Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.05.2026 | 12:36

img1028

AJAB HANGOMALAR

NEGA BIZDAN SHOIR CHIQMAYDI?

Hamqishlog‘im Abdukarim boboning ajabtovur odati bor. Har oy nafaqa pulini olgach, tuman markaziga tushib o‘zi yoqtirgan kitoblarni (nevaralarga bolaboplaridan) xarid qilib, mamnun kayfiyatda qaytadi.

Bir kuni bobomiz hasratidan chang chiqib, gapirib qoldi.

“Qishloqqa yo‘lovchi taksida qaytdim. Yonimda Boboqul muallim. Bir payt qo‘limdagi xaltaga qarab gap boshladi:

– Bozorlikni katta qilibsiz-ku, otaxon! Oshnalarning navbatdagi gashtagi siznikidami?
– Yo‘q, muallim, zo‘r kitoblar sotib oldim.
– A? Hm, qanchaga tushdingiz endi?
– Besh yuz mingga…
– O‘h-ho‘! O‘zingiz bir pensioner bo‘lsangiz, nima zaril sotib olib kitob o‘qish. Undan ko‘ra, nevaralarga ul-bul olsangiz bo‘lmaydimi? Yana zil-zambil qilib tizzangizga qo‘yib kelayotganingizni qarang. Yukxonaga tashlab qo‘ymaysizmi, kelardi shu yoqdayam.
– Bo‘lmaydi, muallim! Betga aytganning zahri yo‘q: kitobni ko‘tarib belimam, oyog‘imam og‘rimadi, lekin gapingizdan yuragim og‘ridi. Siz adabiyotdan dars berardingiz, shekilli, a?! Mana, nimaga bizdan Abdulla Oripov chiqmaydi, uka…

Boboqulning dami ichiga tushib ketdi. Uyiga yetmasdan, qishloq boshida g‘ulduragancha xayrlashib tushib qoldi.

Haydovchi yigit: “Ota, xaltangizni o‘rindiqqa qo‘yib ketavering, uygacha hali bor-ku”, dedi. Mayli, bahonada oyog‘im uvishgani yoziladi, deb o‘yladim. Lekin shu payt hozirgina shu joyda kitobsevmas adabiyot muallimi o‘tirgani esimga tushib ketdi…”

BOZORGA CHIQQAN JURNALLAR

Bu voqeani ijodkor ukalarimizdan biri aytib bergandi.

“Har yakshanba ota qishlog‘imga borish odatim bor. Ayniqsa, chekkada joylashgan bo‘lsa-da, gavjum bozorini aylanib zavqlanaman. Bir gal deng, aylanib yurib ziravorlar sotadigan tog‘lik ayol rastasida turgan yap-yangi, taxi buzilmagan jurnallarni ko‘rib, hayron bo‘ldim.

– Xola, manov jurnallar markazdagi “kiosk”da ham topilmaydi. Bizning bozorga chiqib ketibdimi? Qayerda sotyapti? – deb so‘radim.
– Ey, qayoqda! Hozirgina huv anovi yigit o‘n besh ming so‘mlik oshlik evaziga tashlab ketdi, – deya qassobdan go‘sht xarid qilayotgan, to‘rt oy avval maktabga direktor etib tayinlangan Sobirni ko‘rsatdi.

Ko‘zlarimga ishonmadim. Begona bo‘lsa ham mayli edi, Abdusalom tog‘amizning o‘g‘li-da bu xumpar. Pochtachi yukim yengillasin, deb jurnallarni direktorga berib qo‘ya qolgan. Bizning tog‘avachcha ham shu niyatda davlat tekinga yetkazib berayotgan, maktab kutubxonasi uchun kelgan jurnallarni bozorga tashlab keta qolgan. Aftidan, “Kerakli toshning og‘iri yo‘q”, degan maqolni boshqacha tushungan ko‘rinadi. Zirachiga ellik ming berib, jurnallarni qaytarib oldim. Sobir direktorning yoniga bordim.

– Iye, taraddudning kattasi-ku, direktor tog‘a?
– Ertaga maktabga komissiya kelarmish, shunga tayyorgarlik…
– Bozorligingiz ham, bozoringiz ham zo‘r ekan, hatto mana bunday noyob “tovar”lar ham sotilarkan. O‘sha komissiya kutubxonaga kirib, bepul tarqatilayotgan nashrlarni so‘rab qolsa, nima qilasiz? Bu ko‘rib qolganimiz, boshqa gaplar chiqib ketsa… yana o‘zingiz ham bozorga chiqib ketmang…

Kechqurun shaharga qaytmoqchi bo‘lib turganimda, Abdusalom tog‘am kirib keldi. Miriqib suhbat qurdik. Nihoyat, qaytar chog‘ida tog‘am ohista dedi:

– Endi, jiyan, Sobirboy bir nodonlik qilibdi, o‘ziyam mendan oladiganini oldi. Anovi gap “tepa”ga yetib borib qolmasin. Men o‘g‘limga aytdim, oyligi tushsa, hali davlat bermasa ham, o‘qisa foyda beradigan jurnallarga obuna bo‘lib keladi.

Qishloqdan shunday savdolar bilan qaytdim…”

SO‘RAMASA… O‘QIMAYDI!

Nihoyat, bir necha oydan beri keng muhokamalarga sabab bo‘lgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” romanini o‘qib bo‘ldim. Taassurotlarim ichimga sig‘may, universitetda dars beradigan dotsent do‘stimga qo‘ng‘iroq qildim.

– Og‘ayni, “Yaldo kechasi” juda zo‘r ekan. O‘ziyam odamni sel qilib yuborar ekan, “Munojot” kuyiga o‘xshab.
– Nima u “Yaldo kechasi”, aka? Hikoyami, podkastmi?
– Nahotki, shunday roman yozilganidan bexabarsiz?
– Endi, tirikchilik tashvishi… Ilmiy ish, ma’ruza, sessiya deganlariday… Yelib-yugurib yuribmiz-da.
– Sizning tirikchilingiz filologiya, adabiyot-ku! Falokat bosib, darsda biror talaba shu asar haqida so‘rab qolsa, nima deysiz, domlajon?
– Yo‘g‘-e, so‘ramas. Biz bilmagan, yoshlar qayerdan biladi bunaqa kitobni?
– Siz o‘zi ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rasizmi? Kitobxonlik sahifalarida quloch-quloch taqrizlar chiqyapti. Facebookda bir-ikkita qizning postini ko‘rgandim, shu sizlarda o‘qiydiyov… Qolaversa, bugungi adabiy jarayondan boxabar bo‘lishingiz lozim. Axir, Falonchiyev degan nomingiz bor…
– Bo‘lmasa, o‘g‘illardan birini yuborsam, o‘sha kitobni berib yubora olasizmi?
– Yo‘q, berolmayman! O‘qish uchun avval keliningiz, keyin o‘g‘il-qizlar, nabiralar navbat kutib turibdi.
– Shunchalik zo‘r asarmi?
– “O‘tkan kunlar”ga ilova! Qodiriy tilidan yozilgan. Shu ikkita gap yetadimi?
– Hm, ha bo‘ldi, do‘konlardan so‘ratamiz. Do‘konning manzilini ayting!
– Hovlingizning orqasida, “Besh qozon” oshxonasi poygagida…

O‘rolboy QOBIL

“Jadid” gazetasining 2026-yil 1-maydagi 18-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605