10.06.2026 | 09:00
3121
SHIMON SAKAGUCHI – IMMUN TIZIMINI O‘RGANISHDAGI INQILOBIY NOBELCHI
2025-yilgi fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “periferik immunitet tolerantligi” sohasidagi fundamental tadqiqotlari uchun Meri Brunkov, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi. Quyida ushbu sovrindorlardan biri – yapon olimi Shimon Sakaguchining ilmiy faoliyati va uning tibbiyot rivojiga qo‘shgan hissasi xususida so‘z yuritiladi.

BIOGRAFIYA
Shimon Sakaguchi 1951-yil 19-yanvarda Yaponiyaning Nagahama shahrida tug‘ilgan. U 1976-yilda Kioto universitetining tibbiyot fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, 1983-yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy faoliyatining dastlabki bosqichida Aichi saraton markazi tadqiqot institutida immun tizimi hujayralarini o‘rganish bilan shug‘ullandi. Keyinchalik AQSHning nufuzli ilmiy markazlari – Jons Hopkins va Stenford universitetlarida tadqiqotlar olib bordi.
ASOSIY KASHFIYOT
1995-yilda Shimon Sakaguchi organizmni autoimmun kasalliklardan himoya qiluvchi immun hujayralari turini aniqladi. Ularni tartibga soluvchi T-hujayralar (Tregs) deb atadi. Tadqiqotchi mazkur hujayralarning autoimmun jarayonlarning oldini olishdagi hal qiluvchi rolini isbotladi, biroq ularning rivojlanish mexanizmini o‘sha davrda to‘liq aniqlolmadidi.
2001-yilda Brunkov va Ramsdell og‘ir autoimmun buzilishlardan aziyat chekuvchi sichqonlar genomini o‘rganish davomida FOXP3 genidagi mutatsiyani aniqladilar. 2003-yilga kelib, Sakaguchi ushbu gen aynan o‘zi ilgari surgan tartibga soluvchi T-hujayralarning shakllanishi va funksiyasini boshqaruvchi asosiy omil ekanligini tajribada ko‘rsatib berdi.
Natijada, uch nafar olimning izlanishlari immunitetning murakkab ichki nazorat tizimining molekulyar mexanizmi haqida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini berdi.
AHAMIYATI
Sakaguchi nafaqat fundamental izlanishlar, balki ularning klinik amaliyotga tatbiq etilishiga ham munosib hissa qo‘shdi. U T-hujayra terapiyasi bo‘yicha ilmiy loyihalarni rivojlantirishda bevosita ishtirok etib, immun tizimini maqsadli boshqarish texnologiyalarini takomillashtirdi. Bugungi kunda ushbu kashfiyot tibbiyotning uchta asosiy yo‘nalishini rivojlantirishda zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
Immun tizimining haddan tashqari faolligini susaytirish va sog‘lom to‘qimalar shikastlanishining oldini olish maqsadida Tregs miqdorini sun’iy oshirish usullari ishlab chiqilmoqda.
Saraton hujayralari ko‘pincha T-hujayralarni o‘ziga jalb qilib, tananing immun hujumidan himoyalanadi. Olimlar ushbu hujayralar faolligini maqsadli to‘xtatish orqali organizmning o‘z immunitetini saraton hujayralarini yo‘q qilishga yo‘naltirishi ustida ish olib bormoqdalar.
Organ ko‘chirib o‘tkazilganda tana yangi a’zoni “begona” deb qabul qiladi. A’zoning rad etilish reaksiyasini kamaytirish uchun Tregs terapiyasi yordamida donor organga nisbatan immun tolerantligini oshirish imkoniyati mavjud.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 5-iyundagi 23-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



