Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.07.2026 | 14:04

img2777

KO‘Z ILG‘AMAS KASHFIYOT

“Elektronlar fotosuratchisi” nomi bilan mashhur Ann L’Yuilye zamonaviy fizikaning eng nufuzli olimlaridan biri hisoblanadi. U elektronlar harakatini kuzatishga imkon bergan ilmiy tadqiqotlari orqali dunyo ilm-fanida katta burilish yasadi va ushbu yutug‘i uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

Hayot yo‘li

Fizikada shunday hodisalar borki, ular inson tasavvuridan ham tez kechadi. Atom ichidagi elektronlar harakati ana shunday sirli jarayon. Fransuz va shved fizigi Ann L’Yuilye butun ilmiy faoliyatini aynan shu ko‘rinmas olamni ko‘rishga bag‘ishladi.

U 1958-yil 16-avgustda Parij shahrida tug‘ildi. Ilk ilmiy qadamlarini matematika pillapoyalaridan boshladi. Fontene-o-Roz shahridagi Oliy Normal maktabida tahsil olar ekan, aniq fanlarga mehri uni fizika sari yetakladi.

1986-yilda CEA Saclay ilmiy markazi va Parij VI universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning ilmiy dunyoqarashi shakllanishida Nobel mukofoti sohibi Klod Koen-Tannuji muhim o‘rin tutdi. Fransiya, Shvetsiya va AQSHdagi ilmiy markazlarda to‘plangan tajriba uning keyingi yirik kashfiyotlariga zamin yaratdi.

1994-yilda Shvetsiyaga ko‘chib o‘tdi va Lund universitetida faoliyatini davom ettirdi. Oradan ko‘p o‘tmay universitet professoriga aylandi va attosekund fizikasi bo‘yicha dunyodagi yetakchi olimlar safidan joy oldi.

Kashfiyot mazmuni

Bir soniyani milliardga, keyin yana milliardga bo‘lsangiz, hosil bo‘lgan ulush attosekund deb ataladi. Elektronlar aynan shunday qisqa vaqt ichida harakat qiladi. Uzoq yillar davomida olimlar bu harakatni faqat nazariyada tasavvur qilar, ammo uni kuzatishning iloji yo‘q deb hisoblashardi. Ann L’Yuilye esa bu tasavvurni o‘zgartirdi. 1987-yilda u yuqori intensivlikdagi lazer nurlari ta’sirida inert gazlarda yuqori tartibli garmonikalar hosil bo‘lishini kuzatgan ilmiy guruh tarkibida ishladi. Bu natija keyinchalik attosekundli impulslarni yaratish sari tashlangan hal qiluvchi qadam bo‘lib chiqdi. L’Yuilye nafaqat ushbu hodisaning nazariy izohini berdi, balki uning imkoniyatlarini ham birinchi bo‘lib anglagan olimlardan biri bo‘ldi. 1992-yilda Yevropadagi ilk titan–sapfir femtosekundli lazer tizimlaridan birini yaratish ishlarida ishtirok etdi.

2003-yilga kelib uning ilmiy jamoasi 170 attosekundlik lazer impulsini hosil qilishga erishdi. Bu natija insonga elektronlarning harakatini go‘yoki o‘ta tezkor kamera orqali kuzatish imkonini berdi. Bugun ushbu texnologiyalar kvant fizikasi, kimyo, materialshunoslik va yangi avlod elektronikasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalqaro e’tirof

2023-yilda Ann L’Yuilye Ferens Kraus va Pyer Agostini bilan birgalikda moddadagi elektronlar dinamikasini tadqiq qilish imkonini bergan attosekundli yorug‘lik impulslarini yaratish sohasidagi ulkan hissasi uchun fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Uning ilmiy xizmatlari Volf mukofoti, L’Oréal–UNESCOning “Ilm-fandagi ayollar uchun” mukofoti, Maks Born mukofoti, BBVA Foundation Frontiers of Knowledge mukofoti kabi ko‘plab nufuzli e’tiroflarga loyiq ko‘rilgan.

Attosekundlar olamini ochgan bu olima zamonaviy fizikaning eng yorqin namoyandalaridan biri sifatida tarixdan munosib o‘rin egalladi.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 10-iyuldagi 28-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333