Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.04.2026 | 12:39

img956

“YURT ISHQIDA YONAMAN!”

Insonning ma’naviy tadrijida, jamiyatning barqarorligini ta’minlashda madaniyat va san’atning ahamiyati benazirdir. Madaniyat va san’at o‘z tabiatiga itoatan insonlarni ezgulikka, xayrli ishlarga yetaklaydi. San’at orqali odamlar o‘z his-tuyg‘ularini, fikr-u g‘oyalarini, orzu-armonlarini ifoda etish imkoniga ega bo‘ladilar. Badiiy tasvir, musiqa, qo‘shiq, raqs va boshqa san’at namunalari inson ruhini ko‘tarish, xalqni birlashtirish va ilhomlantirish uchun xizmat qiladi.

Soha xodimlari kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan yo‘llangan tabrikda madaniyat va san’at xodimlarining mehnati, ularning ijodiy faoliyatining mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy hayotidagi o‘rni alohida ta’kidlangani bejiz emas. Bu e’tirof, albatta, soha fidoyilarining sermashaqqat mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Ular o‘z ijodi bilan jamiyatni rivojlantirish, milliy merosimizni saqlash va dunyoga tanitishda muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdek, madaniyat va san’atni rivojlantirish borasida davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining alohida e’tibori bilan madaniy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish borasidagi ishlar jadal rivojlanmoqda.

Milliy an’ana va qadriyatlarimizni yosh avlodga to‘laqonli yetkazish maqsadida O‘zbek milliy maqom san’ati va Respublika Baxshichilik san’ati markazlari, hududlarda namunaviy maqom va baxshichilik ansambllari, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, “Bahor” davlat raqs ansambli, Andijonda yoshlar simfonik orkestri va Farg‘onada milliy simfonik orkestrlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti kabi yangi oliy ta’lim muassasalari tashkil qilindi.

Sharafli Zokirovlar sulolasi haqida so‘z ketganda, kuni kecha Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida milliy estrada san’atining yorqin namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirga to‘xtalmoqchimiz. Muqaddimada Davlatimiz rahbari shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy g‘alabasi bilan tabriklagani haqida va yosh grossmeysterimiz javoban, albatta, finalda g‘olib bo‘lib, shaxmat tojini Vatanga olib boraman deb va’da berganini aytganida Ko‘ksaroyning muhtasham tantana zali gulduros qarsakdan larzaga keldi.

Shundan so‘ng Prezident Zokirovlar oilasiga baho berarkan, “sulola” atamasiga alohida e’tibor qaratib, bu xalqimiz taraqqiyotida noyob voqelik ekaniga urg‘u berdi.

Sulola qariyb 70 yildan ziyod vaqt mobaynida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shib keladi. O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirov asos solgan san’at maktabi, milliy o‘zbek estradasi asoschisi Botir Zokirovning boy ijodiy merosi xalqimizning ulkan ma’naviy boyligi sifatida yuksak qadr topgan. Butun bir oila va avlodning o‘z umrini san’at va madaniyat ravnaqiga bag‘ishlashi dunyoda kam uchraydigan noyob hodisa. Farrux Zokirov ana shu ulug‘ an’analarni munosib davom ettirib, milliy estrada san’atini yangi bosqichga olib chiqqan, nafaqat xalqimiz, balki butun Markaziy Osiyo, Hamdo‘stlik mamlakatlari va turkiy ellarning sevimli san’atkori. Uning O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti  faxriy unvoni bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Tatariston, Boshqirdiston va Ingushetiya xalq artisti  yuksak unvonlariga sazovor bo‘lgani o‘zbek san’atkorining ijodiga xalqaro miqyosda berilgan katta baho desak to‘g‘ri bo‘ladi.

“Bugun Farrux Zokirov deganda “Yalla” ansambli, “Yalla” deganda esa Farrux Zokirov siymosi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Mana 55 yildirki, ushbu mashhur jamoa nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoning nufuzli sahnalarida ham go‘zal qo‘shiqlar kuylab, millionlab muxlislar mehrini qozonib kelmoqda”, deb o‘z so‘zini davom ettirdi Millat   yetakchisi.

Darhaqiqat, “Yalla” ansambli jamoaviy estrada ijrochiligini yo‘lga qo‘yib, yurtimiz san’ati va madaniyati tarixida butunlay yangi sahifa ochdi. Farrux Zokirovning ko‘p yillik samarali mehnati, milliy madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini munosib taqdirlab, Prezident tomonidan alohida farmon va qaror imzolangani haqida, hujatga ko‘ra Yashnobod tumanidagi 7-son bolalar musiqa va san’at maktabiga Farrux Zokirov nomi berilib, ushbu maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli, yoshlar ijodiy laboratoriyasi, zamonaviy ovoz va video yozish studiyasi tashkil etilishi va qator imtiyozlar berilishi belgilanganini anjuman ahli tik turib olqishladi.

Yangi O‘zbekiston inson qadri, xalq manfaati, Vatan ravnaqi va adolat barqaror bo‘lgan yurtga aylandi. Prezidentimiz milliy san’atimiz va madaniyatimizni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik beqiyos faoliyatini inobatga olib, Farrux Zokirovga “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini topshirgani biz tilga olib o‘tgan oliy tamoyillarning amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

Taqdirlovdan keyin so‘z olgan Farrux Zokirov hayajon ichida o‘z tuyg‘ularini izhor etarkan, Zokirovlar oilasi va san’atiga berilgan yuksak e’tibor va e’tirof uchun Prezidentga chuqur minnatdorlik izhor etib, bor iste’dodi va kuch-g‘ayratini ishonchni oqlashga safarbar qilajagini bildirdi.

Taassurot yakunida muhtaram Prezidentimizning sohaga oid ushbu so‘zlarini keltirmoqchimiz: “Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi…”

Endi qiyos uchun kechagi kunga bir nazar tashlab, bugungi e’tibor va sharoitga munosib ijod qilib, o‘lmas asarlar yaratish barchamizning burchimizga aylandi.

Iqbol MIRZO

“Jadid” gazetasining 2026-yil 17-apreldagi 16-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596