Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.03.2024 | 11:11

img470

BIR TAN-U BIR JONMIZ!

Jadidlar harb ishi yuzasidan fikr yuritsalar, albatta buyuk Temur sohibqiron nomi tilga olingan. 

Sohibqiron bobomiz biz uchun buyuk darslik, saboq bo‘lgan “Temur tuzuklari”da: “Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim”, deydi. Qarang, qanday ulug‘ gap! Qanday haqqoniy yo‘l! Bugungi kunda yurtimizda ushbu odil tuzukka hamohang, buyuk bobomizning tutumlariga monand xalqparvar, umuminsoniy siyosat yuritilayotgani bois mamlakatimizda misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlar, yuksalishlar ro‘y beryapti.

Ayni paytda azamat yigitlarimiz nufuzli xalqaro harbiy o‘yinlarda, musobaqalarda g‘olib bo‘lib kelishyapti. Harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlar ma’naviyat, kitobxonlik bobida ham yurtimiz yoshlari orasida ilg‘orlardan hisoblanadi. Ular orasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionlari bor. Ularning ko‘zlaridagi shijoatni, olovni ko‘rib, havasingiz keladi.

Bugun dunyoni ilm boshqarmoqda. Qaysi sohani qaramang, uning rivojida ilm-fan birlamchi, asosiy negiz, poydevor vazifasini o‘tayapti. Hozirgi zamonda kim ilmli bo‘lsa, kim ko‘proq izlangan, mehnat qilgan bo‘lsa, uning so‘zi so‘z, gapi gap. 

2017-yili Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev bir yig‘ilishda harbiy ta’limda kuzatilgan oqsashlarni, xususan, “Suvorov” deb yuritib kelingan harbiy maktablarda milliy ruhning yo‘qligi, davr talablaridan ortda qo­lish namoyon bo‘layotganini tanqid qilgandi. Albatta, bu achchiq haqiqatni bilsak-da, uni o‘zgartirishga qurbimiz yetmasdi. Imkonsiz, najotsiz edik.

Shu o‘rinda, ko‘ngildan “Suvorov kim edi?” degan savol o‘tadi. To‘g‘ri, u ham o‘z davrida xalqiga xizmat qilgan bir inson bo‘lgan. Lekin Amir Temurdek buyuk saltanat tuzgan, harbiy san’atni yuksak darajaga ko‘targan, adolat va ma’rifat homiy­si bo‘lgan, bunyodkorlik, obodlikka beqiyos hissa qo‘shgan, o‘zidan bebaho meros qoldirgan ulug‘ zotlar dunyo tarixida juda kam o‘tgan. 

Davlatimiz rahbarining g‘oyasi va tashabbusi bilan harbiy ta’lim maskanlari “Temurbeklar maktabi” deb ataldi. Ahamiyatlisi, bu o‘quv dargohlari­ning faqat nomi o‘zgarmadi, balki ulardagi muhit, shart-sharoitlar butunlay yangi mazmun, yangi qiyofa kasb etdi. 

Albatta, harbiy ta’lim dargohlaridagi muhitni yangilash haqida gap ketganda, faqat Amir Temur bobomizning suratini osib qo‘yish bilan ish bitmasligi ayon haqiqat edi. Shu bois bu yerda mutaxassislarni ishga jalb qilish tartiblari, o‘qituvchilarga qo‘yilayotgan talablar qayta ko‘rib chiqildi. Dars sifatini oshirishga, o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlarini chuqur hurmat qilish, halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari xislatlarni, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga urg‘u berildi.

Yosh avlodga xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, avvalo, Amir Temurning bebaho merosini, jang san’atini o‘rga­tishga, ularda O‘zbekiston xalqiga sodiqlik, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasini yuksaltirishga e’tibor kuchaytirildi.

 “El-yurtimiz taqdiri – mening taqdirim, Vatanimning kelajagi – mening kelajagim”, degan ezgu tamoyil bu yerda kamol topayotgan yoshlar­ning hayot tuzugiga aylangan. Bu juda muhim yutuq. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “O‘z farzandlarida yuksak vatanparvarlik ruhini kamol toptira olmagan davlat, qanday qudratli qurolga ega bo‘lmasin, mudofaa qobiliyatini mustahkamlay olmaydi”.  

Shukr deymiz, siz bilan biz jadid bobolarga armon bo‘lgan orzular ro‘yobini ko‘rish saodatiga erishdik. Bugun tom ma’noda milliy qiyofa kasb etgan qudratli armiyamiz mamlakatimiz va xalqimizni har qanday tashqi tajovuz va xavfdan muhofaza qila oladi. Bunga Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi vakili hamda xalq bilan armiya o‘rtasida xolis vositachi sifatida men to‘la-to‘kis ishonaman.  

Bunday yangicha yondashuv, yangicha qa­rash, yangicha siyosat – Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan tarixiy islohotlarning mevasidir.

Iqbol Mirzo


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599