14.05.2026 | 09:24
2488
SERJ AROSH – KVANT FIZIKASIDA INQILOBIY TADQIQOTLAR OLIB BORAYOTGAN NOBELCHI
Uzoq vaqt davomida ko‘plab kvant hodisalarini faqat nazariy jihatdan o‘rganish mumkin edi. Serj Aroshning kvant tizimlarini aniq nazorat qilish va o‘lchash bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari mikrodunyodagi jarayonlarni chuqur tushunish uchun yo‘l ochdi. Olimning ishlari kvant informatikasi, kvant hisoblash va yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalarining rivojlanishiga muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Muvaffaqiyat sari
Serj Arosh 1944-yil 11-sentyabrda Marokashning Kasablanka shahrida tug‘ilgan. Ziyolilar oilasida ulg‘aygan bolakay ilm-fanga mehr qo‘ydi. Oilasi bilan Fransiyaga ko‘chib o‘tgach, nufuzli ta’lim muassasalarida o‘qiy boshladi. Oliy ma’lumotni Parij universitetida oldi. 1971-yilda u mashhur fizik Klod Koen-Tannuji rahbarligida Per va Mariya Kyuri universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Fransiyadan tashqari, AQSHning Stenford, Harvard, Yel universitetlarida faoliyat yuritgan hamda ilmiy izlanishlar olib bordi.
Ilmiy yo‘nalishlari
Olimning asosiy tadqiqotlari kvant elektrodinamikasi va fotonlar bilan atomlarning o‘zaro ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. U maxsus rezonatorlar yordamida fotonlarni tutib qolish va ularni yo‘q qilmasdan kuzatish usullarini ishlab chiqdi. Mazkur usullar kvant tizimlarining holatini buzmasdan o‘lchash imkonini berdi. Bu esa kvant fizikasidagi eng murakkab masalalardan biri – “o‘lchash muammosi”ni hal qilishga yaqinlashtirdi.
Serj Aroshning ilmiy ishlari zamonaviy texnologiyalar rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, kvant kompyuterlar, yuqori aniqlikdagi sensorlar yaratish, kvant kriptografiya va axborot xavfsizligi kabi sohalarda uning tadqiqotlari nazariy va amaliy jihatdan asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
E’tirof
2012-yilda Serj Arosh va Devid Uaynlendga “individual kvant tizimlarini o‘lchash va boshqarish imkonini beruvchi innovatsion eksperimental usullar uchun” fizika bo‘yicha Nobel mukofoti berildi.
Shuningdek, olim Fransiyaning oliy darajadagi “Faxriy legion” ordeni, AQSH, Germaniya, Shvetsiya, Chexiya tadqiqot markazlari ta’sis etgan mukofotlar hamda Xalqaro kvant aloqasi mukofotiga loyiq ko‘rilgan.
Serj Arosh O‘zbekistonda
Yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida Serj Arosh mamlakatimizga tashrif buyurdi. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda yosh tadqiqotchilar ham ishtirok etdi. Olim kvant olamida kechayotgan zamonaviy o‘zgarishlar haqida so‘z yuritib, boy ilmiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u yangi kashfiyotlar ortidagi murakkab jarayonlar va ilmiy izlanishlardagi sabr-toqatning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 8-maydagi 19-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
181
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
161
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
369



