rgangan Haydarbek Bobobekov “Ibrat she’riy devonidan tashqari, 14 ta tilshunoslik va ilmiy tarixiy asar yaratgan”, deydi. Boshqa olimlar Is’hoqxon to‘ra Ibratning jami 20 ta asari topilganini aytishadi. Bizningcha, ular soni bundan ham ko‘p.

Masalan, ulug‘ ma’rifatparvarning noma’lum asari – “Salovat-u Mujob” haqida bizda aniq ma’lumot bor-u hali-hanuz topilgani yo‘q. Bundan tashqari, bobomizning “Sitati Alti atsina” nomli 6 tilli lug‘atidan bugungi yoshlar ham unumli foydalanishadi. Is’hoqxon to‘ra Ibrat qalamiga mansub yana bir asar – “Mezon ul zamon” Yaponiyada nashr etilgan. “Jome ul xutut” asarida esa bobomiz dunyodagi 40 dan ortiq til haqida teran mulohazalar bildirgan. Boshqa maqola va she’riy to‘plamlari ham mavjud.
Bir so‘z bilan aytganda, allomaning ilmiy merosi batafsil o‘rganilmagan. Chunki Chor Rossiyasi va Sovetlar davrida yozilgan asarlari bobomizning o‘z uyida, shaxsiy kutubxonasida saqlangan. 1937-yili qamoqqa olingan vaqtida ulug‘ ma’rifatparvarning uyi tintuv qilinib, barcha ilmiy asarlari To‘raqo‘rg‘on meva-sabzavot quritish zavodi hududiga ko‘mib tashlangan. Qolganlari yoqib yuborilgan. Shunga qaramay, dadam Sayyid Mullo Mehmonxoja Eshon (1909–1996) va ayam Istoraxon poshsha (1920–2006) Ibrat bobomizning bir bayozini asrab qolishgan ekan. Bu bayoz to bugunga qadar uyimizda saqlab kelingan. Quyida shu haqdagi ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘rmoqchiman.
Is’hoqxon to‘ra Ibrat qalamiga mansub bu bayoz 16 betdan iborat. Birinchi betida Is’hoqxon to‘ra Ibrat bosmaxonasining ramzi – quyosh tasviri tushirilgan, hoshiyasiga arab alifbosi bilan “Ilm” va “Ibrat” so‘zlari, uning tag qismiga esa, “Litografiya”, “Is’hoqiya” deb yozilgan. Bayozning birinchi betidagi so‘zlar tarjimasi quyidagicha: “To‘raqo‘rg‘on qozisi Ibrat asarining birinchi juziasi, Namangan To‘raqo‘rg‘onda matbai Isoqiyada.
Saxvon arziga Muntashir Ul – maduya bosi turgan avliyosi xar ofaridani”. Fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinganda, so‘nggi jumladan “Asrlar kechishi matlab-u marhumdir” degan mazmun kelib chiqadi.
Suratda keltirilgan bayozning 16-bet oxirida esa: “Oxunzoda Abdurauf Mashxadi yozgan, hijriy 1327-yil muharram oyi”, deb yozilgan. Demak, Ibrat devonining birinchi juziyasi deb taxmin qilinayotgan bu bayoz milodiy 1909-yilda yozilgan va Ibrat bosmaxonasi noshiri Oxunzoda Abdurauf Mashhadiy tomonidan chop etilgan.
Bizningcha, bu – Haydarbek Bobobekov aytgan Ibrat devonining birinchi juziyasi. Agar taxminimiz to‘g‘ri bo‘lsa, ushbu devon haqida aniqroq ma’lumotga ega olimlarimiz ham bo‘lsa kerak. Bayoz topilishi bilan masalaga aniqlik kiritish maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ibrat muzeyiga bordim. Muzey direktori bilan gaplashdim. Afsuski, muzeyda bu haqida hech qanday ma’lumot yo‘q ekan.
Topilgan yangi bayoz asosan nazmda, arab, fors, tojik va boshqa tillarda bitilgan. Nashr etilganiga 116 yil bo‘libdi. Kelgusida uni arab va fors-tojik tillaridan o‘zbek tiliga o‘girib, taqdim etamiz. Ishonamanki, bu asar Yangi O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalashda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. So‘zimni ulug‘ bobomiz Is’hoqxon to‘ra Ibratning quyidagi she’ri bilan muxtasar qilaman:
O‘qingiz ilmi hikmat, sizga bu ish katta ibratdir,
Agar ilm o‘rganursiz barcha ishda sizga nusratdir.
Agar ilmi o‘lmasa, nodon umri barcha kulfatdur,
Bu ashyoi jadidi mubaddali asli hikmatdur.
Sayyid ISAXONTO‘RA SONIY (Is’hoqxon to‘ra Ibratning nabirasi),
Bobur nomli xalqaro jamoat fondi ilmiy xodimi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 22-avgustdagi 34-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



