Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.04.2026 | 14:02

img493

“ADOLAT HAR BIR ISHDA HAMROHIMIZ VA DASTURIMIZ BO‘LSIN!”

Chin Istiqlol tufayli xalqimiz o‘z tarixini, o‘tmishini va ulug‘ ajdodlarini qaytadan kashf etish imkoniga ega bo‘ldi. Shunday buyuk shaxslardan biri – Amir Temur hazratlaridir.

Kecha, 9-aprelda Sohibqiron tavallud kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Qaror ijrosi doirasida dunyodagi mashhur muzeylarning eng ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi rekonstruksiya qilindi, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.

Raqamlashtirish orqali muzey imkoniyatlari kengaytirilib, ekspozitsiyalari yangilandi, jumladan, xorijdagi to‘plamlardan xarid qilingan eksponatlar bilan boyitildi.

Raqamlashtirish orqali muzey imkoniyatlari kengaytirilib, ekspozitsiyalari yangilandi, jumladan, xorijdagi to‘plamlardan xarid qilingan eksponatlar bilan boyitildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, muzeyning yangilangan ekspozitsiyasi va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, ajdodlar merosini o‘rganish, asrab-avaylash va targ‘ib etish naqadar muhim ekaniga urg‘u berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif asnosida Temuriylar tarixi davlat muzeyining mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

Dunyo havas qilgulik tariximiz, merosimiz bor. Sohibqiron tarixini jamlagan muzey zamonga munosib yangi qiyofaga kelgani yaxshi bo‘ldi. Endi buni aholimizga, yoshlarga, xorijlik mehmonlarga yetkazish eng katta vazifamiz. Yangi O‘zbekistonni yuksaltirish uchun kerakli bilimlarni qayerdan olish mumkin desangiz, bularning barchasi – ajdodlarimiz qoldirgan merosda, ilmda. Shu bois, yoshlarimizni, nuroniylarni, umuman, aholimizni mahallabay tarzda muzeylarga olib kelib, buyuk tariximiz haqidagi bilimlarini oshirishimiz lozim.

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

* * *

Bu yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganiga 35 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ta’kidlash lozimki, mazkur hujjat bilan Istiqlolimizning shonli sanasini yuksak saviyada o‘tkazish, ushbu ulug‘ bayramni munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda mazkur ayyomni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, shuningdek, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan zarur vazifalar belgilandi. Qarorda belgilangan vazifalar xalqimizning umumiy maqsadi va orzularini mujassam etgan.

Umumxalq to‘yini keng nishonlash rejasi faqatgina tarixiy hujjat emas, balki kelajagimiz uchun muhim yo‘l xaritasi chizgilaridir. Istiqlol  solnomasiga nazar tashlagan kishi keyingi to‘qqiz yilda mamlakatimizda yangi-yangi an’ana va qadriyatlar, yangi ijtimoiy munosabatlar, yangicha dunyoqarash va fikrlash, shu bilan birga, mamlakat, millat taqdiri uchun mas’ullik va bundan faxr-iftixor hissi paydo bo‘lganiga guvoh bo‘ladi.

O‘ttiz besh yil avval erta-kech daladan kelmaydigan, yelkasidan ketmon tushmagan kafti qadoq dehqonning farzandi bugun mamlakatning oltin avlodi vakili, O‘zbekistonning iftixori, umidi, buyuk kelajagimizning yaratuvchisi deb atalsa, ana shuning o‘zi olamshumul evrilish emasmi?!

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan bunyodkorlik, deyarli qayta qurilgan shaharlarimizning, obodonlashib borayotgan qishloqlarimizning yangi zamonaviy ko‘rinishi, yo‘lsozlik, ko‘priksozlik, shaharsozlik ilmining, tadbirkorlik va ishbilarmonlikning rivojlanishi, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport va boshqa sohalarda erishilayotgan yutuqlar, millatlararo ahil-inoqlik, bag‘rikenglik, hech shubhasiz, Istiqlol imkonini to‘g‘ri tasarruf etgan odil siyosat sharofati.

O‘zbekiston yetakchisining qat’iy siyosiy irodasi bilan majburiy mehnat, shu jumladan, bolalar mehnatiga barham berildi. Tan olish kerak, mustaqillikdan keyin ham oddiy xalqni majburiy mehnatga jalb qilish, bolalar kuchidan foydalanish, xotin-qizlarni choy-chaqaga ham arzimaydigan haq evaziga og‘ir mehnatga tortish yuraklarni zada qilib tashlagandi. “Bechora chora istar, bir chora zamon bormu?” deb dardimiz ichimizda yuraverdik.

Nihoyat, “bir chora zamon keldi” va Davlatimiz rahbari barcha muammolar yechimi sifatli ta’limda deb tashxis qo‘ydi. Jamiyat ma’rifatli bo‘lsin, millat ilmli bo‘lsin dedi.

Millat boshiga ming balo yog‘dirgan mash’um paxta siyosati, paxta yakkahokimligi millat bolalarini mo‘rt va kasalmand qilib qo‘yganiga sovet tuzumi aybdor sanalardi. Ammo bu vaziyat mustaqillikdan keyin ham o‘zgarishsiz qoldi. Hosilning yarmidan ortig‘ini terib oladigan mashinalar metallommga topshirib yuborildi. Terimning asosiy yuki maktab, kollej o‘quvchilari, talabalar zimmasiga tushdi. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish uchun millat ma’rifati, ong-u tafakkurini boy berish alal-oqibat milliy inqirozga yuz tutishga olib kelishi haqida o‘ylab ko‘rilmadi. Bu farzandlarimizning o‘qishdan qolib ketishi yoki chalasavod va ramaqijon bo‘lib ulg‘ayishiga, milliy g‘urur, milliy o‘zlikdan uzoqlashishga yo‘l ochdi. Qorni to‘q, usti but, oilasi obod, farzandlari o‘qimishli bo‘lgan xalqgina o‘z oldiga ulug‘vor maqsadlar qo‘ya oladi. E’tibor bering, bugun har bir viloyatda ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Prezident maktablari faoliyat yuritmoqda. Ta’lim tizimini zamonaviy metodlar asosida, shaxs tarbiyasiga e’tibor qaratgan holda, ayniqsa, xalqaro standartlar talablariga mos faoliyat olib borilayotgani qanchalik samarali ekanini hayot tasdiqlab turibdi. Bu qadamlar Uchinchi Renessans poydevori uchun zamin bo‘layotganini xalqimiz chin dildan his etyapti.

Yillar yillarga ulanib boraveradi. Vaqt chig‘irig‘i tinimsiz aylanadi. Maqsadni aniq belgilagan, bahamjihat harakat qilgan, ogohlikni qo‘ldan boy bermagan, yutuqlaridan esankiramay, yangi, yanada baland marralarni ko‘zlagan xalq, millatgina o‘zining buyuk kelajagini ta’minlay oladi.

* * *

Sohibqironning davlat boshqaruvi, adolat, inson huquqlari va ijtimoiy barqarorlikka bo‘lgan munosabati zamonaviy davlatchilik tamoyillarimiz bilan hamohang, desak yanglishmagan bo‘lamiz. U o‘z davrida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta e’tibor bergan, bundan tashqari, ulug‘ adiblar va olimlarni himoya qilib, ularning yangi avlodini tarbiyalagan. O‘sha davrda yaratilgan madaniy meros bizning bugungi milliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi.

Amir Temurning tarixiy adolatga asoslangan haqiqiy siymosi xalqimiz uchun bir necha asrlar davomida orzu-armon bo‘lib kelgan. Sohibqironning asl qiyofasi, tarixiy mavqei keyingi yillarda qayta tiklanishi faqatgina o‘tmishga ehtirom ifodasi emas. Bobomiz shior qilib ko‘targan adolat tantanasi samarasi o‘laroq bu amal kelajak avlodlarga milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulardan faxrlanish imkonini berdi.

Buyuk bobomiz siymosi milliy davlatchiligimiz timsoliga aylanib, o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarimizni tushunish hamda qadrlash borasida xalqimizga ulkan ma’naviy kuch bag‘ishlab kelmoqda.

* * *

Bugun tavallud kuni nishonlanayotgan buyuk adib, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy ijodida ham Amir Temur siymosi va davri asosan ulug‘vorlik, millatparvarlik va tarixiy g‘urur timsoli sifatida gavdalanadi. Garchi Qodiriy Amir Temur haqida maxsus tarixiy asar yozmagan bo‘lsa-da, uning yozmalarida, xususan, “O‘tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji lafzidan ulug‘ Amir nomi ehtirom bilan tilga olinadi. Umuman, jadid publitsistikasida Sohibqironning davlatchilik siyosati va shaxsiyatiga nisbatan yuksak hurmat seziladi. Bu maqolalarda Amir Temur musulmon Sharqidan G‘arbga do‘stona qo‘l uzatgan, kuchli va odil davlat arbobi sifatida ta’riflanadi. Oydinlar tarixiy manbalarga tayanib, olamgirning Ispaniya qiroli elchisi Klavixoga ko‘rsatgan izzat-hurmatini va uni “o‘g‘lim” deb ataganini olijanoblik va diplomatik mahorat misolida e’tirof etadi.

Qodiriy yashagan davrda Sohibqironga nisbatan salbiy munosabat shakllantirilganiga qaramay, yozuvchi haqiqat ko‘ziga tik boqib, Turkistonni birlashtiruvchi yalovlardan biri o‘z jahongirlarimiz ekanini badiiy yo‘sinda ta’kidlaydi. Qodiriy ijodini tadqiq etgan olimlar yozuvchining tarixiy manbalardan yaxshi xabardor bo‘lganidan dalolat etadilar.

* * *

Istiqlol ayyomi – erk va ozodlik bayrami, imkon va ishonch tantanasi, Yangi O‘zbekistonning katta to‘yidir. Eskidan qolgan tabarruk an’anaga ko‘ra, to‘yga to‘yona bilan boriladi. Aziz yurtdosh, keling, bu buyuk izdihomga munosib sovg‘a bilan yetishaylik. Zero, to‘y egasi ham siz-u biz, hammamiz… Eng qiymati bebaho to‘yona – chin Istiqlol nasib etgan toleyi porloq xalq ham o‘zimizdir.

Iqbol MIRZO

“Jadid” gazetasining 2026-yil 10-apreldagi 15-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img69

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img585