Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.02.2026 | 09:54

img3024

YOSINORI OSUMI – HUJAYRA AUTOFAGIYASINI OCHIB BERGAN NOBELCHI

Biologiya va tibbiyotda tub burilish yasagan olimlardan biri yaponiyalik Yosinori Osumidir. U autofagiya mexanizmini, ya’ni hujayra o‘zining zararlangan qismlarini parchalab, tozalab, qayta ishlashi jarayonini ilmiy jihatdan isbotlab bergan. Ushbu kashfiyot orqali u ixtiyoriy ochlikning inson salomatligiga foydalarini anglashga yo‘l ochdi.

ILMIY BIOGRAFIYA

Yosinori Osumi 1945-yil 9-fevralda Yaponiyaning Fukuoka shahrida tug‘ilgan. Tokio universitetini tamomlab, molekulyar biologiya sohasida ilmiy faoliyat boshlab, doktorlik darajasiga erishgach, AQSHning Rokfeller universitetida tadqiqotlarini davom ettiradi. 1977-yilning oxirida u vataniga qaytib, o‘z ilmiy guruhini tashkil etgan, yosh olimlarni tarbiyalagan.

Ilmiy faoliyati asosan oddiy organizm – xamirturush zamburug‘i (yeast) ustida olib borilgan tadqiqotlarga tayanadi. Aynan shu model orqali u autofagiya jarayonining genetik va molekulyar mexanizmlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

AUTOFAGIYA NIMA?

Autofagiya – bu hujayraning o‘zini-o‘zi tozalash va yangilash mexanizmi. Jarayonda hujayra ichidagi eskirgan, shikastlangan yoki keraksiz tuzilmalar maxsus qopchalar orqali parchalanib, energiya yoki yangi molekulalar manbaiga aylantiriladi.

Yosinori Osumi autofagiya uchun javobgar bo‘lgan genlarni aniqlab, bu jarayon qanday boshlanishi, nazorat qilinishi va tugashini ilmiy asosda ko‘rsatdi. Bu esa hujayra hayotini tushunishda yangi bosqichni boshlab berdi.

AHAMIYATI

Osumining kashfiyotlari qator kasalliklarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Autofagiya jarayonining buzilishi quyidagi holatlar bilan bog‘liq ekani aniqlandi: neyrodegenerativ kasalliklar (Altsgeymer, Parkinson), saraton, qandli diabet, infeksion kasalliklar.

Ayniqsa, saraton hujayralarida autofagiyaning ikki xil – ham himoyachi, ham xavfli rol o‘ynashi mumkinligi haqidagi tushunchalar aynan Osumi tadqiqotlaridan keyin shakllandi.

OCHLIK VA AUTOFAGIYA

Olimning ishlari shuni ko‘rsatdiki, ochlik holatida autofagiya faollashadi. Bu hujayraga ichki resurslardan foydalanib, hayot faoliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Shu sababli, uning tadqiqotlari parhez, interval ochlik va metabolizm sohalaridagi ilmiy ishlar uchun ham asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu degani ixtiyoriy ochlik ham davolanishning yoki sog‘liqni saqlashning bir turidir. Xususan, so‘nggi yillarda jahon tibbiyotida ochlik bilan davolish keng tarqalmoqda.

E’TIROF

2016-yilda berilgan Nobel mukofoti Yosinori Osumining ilmiy faoliyatiga jahon miqyosidagi yuksak bahodir. Uning ishlari bugungi kunda ham dunyo bo‘ylab yuzlab laboratoriyalarda davom ettirilmoqda va yangi davolash usullarini ishlab chiqishga xizmat qilmoqda. “Bu yilgi Nobel laureati autofagiya – hujayra komponentlarini parchalash va qayta ishlash bo‘yicha fundamental jarayonning asosidagi mexanizmlarni kashf etdi va tushuntirib berdi” deyiladi mukofot qo‘mitasi bayonotida.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-fevraldagi 7-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img140

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img149

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img345