Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.05.2026 | 09:10

img3051

BRYUSSELDA HISORNI KO‘RDIM

11 soatlik yo‘ldan so‘ng Bryusseldagi mehmonxonada xonamda TV kanallarini almashtirib o‘tirgandim. Birdaniga tanish tog‘larni ko‘rib qoldim. TVda ovoz past edi, ishonasizmi, odam o‘zining tog‘larini izohsiz ham tanirkan.

“BBC News”da Michayela Strachanning O‘zbekiston qor qoplonini tasvirga olish uchun Hisor qo‘riqxonasidan tayyorlagan hujjatli filmi ketayotgan ekan.

O‘zim uchun juda ko‘p yangi ma’lumotlar oldim. Masalan, Hisor qo‘riqxonasi Nyu-York shahri hududiga teng ekan.

Markaziy Osiyo bo‘ylab Xitoygacha 2500 km.dan ortiq cho‘zilgan Tyan-Shan tog‘ tizmasida mingdan ortiq qor qoploni bor deb taxmin qilinadi, ammo uning O‘zbekistondagi eng g‘arbiy chekkalarida 60 taga yaqini yurar ekan.

Michayela 7 kun davomida qor qoploni iziga tushadi, qo‘riqxona jamoasi taxminiy joylarga qopqonkameralar qo‘yadi.

Filmning hayajonli joyi fotoqopqonlardagi kadrlarni ochib ko‘rishganda bo‘ldi: kameralar ayiqlarni, tog‘ echkilarini va qorong‘ida shoshib o‘tib ketgan jayrani tasvirga olgan edi. Kutilmaganda Michayela va qo‘riqxonachilar baqirib yubordi: go‘zal yirik mushuk – qor qoploni, jurnalist ta’biri bilan aytganda, “tog‘ arvohi” uzun dumini sudrab, o‘tib ketdi.

Ko‘rib, juda zavqlandim. Albatta, bu film ancha oldin tasvirga olinib, e’lon qilingandi. Men ko‘rganim takroriy efir bo‘lsa kerak.

“BBC News”da bizning noyob tabiatni ko‘rsatishayotganidan, bu men uchun Bryusselda syurpriz bo‘lganidan zavqim toshdi.

Aytgandek, Bryusselda “Euronews”ning orqa ko‘chasida yashayapmiz. 2 hafta davomida shu yerda malaka oshiramiz. Ertadan jarayon boshlanadi. Hayotning shunaqa yoqimli syurprizlari ko‘p ekan. Xudoga shukr!

Aziza QURBONOVA,
Facebook

“Jadid” gazetasining 2026-yil 22-maydagi 21-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img105

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331